Xalqaro huquq
parteid (tarjimasi, aparteid — alohida yashash) irsiy kamsitishing keskin shakllaridan biri bo ‘lib, irsiga
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
Aparteid (tarjimasi, aparteid — alohida yashash) irsiy kamsitishing keskin shakllaridan biri bo ‘lib, irsiga ко ‘ra davlat aholisi guruhining, huquqlari boshqa aholi guruhlariga nisbatan kamsitiladi, ular siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum qilinadi. Bir irqning ikkinchi bir irq ustidan hukmronligini o'rnatish va ushlab turish hamda ularga doimiy ravishda zulm o'tkazish uchun aholi maxsus ajratilgan joylar (rezervatsiyalar)da saqlanadi.
1973-yili BMTning Bosh Assambleyasi Aparteid jinoyatining oldini olish va uchun jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyani qabul qildi, unga ko‘ra aparteid xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi, xalqaro huquqqa, insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat deb tan olindi. Janubiy Afrikadagi aparteidga qarshi qaratilgan bu Konvensiya yanada kengroq ma’noga ega, chunki boshqa davlatlarda ham tub aholiga va milliy jihatdan kam bo'lgan aholiga nisbatan irqiy kamsitishlarga yo‘l qo'yilmoqda. Bunday jinoyatning subyektlari bo'lib, qayerda va qanday sababga ko‘ra sodir etiiganidan qat’i nazar, davlat vakillari, tashkilotlar, tashkilot a’zolari va jismoniy shaxslar hisoblanadi. [jrochilardan tashqari, aparteid aktlarini amalga oshirishda hamkorlik qilgan yoki qo'llab-quvvatlagan va bevosita yordam bergan shaxslar hamda tashkilotchilar ham jazoga tortiiadi. Bunday jinoyatlarga nisbatan ham universal yurisdiksiya o'rnatilgan. Aybdorlar Konvensiya ishtirokchisi bo'lgan biror-bir davlatning sudiga jalb etilishi mumkin. Zarur holda jinoyatchi biror-bir davlatga berilishi mumkin, chunki aparteid siyosiy jinoyat hisoblanmaydi. Shuning uchun jinoyatchilarni biron-bir davlatga ushlab berish - ekstraditsiya, o'sha davlatning milliy qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi1. Konvensiyada davlatlar rozilik bergan taqdirda xalqaro jinoyat tribunalini tashkil etish imkoniyati nazarda tutilgan. Ekotsid (tarjimasi - uy, turar joyni yo 'q qilish) xalqaro harbiy jinoyat bo‘lib, iabiiy atrof-muhitga sivilizatsiya uchun ijtimoiy xavfli tajovuz qilishni bildiradi. Uning tarkibiy qismi sifatida harbiy ekotsid, ya’ni urushda dushmandan harbiy ustunlikka erishish va g'alabani ta’minlash uchun tabiiy muhit shari-sharoitlaridan majburiy foydalanish hisoblanadi. Bunda quyidagilarning farqini bilish kerak: ajgeofizik urushlar - o‘z foydasiga vulqonlarni, zilzilalarni majburiy ravishda chaqirish, ozon qatlamini vayron qilish, abadiy muzliklarga ta’sir o‘tkazish va boshqacha shaklda Er shari tuzilishi yoki tarkibini sun’iy o‘zgartirib, urushda g'alaba qozonish; b)meteorologik urushlar - texnik va boshqa vositalar yordamida bo‘ron, dovul, sunami, momaqaldiroq, ko‘chkilami vujudga keltirish, qor, yomg‘ir yog'dirish va shu maqsadlardaboshqa usullar bilan iqlimni o‘zgartirish; d) ommaviy qirg'in qurollari (OQQ) va boshqa taqiqlangan qurollar - yadro quroli, radiatsiyaviy, bakteriologik, zaharli, yondiruvchi, infraovozli, radiochastotali va shu kabilardan foydalanish. Insoniyat xavfsizligi va tinchlikka qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihasida bu jinoyatlar “oldindan o‘ylab va atrof-muhitga jiddiy zarar” yetkazadigan jinoyat deb ataladi, bunda tabiiy atrof-muhitda uzoq vaqt va jiddiy zarar yetkazishga qasd qilinganJigi tushuniiadi. Bu moddaga berilgan sharhda atrof-muhitni himoya qilish insoniyat uchun katta ahainiyatga ega ekanligi, shuning uchun sivilizatsiyaning asosiy manfaatlariga jiddiy qasddan qilingan qilmishlar uchun xalqaro jinoiy javobgarlikka tortish ko'rsatib o'tiladi. Shunday qilib, ekotsid insonni o'rab turgan tabiiy atrof-muhitni tuzatib bo‘lmas darajaga olib kelish bilan bog'liqdir. Ekotsidning xalqaro xavfi shundaki, uning oqibatlari chegara bilmaydi, bir davlatning ekologik muvozanati buzilishi undan ancha uzoqda bo'lgan boshqa bir davlatning atrof-muhitiga ham ta’sir ko'rsatadi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling