Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- VII BOB. XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI
- Xalqaro shartnomalar huquqini vujudga kelishi
- Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va predmeti
- Xalqaro shartnomalar huquqi subyektlari
- Xalqaro shartnomalami tasniflanishi va tarkibi
- Xalqaro shartnomani tuzish
Kazus 1. Kemalar harakatlanuvchi xalqaro daryoning o'rtasida tabiiy vulqonlar sabab'i kichik orol yuzaga kelib qoldi. Mazkur orolga 2 ta qirg:oqbo‘yi davlat A va В da’volik qilgan, chunki orol bo‘yicha hech qanday shartnoma mavjud emas edi. Mazkur orolga da’vogar ikki qirg‘oqbo‘yi davlatda ham ushbu orol tegishliligi bo'yicha ikki xil xarita mavjud. Ammo A davlatning xaritasi В davlatnikidan 100 yil oldin tuzilgan. A davlat o z xaritasini yuridik dalil sifatida В davlatnikidan usravor deb ta’kidiadi. Chunki uning xaritasi awalroq tuzilgan edi.
Savol: Xalqaro daryoda hosil bo‘lgan orol bo‘yicha qaysi bir qirg‘oqbo‘yi davlat foydasiga BMTning Xalqaro sudi qaror chiqarishi lozim? Kazus 2. Amazonkadagi terra nullius maqomiga ega bo‘lgan o'rmonlami A davlat okkupatsiya qilib o‘zlashtirgan. Ammo ushbu oTmonlardan foydalanganligi haqida hech qanday ma’muriy hujjatlar mavjud bo‘lmagan bo‘)sa-da, 50 yil davomida davlat o‘rmonni o‘z hududiga tegishli deb hisoblab tabiiy boyliklaridan foydalanib kelgan. Natijada o‘rmonga tabiiy zarar yetkaza boshlagan. 50 yildan so‘ng oTmon hududida yashab kelayotgan bir qabila sardori BMTning Xalqaro sudiga murojaat qilgan va mazkur o'rmonni o‘z qabilasining tarixiy vatani deb, okkupatsiya qilgan davlat o'rmon hududini tark etishini talab qilgan. Savol: BMTning Xalqaro sudi agar bu da’voni ko'rib chiqsa, qanday qaror chiqaradi? Nazorat savollari: Xalqaro kanallaming huquqiy rejimini xalqaro daryolaming huquqiy rejimlaridan qanday farqi bor? Delimitatsiya va demarkatsiyaning o'zaro bog'liqligi va bir- biridan farqi nimadan iborat? Aralash rejimli hududlar bilan xalqaro rejimli hududlarning asosiy farqi nimadan iborat? Davlat chegarasini belgilash jarayonini ketma-ketligini aniq keltirib tushuntiring. Kema qatnovli transchegaraviy daryolar bilan kema qatnovsiz transchegaraviy daryoda chegara o‘rnatishda qanday farq bor? Antarktikaning xalqaro huquqiy rejimining o;ziga xosligi nimadan iborat? Tavsiya etiladigan adabiyotlar: Голицин Б.Б. Антарктика: тенденции и перспективы развития. -М., 2004. Гуреев С.А., Тарасова И.М. Международное речное право. - М., 2004. Клименко Б.М. Мирное разрешение территориальных споров. - М., 1982. Лопатин Л.М. Международные проливы и каналы: правовые вопросы. - М., 1985. Международно-правовые основы недропользования / отв.ред. А.Н.Вилегжанин. -М.. 2007. - 526 с. Колосов И.М. Действующее международное право. Учебное пособие для студентов вузов, обучающихся по специальностям ■‘международные отношения”, “регионоведение”. Т.2. - М.: Международные отношения, ЮРАИТ, 2007. Черниченко С.Б. Контуры международного права. Общие вопросы. - М.: Научная книга, 2014. - 592 с. Вилегжанин А Н. Решения Суда ООН по спорам и делимитации морских пространств. — М.. 2004. Douglas M/Gibler / Territory. Democracies, and their Disputes / Cambridge UP, 2012. Shaw Malcolm M., "International Law", 5th Edition Cambridge: Cambridge University Press, 2003, 1288р. Speech by H.E. Judge Rosalyn Higgins, President of the International Court of Justice, to the General Assembly of the United Nations, 01.11.2007. , Laws of the Territory Northwest of the River Ohio: including the laws of the Governor and judges, and Maxwell code , and the laws of the three sessions of the territorial legislature , 1833. VII BOB. XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI Xalqaro shartnomalar huquqini vujudga kelishi. Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va predmeti. Xalqaro shartnomalar huquqi subyektlari. Xalqaro shartnomalami tasniflanishi va tarkibi. Xalqaro shartnomani tuzish. Xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish. Xalqaro shartnomalarga qo'shimcha va o‘zgartirishlar kiritish. Xalqaro shartnomalarning vaqt va hudud bo‘yicha amal qilishi. Xalqaro shartnomalami tatbiq qilish. Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, amal qilishini tugatish va to‘xtatjb turish. Xalqaro shartnomalar huquqini vujudga kelishi Shartnomalar huquqi doirasidagi kodifikatsiyalashning ilk urinishlari olimlar tomonidan amalga oshirilgan. Bunday kodifikatsiyalar (tizimga kiritish) doktrinali deb ataladi. Kodifikatsiyaiashga Y.Blyunchli (kodeks koYinishida bayon etilgan zamonaviy Xalqaro huquq 1868-yil), D.Fild (Xalqaro Kodeks asoslarining loyihasi, 1872-yil) kabilar ko'proq e’tibor qaratishgan. O‘z davrining nafaqat tajribasi, balki doktrinasidan ham oldinlab ketgan Y.BIyunchlining loyihasi alohida ahamiyatga ega. Boshqa bir qator mualliflar asosiy protsessual jarayonlardagi kodifikarsiya va shartnomalarning tuzilish tartibi bilati cheklangan bo‘lsalar, Y.Blyunchli esa shartnomalarning xalqaro huquq me’yorlari masalasiga ham murojaat qilgan. Shartnomalar huquqining doktrinal kodifikatsiyasi XX asrda ilmiy institut (idoralar) tomonidan ham amalga oshirilgan. 1935-yildagi Garvard universitetidagi mualliflar- kollektivi (jamoasi) tomonidan tayyorlangan Xalqaro shartnomalar huquqi haqidagi Konvensiya loyihasi ancha mashhur. Loyiha shartnomalarning tuzilishidagi jarayonlarga ham bag‘ishlanadi. Ichki huquqqa biror-bir istisnolarsiz shartnomalami bajarmaganligini oqlovchi qo‘shimchalar yoki o'zgartirishlami kiritishga yo‘l qo‘yilmasligi alohida e’tiborga molik. Shartnomlarga tegishli normalaming rasman kcdifikatsiyaianishi XIX asming boshlariga kelib dolzarblashdi. Vaziyat murakkab edi. Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Garvard konvensiyasi loyihasining izohida shunday deyiladi: Xalqaro shartnomalarning aniq va r'avshan huquqlari mavjud emas ... shartnomalar huquqi sohasi o'zida xavotirlar avj olib borayotgan va hozirgi kunda yaxlit kelishuv va umumiy standartlar juda ham kam o‘matilgan doirani aks ettirgan”. Shunga o'xshash filer 1926-yil Millatlar Ligasining Xalqaro huquqni kodifikatsiyalash bo'yicha ekspertlar qo'mitasi tomonidan ham biIdirilgan. Rasmiy kodifikatsiyaning birinchi akti 1928-yil Лтегіка davlatiarining konfitensiyasida qabul qilingan xalqaro shartnomlar Konvensiyasi hisoblanadi. Tarkibi jihatidan Konvensiya juda ham chegaralnngan edi, shunga qaramay u baribir kuchga kirmadi. Sharinomalarga tegishli normalarni kodifikatsiyalashga bo'lgan navbatdagi urinish Millatlar Ligasi doirasida bo'ldi. 1924-yil Xalqaro huquqning istiqbolli kodifikatsiyasi bo'yicha ekspertlar qo'mitasi tuzildi. Kodifikatsiyalash uchun tayyor bo'lgan xalqaro huquq tarmoqlari bi Ian bir qatorda qo'mita shartnomalarga oid normalarni ham ko'rsatib o'tdi. Shuningdek, qo'mita shartnomalarning tuzilish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan masa’alar bilangina cheklandi, qolaversa. bu masalalar konferensiya isbining bir qismi sifatida ko'rib chiqildi. Qo'mitaning o‘zi ham e’tirof etganiday bu darajadagi cheklangan yendashuv ko'zlangan natijalarni berolmasdi. lining 1927-yilda Liga Ittifoqi axboroti uchun qabul qilingan yakuniy xulosasida shunday deyiladi: “Konferensiya jarayonining tartib qoidalarini avvaldan ko'ra bilish va uni qay tarzda amalga oshirish yoki Konvensiyada shartnomalarning tayyorlanish metodlari va shartnoma matnlarini tuzib chiqishni avvaldan belgilash qiyin”. Bulaming barchasi shartnoma huquqining shakllanish jarayoni qanday qiyitichiliklai bilan kcchganligidan dalolat beradi. Shartnoma huquqi butun bir xalqaro huquqning harakatlanishida asosiy ishga tushiruvehi qurilma (sterjen) vazifasini bajarishi bilan izohlanadi. U normalar yaratilishi tartibini, haqiqiy ligini, qabul qilinishini (iste’molini) va faoliyati to'xtatilishini belgilab beradi. Natijada shartnomalar huquqining rasmiy kodifikatsiyasi va uning jadal rivojlanishi faqatgina XX asrning 2-yarimiga kelib BMT doirasida boshlandi. Usirbu masalaning yechimini topish, uni hal etish zarurati yanada yaqqolroq sezila boshlandi. Xalqaro huquqning faoliyati keng ko'lamda bog'liq bo'lgan xalqaro huquq tarmog'i betartib (chigal) ahvolda edi. 1949-yilgi BMT Bosh Kotibi memorandumida shunday deyiladi: “Ikkilanish va shubhalardan, ayrim holatlarda esa chigalliklardan xoli bo'la olgan biror-bir shartnoma huquqi sohasining mavjudligi amri mahol”. Komissiyaning shartnoma huquqi to‘g‘risidagi moddalar loyihasi ustida olib borgan ishi unchalik katta bo'lmagan tanaffuslar bilan 1966-yilgacha davom etgan. O'sha payt yakuniy loyiha qabul qilindi. Loyiha davlatning umumiy o‘rni (holatini) hisobga oldi va turli xil xalqaro huquqiy konvensiyalami o'zida aks ettirdi. Umuman olganda, u ko'plab hukumat va ko‘zga ko'ringan yuristlarning yuqori bahosiga sazovor bo' Id i. Shartnomalar huquqi kodifikatsiyasining navbatdagi bosqichi BMTning 1968 1969-yillardagi shartnomalar huquqi to'g'risidagi 2 ta sessiyadan iborat bo'lgan Vena konferensiyalari bo‘ldi. 1969-yildagi Vena konvensiyasi bu turdagi konvensiyalar uchun anchagina qisqa bo'lgan vaqtda. ya’ni 1980-yil kuchga kirdi. 1986-yilda Vena konferensiyasida davlatlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi yoki xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasi qabul qilindi. Shu tariqa XX asming 2-yarmida xalqaro hamjamiyat xalqaro shartnoma huquqini kodifikatsiyalanishiga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat qiymatini baholash uchun asming 1-yarmida davlatlar hattoki shartnomalaming tuzilish jarayonini tartibga soluvchi normalarni ham kodifikatsiya qilolmaganligini eslashning o'zi kifoya. Bunda esa nafaqat jarayonning rasmiy holatlarini aniqlab beruvchi, balki huquqiy me’yorlari talablarini ham o'matuvchi normalari ham kodifikatsiyalandi. Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va predmeti Xalqaro shartnomalar huouai — nrinsin va normalarning xulosalar tartibi, xalqaro shartnomalaming amal qilinishi. ularning to'xtatilishini beleilab beruvchi xalqaro huquaning alohida tarmogidir. Shartnomalaming rivojlangan huquqi mavjudligi — zamonaviy xalqaro huquqning o'ziga xos xarakterli xususiyati. Bu tarmoq xalqaro huquq tizimida mustahkam, o'zgarmas joy egallagan. U xalqaro huquqning barcha soha, tarmoq va institutlari bilan bog'liq. Unga bag'ishlangan konvensiyalar ham shunday ataladi. “Shartnoma” nomi ularning Xalqaro huquq tomonidan boshqariiuvchi (tartibga soluvchi), ularning nomlanishi, tuzilishi va ishtirokchilar tarkibidan qat’i nazar, xalqaro kelishuvlarning barcha tur va ko'rinishlarini qamrab oluvchi tushunchani anglatish uchun qabul qilingan. “Shartnomlar” atamasiga Vena konvensiyasi ham alohida ma’no bergan. 1969-yildagi konvensiya mazkur atama asnosida faqatgina davlatlararo yozma tarzda tuzilgan kelishuvlar tushunilishini e’tirof etgan bo'lsa. 1986-yildagi konvensiyada bu atama asnosida xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi kelishuvlarni ham tushunilishini ta’kidlaydi. Shuningdek. bu atamaning bunday ma’noda talqin qilinishi faqat mazkur Konvensiyagagina xos (2-modda). Ayni paytda bu holat xalqaro kelishuvlarning yuridik kuchiga va shartnomalar huquqi normalari bilan boshqarilishi yoki tartibga solinishiga ta’sir etmaydi (3-modda). Shartnomalar huquqi xalqaro huquqiy kelishuvlarning barcha ko'rinishlariga tegishlidir. Hozirgi kunda xalqaro munosabatlaming ma’lum bir darajada shartnomalarsiz boshqariluvchi biror-bir sohasini topish qiyin. Shartnomalar siyosiy va harbiy hamkorlikni, iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni, ilm-fan, texnika, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish va boshqa doiralardagi hamkorlikni boshqaradi. Shartnomalar asosida xalqaro tashkilotlar tuziladi va faoliyat olib boradi. Shartnomalar davlatning ichki huquqini risoladagidek boshqarilishida ham muhim ahamiyatiga ega. Aynan shartnomalar davlatning ichki huquqiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro shartnoma - tuzilishi, harakati va bekor bo’lishi xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi kelishuvdir. Oxirgi o‘n-yillikda nohuquqiy shartnomalar keng tarqalmoqda. Bunday shartnomalaming roli Yevropada xalqaro munosaballarni qayta qurishning asosiy instrument! bo'lgan ОВСЕ aktlarida ham ko‘rinadi. Bunday shartnomalar yuridik emas. axloqiy va siyosiy jihatdan majburiy kuchga ega. 1994-yilgi Xavfsizlik harbiy-siyosiy jihatlari bo‘yicha harakatlar Kodeksiga ko‘ra “Mazkur harakatlar kodeksining normalari siyosiy majburiyatlar hisoblanadi. BMT Ustavi 102-moddasiga ko'ra, ro’yxatdan o‘tkazilishi kerak emas”. Boshqacha aytganda, Kodeks xalqaro shartnoma hisoblanmaydi. Shartnomalar huquqining asosiy manbai odat huquqidir. O'tgan asrning ikkinchi yarmiga kelibgina ko‘p yillik harakatlar natijasida shartnomalar huquqining normalari va asosiy prinsiplarini kodifikatsiya qilishga erishildi. Bu uchta universal konvensiyalarni qabul qilish bilan amalga oshirildi: Xalqaro shartnomlar huquqi to‘g‘risidagi 1969-yilgi Vena Konvensiyasi, Davlatlar va xalqaro tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar o'rtasida tuziladigan xalqaro shartnomlar huquqi to‘g‘risidagi 1986-yilgi Vena konvensiyasi, shartnomalar huquqi manbasiga, shuningdek Shartnomaviy munosabatlarga nisbatan Davlatlaming vorislik huquqi to‘g‘risidagi 1978-yilgi Vena konvensiyasi ham kiradi, lekin u vorislik huquqi bilan uzviy bog'liq. Shartnomalarni tuzish va amalga oshirishni tartibga sdlishda davlatlarning milliy qonunchiligi ham muhim ahamiyatga ega. Eng muhim normalar konstitutsiyaviy huquqda keltiriladi. Boshqa detallari davlat organlari, xususan, sud organlarining amaliyotida shakJlanadi. Tashqi siyosiy faoliyat alohida tartibga solinadigan soha hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquq shartnomaiarni tuzish tartibi, davlatning vakolatli organlari, ratifikatsiya qilinishi iozim shartnomalar turlari va boshqalarni belgilaydi. Yangi qabul qilingan konstitutsiyalarda milliy qonnnchilikka nisbatan ratifikatsiya qilingan shartnomlaming ustunligi tan olingan. Milliy qonunchilik xalqaro qonunchilikning tegishli normalaming shakllanishiga ta’sir ko'rsatadi, Xalqaro shartnomalar huquqi subyektlari Xalqaro shartnoma tomonlari xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Xalqaro huquqning asosiy subyektlari asosan davlatiar hisoblanadi. Faqat davlatiar o’zining suverenitetiga amai qilgan holda bu huquqqa, ya’ni xalqaro huquqqa majburiy yuridik xususiyat bera oiadi. Shuning uchun ham ular xalqaro huquqning asosiy subyekti hisoblanadi. Xalqaro hamjamiyat ehtiyojini hisobga olgan holda, davlatiar xalqaro tashkilotlarga huquqiy subyektivlikni berishdi. Shunga asoslangan holda davlatiar va tashkilotlar bilan birga boshqa turdagi subyektlar ham shartnomalarda ishtirok etishi mumkin, Bunday imkoniyat Vena konvensiyalarida ko-rib chiqilgan. Ularda shunday deyiladi, konvensiyalaming xalqaro huquqning boshqa turdagi subyektlari ishtirokidagi kelishuvlarga qo'ilanmasligi bu turdagi kelishuvlarning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Bu holatlarda xalqaro huquqning oddiy normalari ular konvensiyalarda qanday bayon etilgan bo’lsa. shundayiigicha tushuniladi. Davlat shartnomalarning barchasida tomonlar bo'lishiga qaramay, uning vakilligi darajasi yuridik mohiyatidan ayrilmagan. Oliy darajadagi shartnomaga aynan o'sha tomonlarning munosabatlari boshqa shannomlarga mos kelishi, hukumat darajasidagi shartnomalar — hisobot xarakteriga ega shartnomalar mutanosib bo’lishi iozim. Agar gap turli davlatiar o‘rtasidagi shartnomlar haqida ketsa, u holda hukumatiararo shartnomalar o’zining yuridik kuchiga tayangan holda davlatlararo shartnomalarga “joy bermaydi”, ya’ni ularni keying! 1 o‘ringa tushib qolmaydi. Shartnomalaming tuzilishida vakillikning turli darajasi davlatning ichki huquqiga binoan niavjud oqibatlarga (natijalarga) ega bo'lishi mumkin. 0‘zining suveren kuchi bilan davlat har qanday shartnomalarda, albatta, xalqaro huquq doirasidagi shartnomalarda ham ishtirok etish huquqiga ega. Shartnomalaming aksariyati davlatlar tomonidan tuziladi. Davlatlarning shartnomali amaliyotida birinchi darajali rol shartnoma huquqining rivojlanishiga tegishli. Tuzilish jarayonida bo'lgan davlat xalqaro huquq bo‘yicha huquq va majburiyatlarini olish imkoniga ega bo'lgan davrdan, suveren kuchiga ega bo‘lgan daqiqadan boshlab shartnomalami tuza olishi mumkin. Xalqaro tashkilotlarning huquqiy maqomi ularning xalqaro munosabatlardagi roliga bog'liq. Tashkilot rutgan o‘rnining o'sishi va kompetensiyasining kengayishi qonuniy ko'rinishga ega. Davlatlarning faqatgina hamkorlikda olib boruvchi sa’y-harakatlari bilan yechilishi mumkin bo'lgan muammolaming soni va ahamiyati oshib bormoqda va davlatlar soni ham ko‘payib bormoqda. Natijada tashkilotlarning hamkorligidagi vazifalari birinchi darajali ahamiyatkasb etadi. Xalqaro shartnomalami tasniflanishi va tarkibi Xalqaro shartnoma - tomonlaming kelishuvi natijasi va ularning siyosiy maqsadlari muvaffaqiyati uchun xizmat qiladi. Tomonlar shartnomaviy-huquqiy munosabatlaming muhim element! hisoblanadi. Tomonlaming xarakteri (xususiyati) va tarkibi shartnoma tarkibi (tuzilishi)ni, uning yuridik va siyosiy ahamiyatini aniqlab beradi. Bu holat azaldan mutaxassislar tomonidan belgilab kelingan. U yoki bu shartnomaning baholanishida asosiy e’tibor qanday davlatlar ilk tashabbuskor sifatida chiqqaniigiga, unda qaysilari ishtirok etayotganiga, qaysilari chetlatilganligi va qaysilari qarshi fikr bildiriIganligiga qaratiladi. Xalqaro shartnomalaming umumiy qabul qilingan klassifikatsiyasida ishtirokchilarining mumkin bo'lgan soni belgilangan. Shu klassifikatsiyaga mos ravishda shartnomalaming ikki tomonlama, guruhli, hududiy, universal yoki ko‘p tomonlama shartnomlar kabilar farqlanadi. Tomonlaming spetsifikasi va ularning munosabatlarini inobatga olish imkonini beruvchi ikki tomonlama shartnomalar shartnomalaming asosiy hajmini tashkil etadi. Guruhli shartnomalar - bir necha davlatlar ishtirokidagi shartnomalar. Hududiy shartnomlar bu belgilangan geografik hududdagi davlatlaming kelishuvidir. Bular MDH va Yevropa Ittifoqi doirasida tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Bu tushunchaga BMT Nizomi alohida ma’no beradi, Nizom hududiy harakatlarga qo‘l keluvchi tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga doir masalalarni hal etishga qaratilgan va BMT maqsad va vazifalariga mos keluvchi hududiy kelishuvlarning yaratiiishiga уоЧ qo:yadi (52-modda). Ko‘p tomonlama shartnomalar - ko'plab davlatlar ishtirokidagi shartnomalar. Guruhli va ko‘p tomonlama shartnomalar yopiq yoki yarim ochiq bo'ladi. Yopiq turdagi shartnomada faqat shartnomani imzolovchi davlatlar ishtirok etadi. Yarim ochiq shartnomalarda boshqa davlatlar ham qatnashishi mumkin, faqat shartnoma ishtirokchilarining rozitigi bilan amalga oshiriladi. Bu toifadagi shartnomalarga MDH doirasida tuzilgan bir qancha ko‘p tomonlama shartnomalar kiradi. Boshqa misol sifatida Shimoliy Atlantika shartnomasini keltirish mumkin (NATO, 1949-yil). Umumiy ko‘p tomonlama shannomalar barcha davlatlar manfaatlarini ko‘zlovchi normalar, obyekt va maqsadlardan iborat. Bu turdagi shartnomalar ochiq bo'lib unda barcha davlatlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchi davlatlaming sonidan kelib chiqib shartnomaning siyosiy va huquqiy mohiyati belgilanadi. Inson huquqlari paktlarida ko‘plab davlatlaming ishtirok etishi ularning muhimligi, siyosiy, yuridik va ruhiy obro'siga (avtoriteti)ga isbot bo‘ladi. Umumiy ko‘p tomonlama shartnomalarda ko‘p davlatlaming ishtirok etishi shartnomaning holatini umumiy tan olingan xalqaro huquq normalari sifatida qabul qilinishiga olib keladi. Nomlanish siyosiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda u mazkur aktga tomonlar bergan nomning ma’nosini anglatsa, boshqa hollarda bu ma’noni chegaralaydi. Masalan, “shartnoma” deb nomlanishi tomonlarning hamkorlik qilishning eng yuqori darajasiga etishga harakat qilish istagidan guvohlik bersa. “protokol” deb nomlanishi hamkorlikning maxsus masalalar bilan chegaralashni bildiradi. “Shartnoma” nomi lining ishtirokchilari o'rtasidagi boshqa kelishuv bilan o‘zaro munosabatini aniqlashi mumkin. Amaliyotda nomlanishga nisbatan yagona tartib-qoidaga tayanmaydi. Shakli va tarkibi jihatdan bir xil hujjatlar ba’zi bir hollarda shartnomalar deb nomlanadi. Boshqa bir hollarda esa pakt, kelishuv, bayonot deb nomlanadi. U yoki bu nomni ishlatish yuzaga kelgan amaliyot orqali qisman hududiy belgilanadi. Bu bilan shugullanuvchi yuristlar avvaldan shartnomaviy aktni anglatuvchi terminologiya - chigal, qisman qarama- qarshi, ilmiy bo‘lmagan, qolaversa, trzgaruvchan deb e’tirof etib kelishgan. Konkret aktlaming nomlanishi sifatida “kelishuv” atamasi davlatlar o‘rtasida dolzarb masalalar, iqtisodiy, moliyaviy, texnik va madaniy sohalardagi xalqaro-huquqiy kelishilgan aktlami anglatish uchun ishlatiladi. Umuman olganda, kelishuvlar shartnomalardan ko‘ra kamroq ahamiyatga ega bo'lgan masalalar yuzasidan tuziladi. To‘g‘risi, ko’p hollarda kelishuvlar o‘z mohiyatiga ko‘ra aksariyat shartnomalardan dolzarb hisoblanadi. Bizning davrimizda struktura (tuzilish) huquqi ulaming mohiyatini alohida ta’kidlovchi tadqiqotchilar e’tiborini tortadi. Struktura shartnoma elementlarining tartibliligini, ularning joylashuvi, o‘zaro aloqalari, ichki tashkilotlarini aks ettiradi. Struktura shartnoma tarkibini tartibga soladi, butunligini, yaxlit-yagonaligini ta’minlaydi. Xalqaro huquqda yaxlitlik prinsipi allaqachon e’tiborga sazovor bo'lgan. Ushbu prinsipga mos ravishda shartnoma butun yaxlitlikni o'zida mujassamlaydi va yagona normalar tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Ularning barthasi majburiy hisoblanib bajarilishi shart. Faqat bunday yondashuv shartnomaga nisbatan haqqoniy, to'g'ri yondashuv hisoblanadi va to‘g‘ridan to‘g;ri xalqaro huquqdagi majburiyatlami vijdonan bajarish prinsipiga borib taqaladi. Xalqaro shartnomani tuzish Shartnoinani tuzish tushunchasini ikki xil tushunish mumkin. Birinchisi keng ma’noda - shartnomani tayyorlanishi, qabul qilinishi va kuchga kirish jarayonini o‘z ichiga oladi. Tor ma’noda esa faqat yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan bosqichni, ya’ni qabul qilinish va kuchga kirish jarayonini o*z ichiga oladi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling