Xalqaro huquq


'Между нарезные не приз ительегве иные ерганшвшш ■ современном межиуьпродниы иряие


Download 3.36 Mb.
bet56/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

'Между нарезные не приз ительегве иные ерганшвшш ■ современном межиуьпродниы иряие
Һіпу/Лууіw niJiTnbQl'CQiiVworVwork 27S-J0 htinl qayd etmagan. 1681-yilda Rimda o'tkazilgan birinchi kongress to'g’risida hujjatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Unda 50 nafar atrofida olimlar yig ilgan bo‘lib, ular 1681-yilning lO-martidan 1861 -yilning 8-iyuligacha to'rtta majlis o'tkazishgan.
Ikkinchi jahon urushi tugashi natijasida xalqaro ko‘lamdagi jarayonlar rivojlanishi bi Ian xalqaro nohukumat tashkilotlarning evolutsiyasi boshlandi. Bu sharoitlarda keying! o‘n yilliklarda hamkorlik va qarama- qarshi turish elemenllarini o’zida mujassam etgan ko‘p tomonlama nohukumatlararo munosasabatlarning yangi tizimi shakllana boshlandi. Natijada jahon siyosiy maydonida turli faoiiyat sohalariga ega bo’lgan xalqaro munosabatlaming yangi aktorlari paydo bo‘ldi.
Xalqaro nohukumat tashkilot (XNHT) - bu muayyan maqsadlarga va ularga erishishning o’matilgan shakllariga ega bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning assotsiatsiyasi yoki federatsiyasidir.
Xalqaro tashkilotlar tushunchasi tahlil qilinar ekan, hozirgi zamon xalqaro huquqi, shuningdek xalqaro tashkilotlar huquqi nazariyasidagi o’ziga xos bahs va munozaraga sabab bo‘luvchi yana bir muammoga ham e’tibomi qaralish lozim. Yana bir uchinchi kategoriyadagi xalqaro tashkilotga o'xshash bo'lgan xalqaro tuzilmalar (albatta, unga nisbatan “xalqaro tashkilot" atamasini qo’llash ham.amaliy jihatdan, ham nazariy jihatdan juda ham bahsli bo‘lsa-da), ya’ni xalqaro “paratashkilot”lar ham bugungi xalqaro munosabatlarda nafaqat muhim rol o'ynamoqda. balki dunyo miqyosidagi muhim iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohalardagi qarorlaming qabul qilinishiga ta’sir ko;rsatmoqda.
Xalqaro paratashkilotlaming xalqaro huquq subyekti sifatida ajratish imkonini bera clmaydigan ikkita o’ziga xos xususiyatini ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq, birinchidan, mazkur tuzilmalami xalqaro huquq (yoki u yoki bu milliy huquq) subyekti deb hisoblash imkonini beradigan ta’sis hujjatlari mavjud emas. Ikkinchidan, paratashkilotlar xalqaro tashkilotlarga xos bo’lgan muayyan ichki tashkiliy tuzilma va ish tartibiga ega emas. Ko pincha ulaming muayyan bir manzili ham mavjud emas (masalan, Katta sakkizlik”)1. Biroq oshkora ta’sis hujjatlari mavjudligi, unda huquqiy layoqatli xalqaro tashkilot maqomi hosil bo’lishini anglatmaydi. Bumng uchun muassislarning aynan. muayyan darajadagi xalqaro layoqatga ega tashkilotni tuzish bo’yicha yakdil xohish-irodasi boLlishi lozim. Agar bunday niyat yaqqol ko'zga tashlanmayotgan bo’lsa, har qanday xalqaro tuzilma, garchi u tashkilotning alohida elementlari, belgilariga (ishtirokchilaming doimiy uchrashuv joyi, uchrashuv laming
Рахиной M. Халкаро ііараташкішоглар I Ҳаёт «а коиуи. -2002. - №6 - Б 30. muntazamligi hatto kotibiyat funksiyalariga ega bo'lgan organning tashkil etilishi va ishtirokchilar уig‘jlishlarini o'tkazish, qarorlar qabul qilish va hokazolarda muayyan tartibga rioya qilish) ega bo'lsa-da, xalqaro tashkilot hisoblanmaydi'. Ayni chog‘da shuni ta’kidlash lozimki, paratashkilotiarga (huquq subyekti hisoblanmaydigan) xalqaro konferensiyalardan ■ farqli ravishda faoliyatning nisbatan barqarorligi, уig‘ilishlar, uchrashuvlar-va hokazolar muntazam o'tkazib turish xususiyatining xosligi, ularni xalqaro tashkilotlarga yaqinlashtiradi, xolos. Paratashkilotiarga, “Katta sakkizlik” (liozirgi kunda, Rossiya ishtirok etmayapti), “Katta yigirmatalik”, BRIKS kabi tuzilmalarni, shuningdek Parij va London klublarini misol qilib keltirish mumkin.
Yuqoridagi xalqaro tuzilmalar tushunchalarini tahlil qilish asosida aytish mumkinki, bunday tuzilmalarning (asosan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va cheklangan holda xalqaro nohukumat tashkilotlar) hozirgi zamon xalqaro huquqiy munosabatlardagi ishtiroki bilan bog'liq xalqaro huquqiy munosabatlar xalqaro ommaviy huquqning alohida sohasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar huquqining obyekti hisoblanadi.17 18
Xalqaro tashkilotlar huquqi xalqaro ommaviy huquqning mustaqil tarmog'i bo'lib. uning tamoyillari va normalari xalqaro tashkilotlar tuzilishi tartibi va ish faoliyatlarini, shuningdek xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan o'zaro munosabatlarini tartibga solib turadi. Ya’ni xalqaro tashkilotlar faoiiyatlari bilan bog'liq 'bo'lgan- xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig’indisi xalqaro tashkilotlar huquqini tashkil etadi va u hozirgi zamon xalqaro huquqining mustaqil tarmog'i hisoblanadi.
Xalqaro tashkilotlar huquqi obyektini xalqaro tashkilotlaming tashkil etilishi, faoliyat yuritishi hamda xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan olib boradigan aloqalarini tartibga solib turuvchi xalqaro huquqiy munosabatlar tashkil etadi.
Xalqaro tashkilotlar huquqining predmeti esa xalqaro tashkilotlarni tashki] etish, uning organlari, a’zolari, ular bilan o'zaro munosabatlari, uning norma ijodkorlik faoliyati va boshqa funksional vazifalari, tashkilotning ichki huquqi kabi mazkur huquq sohasi o'rganadigan barcha masalalar.
Xalqaro tashkilotlar klassifikatsiyasi
Jahondagi mavjud xalqaro tashkilotlami va ularning faoliyatini yaqindan o'rganish uchun, avvalambor, ulami klassifi katsiy alash maqsadga muvofiq. Chunki ularni klassifikatsiyalash yo’li bilan mazkur xalqaro tashkilotlar va ularning xalqaro huquqdagi o'rnini, maqsad va vazifalarini to‘g‘ri tushuna olamiz.
Odatda xalqaro hukumatlararo tashkilotlami turli belgilari bilan klassifikatsiyalash qabul qilingan. Bunday klassifikatsiyalash quyidagicha amalga oshiriladi:
Faoliyati yuzasidan:

  • umumiy vakolatli, ya’ni barcha sohalar bo'yicha a’zo daviatlarning hamkorligini muvofiqlashtirib, ularga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilotlar. Bunga BMT, MDH, Yevropa Ittifoqi tashkilotlari misol bo'la oladi;

  • ixtisoslashgan vakolatli - siyosiy, harbiy, iqtisodiy, moliyaviy, savdo masalalari, sog'liqni saqlash va boshqa muayyan sohada davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tashkilotlar, masalan, YUNESKO, NATO, MAGATE kabi tashkilotlar misol bo'la oladi. Xususan, Xalqaro Tashkilotlar Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko'ra, 200tacha hukumatlararo va hukumatlarga qarashli bo'lmagan tashkilotlar fan, madaniyat va sog'liqni saqlash sohasida xalqaro huquq subyektlarining hamkorligini xalqaro tartibga solish sohasi bilan mashg'uldir’.

A’zolarining geografik joylashuvi doirasiga qarab:

  • universal, ya’ni geografik jihatdan jahondagi barcha qif alardagi davlatlami qamrab oluvchi xalqaro tashkilotlar (BMT va uning ixtisosiashtirilgan tashkilotlari (masalan, YLTNESKO);

  • mintaqalararo, dunyoning ikki yoki uchta mintaqasini qamrab oluvchi (masalan, YXHT, NATO);

  • mintaqaviy, ya’ni geografik jihatdan faqatgina muayyan qif adagi davlatlami birlashtirishni maqsad qilib qo'ygan xalqaro tashkilotlar (masalan, Yevropa Kengashi, Afrika birligi tashkiloti);

  • submintaqaviy, geografik jihatdan muayyan bir kichik mintaqa mamlakatlarini birlashtirgan xalqaro tashkilotlar (masalan, SHHT, G'arbiy Yevropa Ittifoqi).

Международное ігубличное npaio Учебник. Под ред Бекішсва К А - М Проспект, 1999. - С 289
A’zolarning geografik joylashuvi asnosida klassifikatsiya qilinganda, esdan chiqmasligi kerakki, BMT Ustavi (Nizomi)ga ko‘ra xalqaro hukumatlararo tashkilotlar faqat universal va mintaqaviy tashkilotlarga bo'linadi. Unga asosan mintaqaviy tashkilotlarga nafaqat mintaqaviy tashkilotlar, balki bu guruhga mintaqalararo va submintaqaviy tashkilotlar ham kiritiladi. Shuning uchun ham biz takiif etayotgan tasnifda asosan, a’zolarning mintaqalardagi geografik joylashuvi nuqtayi nazardan yondashmoqdamiz. Ammo bu tasnif har doim ham tashkilotlar a’zolarining muayyan geografik birligiga to‘la mos kelmasligi mumkin. Misol uchun: Islom konferensiyasi tashkiloti.
Tashkilot tarkibiga yangi davlatlami qabul qilish yoki qabul qilmasligiga qarab:

  • ochiq holdagi;

  • yopiq holdagi xalqaro tashkilotlarga bo'linadi.

Davlatlar tomonidan xalqaro tashkilotlarga berilayotgan vakolatiaming hajmi o'zaro mutanosibligi bo'yicha tashkilotlar quyidagicha ham farqlanadi:

  • muvofiqlashtiruvchi funksiyasini bajaruvchi xalqaro hukumatlararo tashkilotlar, a’zo davlatlar va xalqaro tashkilotlar funksiyalari teng. Misol uchun YUNESKO, XMT;

  • “millatdan yuqori turuvchi” tashkilotlar, ya’ni millatdan yuqori turuvchi organlarga ega bo‘lgan tashkilotlar, misol uchun: Y1

Birinchi va ikkinchi holatda xalqaro tashkilotning maqsadi davlatlararo hamkorlik bo'lib, qarorlar asosan davlatlarga yo’llanadigan bo'lsa, ikkinchi holatda esa biz yana davlatlararo integratsiyani tushunamiz, ularning qarorlari nafaqat davlatlarga, shuningdek bevosita a’zo davlatlarr.ing fuqarolariga va yuridik shaxslariga ham taalluqli bofiadi.
Xalqaro nohukumat (nodavlat) tashki lotlarni ham quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:

  1. siyosiy, mafkuraviy, ijtimoy-iqtisodiy, kasaba uyushmaviy;

  2. onalik va bolalikni himoya etuvchi ayollar tashkiloti;

  1. ilmiy, madaniy-ma’rifiy;

  2. matbuot, kino, radio, televideniye va boshqa sohalar.

Yuqoridagitardan xuiosa qilib aytish muminki, xalqaro tashkilotlarni klassifikatsiyalash asosida ularni turkumiash, tizimlashtirish mumkin bo’ladi. Bu esa bugungi murakkab xalqaro munosabatlar tizimida ularni tadqiq qilishni yengiilashtiradi. Shu bilan bir qatorda, xalqaro tashkilotlardagi umumiylikni va har bir xalqaro tashkilotlaming o'ziga
xosligini, ulaming xalqaro munosabatlardagi tutgan o‘mi va rolini, hozirgi zamon xalqaro huquqining rivojlanishiga ta’sirini aniqlashda, bu tashkilotlaming xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro huquqiy munosabatlarining istiqbollarini, shuningdek davlatlar, xususan, 0‘zbekiston Respublikasini muayyan xalqaro tashkilotlar bilan qanday manfaatlar asosida hamkorlik aloqalarini olib borish istiqbollarini aniqlashda qanday xalqaro tashkilotlarga o'zining tashqi siyosatida ustuvorlik bilan munosabatda bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro tashkilotlarning xalqaro-huquqiy maqomi
Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqning hosilaviy, boshqacha qilib aytganda, ikkilamchi subyektlari hisoblanadi. Ya’ni ular mustaqil ravishda yuzaga kelmaydi, balki xalqaro huquqning birlamchi subyektlari bo'lgan davlatlaming xohish-irodalari asosida, muayyan maqsadlarda tashkil etiladi va shu bois uning xalqaro munosabatlardagi maqomi va ichki huquqiy tartiboti to'lig'icha tashkil etuvchi davlatlar ixtiyorida bo'ladi. Umuman olganda, xalqaro tashkilotlarning ustavlarida mazkur tashkilotlami tuzgan birlamchi subyektlaming xohish-irodasini ko'rish mumkin. Masalan, BMT Ustavining Muqaddimasida Birlashgan Millatlar Tashkilotni tuzishga asoslari va uni tuzishdan maqsadlari keltirilib o’tiladi va unda shunday deyiladi: “Shunga binoan, bizning tegishli hukumatlarimiz ... vakillari orqali Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Nizomini qabul qilishga rozilik berdilar va shu asosda “Birlashgan Millatlar” deb nomlangan xalqaro tashkilotni ta’sis etdilar”1. Yana bir misolda esa bu holat sal boshqacharoq bayon etilgan, ya’ni YLTNESK.0 Ustavining Muqaddimasida ishtirokchi davlatlar hukumatlari o‘z xalqlari nomidan Tashkilotning ta’sis hujjatini tuzganligini e’lon qilishini bildirishadi: “... davlatlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida dunyoning barcha xalqlari hamkorligiga hamda xalqaro tinchlik va insoniyatning umumiy farovonligiga erishish maqsadida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining mazkur hujjatini tuzdilar”2.
'Бирпашган Мнил am a p Твппшпотгагинг Ншомп ла Халқвра суд слвтути Т.: БМТнинг Ўзбекистоцддгн яхборот маркяли. 2G02. -Б 3.
^умимсз А. Узбекистан ва ЮНЕСКО нинг халқярп-хуқукий муносабатлари. — Т : Янги аср авлади, 2003. Б.5- 6
Birorta ham xalqaro tashkilotning ta’sis hujjatida, tashkilot "‘hosilaviy subyekt” degan so‘z bilan ko'rsatilmaydi, bu tushuncha odatda nazariyotchilar tomonidan kiritilgan
Xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquqning o'ziga xos hosilaviy subyekti deyishimizga yana birinchi asos, ular davlatlarga o‘xshab, o'zining doimiy hududiga, doimiy aholisiga ega bo‘la olmaydi. Ikkinchidan esa yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, u birlamchi subyektlaming xohish-irodasi asosida hosil bo‘ladi, ya’ni “dunyoga keladi” va u birlamchi subyektlamig xohish-irodasi orqali tugatilishi, ya’ni “dunyodan ketishi” mumkin.
Xalqaro hukumatlararo tashkilotning ta’sis etilishi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlami ta’sis etilishi quyidagi bosqichlarda amalga oshi ri ladi:

  1. Tashkilotlarning ta’sis hujjatlarini qabul qilish;

  2. Lining moddiy tizimini shakllantirish, bunda a’zo davlatlaming a’zolik badallari bo'yicha roziligi va ularni to’lanishi muhim rol о‘ytiaydi;

  3. Bosh organlarining tashkil etilishi va yig'ilish faoliyatining boshlanishi.

Xalqaro hukumatlararo tashkilotning tugatilishi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotni tashkil etilishi, demak, uning a’zolari bo'lmish davlatlaming xohish-irodasiga bog'liq bo‘lsa, uni tugatilishi ham bevosita uning a’zolari xohish-irodasiga bog'liq bo'ladi. Xalqaro tashkilotning tugatilishi turli sabablar asosida bo'lishi mumkin. Birinchi holatda xalqaro tashkilot o‘z vazifasini bajara olmay tarqatib yuqorilishi mumkin. Misol uchun, Millatlar Ligasi, u Ikkinchi jahon urushiga to'sqinlik qila olmadi va tarqalib ketdi. Uning o'miga butun dunyoda xavfsizlik va tinchlik uchun mas’ul bo'lgan universal tashkilot sifatida yanada samaraliroq mexanizmga ega bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etildi. Ikkinchi holatda esa xalqaro tashkilotni tashkil etuvchi davlatlar o'rtasidagi o'zaro manfaatlar barham topganda, ya’ni ularni birlashtirib turuvchi mafkuraviy yoki boshqa tusdagi yaqinlik ham xalqaro tashkilot tugatilishi mumkin. Masalan, 1991-yiIga kelib sotsialistik lagerning qulashi bilan Varshava shartnomasi tashkiloti, shuningdek bu lagerni iqtisodiy birlashtiruvchi O'zaro iqtisodiy yordam kengashi tugatildi. Uchinchi holatda esa a’zolari va vakolatlari bir-biriga yaqinlashib ketishi oqibatida ularning vakolatlari boshqa tashkilot vakolatlariga qo'shilib ketadi, bunda muayyan bir yoki undan ko'p tashkilot tugatiladi yoxud umuman bu tashkilotlar o'rnida ularning vakolatlarini o'ziga birlashtirgan
My kj и hoi A Хх-ікаро ташкмлатляр \уқукн_ қўлламма. -Т. ЖҢДУ, 2014. - Б 27. - - - • boshqa bir tashkilot tuziladi. Misol uchun Yevropa koYnir va poYat hamjamiyati va Yevropa Iqtisodiy hamjamiyati o‘z rivojlanish jarayonida yagona Yevropa Ittifoqi tashkiloti sifatida shakllandi.
Xalqaro hukumatiararo tashkilotlaming xalqaro-huquqiy layoqatliligi, bu tashkilotlarni boshqa xalqaro tuzilmalardan ajratib turuvchi hamda xalqaro huquqiy munosabatlarda toYa huquqli subyekt sifatida faoliyat koYsatishining asosiy belgisi hisoblanadi. Xalqaro hukumatiararo tashkilotlaming xalqaro huquqning toYa huquqli subyekti ekanligini, lining turli xususiyatlari bilan ham belgilash mumkin. Ularga, jumladan quyidagilami kiritish maqsadga muvofiq:

  1. xalqaro tashkilotni davlatlar ko‘p tomonlama shartnoma negizida tuzadi va shu shartnomalar (ustavlar) asosida faoliyat koYsatadi;

  2. xalqaro tashkilot ma’lum maqsadlarda tuziladi;

  3. xalqaro tashkilot muayyan tashkiliy tuzilishga ega boYadi;

  4. xalqaro tashkilotlar o‘z ustaviga koYa ma’lum xalqaro huquq layoqatiga, ya’ni mustaqil huquq va majburiyatlarga ega boYadi;

  5. xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq normalariga asosan tuziladi va xalqaro huquqning ikkilamchi subyekti hisoblanadi. Ular suverenitetga ega emas;

  6. davlatlar- xalqaro huquqning subyekti sifatida xalqaro tashkilotlar faoliyatida davlatlarning suveren tengligi prinsipi asosida qatnashadilar va xalqaro tashkilotga a’zolikdan ixtiyoriy ravishda chiqish huquqiga ega;

  7. xalqaro tashkilotlaming qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega;

  8. xalqaro tashkilotlar hudud va aholiga ega emas;

  9. xalqaro tashkilotlar BMT Xalqaro sudida tomonlar bo‘la olmaydi va ularning vakilligi doimo bir tomonlama boYadi;

  10. xalqaro tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari diplomatik imtiyoz va immunitetga egadirlar;

  11. xalqaro tashkilotlarda ularning a’zolarini doimiy vakillari boYadi (BMT, YUNESK.0 huzurida);

  12. xalqaro tashkilotlar xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega;

  13. xalqaro tashkilotlar xalqaro-huquqiy javobgarlikning subyekti boYa oladi1.

  14. odatda ularning faoliyati vaqtinchalik boYmay, doimiy xususiyat kasb etadi;

  15. ayrim xalqaro tashkilotlar yuridik va kvaziyuridik vakolatlarga ega boYadi, ularning ba’zilarida ma’muriy va opreativ faoliyatini amalga

Лукашу* И.И., Саллов A.X. Ҳозирги замен калдеро хуҳук назарияспасослари. - Т.: Адолат, 2006. - Б.202-203. oshirishi davomida vujudga keladigan nizolami hal etish uchun maxsus xalqaro sud organlaii ham tashkiI etiladi;

  1. faoliyat usuli — muhokama qilish, muzokara va muloqotlar olib borish hamda ovoz berish yoki konsensusga erishish orqali qaror qabul qilish;

  2. xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro norma ijodkorlik faoliyatini amalga oshiradi va ulami mazkur faoliyati ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: xalqaro shartnomalar ishlab chiqish va ulami a’zo davlatlar ralifikatsiyasiga qo’yish hamda xalqaro muammolami hal etishning tegishli choralari va yo‘llarini tavsiya etuvchi rezolutsiyalarni qabul qilish.

Demak, xalqaro hukumatlararo tashkilot, avvalambor, maxsus xalqaro shartnoma (ustav) asosida tuzilgan, xalqaro-huquqiy layoqatga va muayyan tashkiliy tuzilishga ega bo‘lgan hamda xalqaro huquq normalari asosida faoliyat ko'rsatadigan xalqaro huquq subyektidir.
Har qanday xalqaro hukumatlararo tashkilot xalqaro huquqning subyekti sifatida hech bo:lmaganda quyidagi belgilarga ega bo'lishi kerak:

  • xalqaro huquqqa muvofiq tashkil etilishi;

  • xalqaro shartnoma asosida tashki! etilishi;

  • faoliyatning muayyan sohalarida hamkorlikni amalga oshirishi;

  • kerakli tashkiliy tuzilmaning mavjudligi;

  • xalqaro-huquqiy javobgarlikning mavjudligi;

  • xalqaro-huquqiy mustaqilligi1.

Xalqaro nohukumat tashkilotlarning asosiy belgilari sifatida esa quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

  • daromad olish maqsadining mavjud emasligi;

  • hech boMmaganda bitta davlat tomonidan e’tirof etilganligi yoki xalqaro hukumatlararo tashkilot huzurida konsultativ maqomga egaligi;

  • kamida ikkita mamlakatdan pul mablag'lari olinganligi;

  • hech bo'lmaganda ikkita davlatda faoliyat yuritishi;

  • ta’sis hujjati asosida tuzilganligi;

  • milliy qonunchilik asosida faoliyat ko'rsatishi.

Xalqaro nohukumat tashkilotlarning xalqaro huquqdagi huquqiy maqomi hali tamornan hal etilmagan. Ularning zamonaviy xalqaro munosabatlarda tutgan o'rni va bu jarayonga ta’sirini, muayyan xalqaro- huquqiy hujjatlarda ularning huquq va majburiyatlari aks ettirilishini hisobga olib va shuningdek ularning xalqaro hukumatlararo tashkilotlar doirasida qarorlar qabul qilinishiga ta’sirini kuchayib borayotganligini

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling