Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anneksiya
- Hududiy nizolar
- Davlat chegaralari
Okkupatsiya - vaqtinchalik bir davlatning hududini va suverenitetga ega bo‘lish maqsadi bo'lmagan holda egallab olish.
Masaian, BMTning Xalqaro sudi G'arbiy Saxara hududi bo'yicha o'z konsultativ xulosasida ta’kidlaganki, agar okkupatsiya qilingan hudud okkupatsiya vaqtida terra nullius maqomiga ega bo'Isa, ya’ni hech kimga tegishli bo'lmasa, okkupatsiyaning hududiy egallashning qonuniy yo'li deb belgilagan. Okkupatsiyani anneksiya bilan adashtirmaslik lozim, chunki: Anneksiya - bu bir davlat tomonidan ikkinchi davlatning butun hududini yoki bir qismini bir tomoniama tartibda qo'shib olish. Ammo ba’zi g‘arb olimlari Osiyo va Afrika davlatlari hududlarini kolonizatsiyalash ham okkupatsiya bo'lishini ta’kidlashadi. vaholanki, bu yerda urush, bosqinchilik orqali bosib olish amalga oshirilgan (debellatio). Qo'shimcha qo'shib olish ham qonuniy hududiy o'zgarish turiga kiradi. Lekin bu kamdan kam yuzaga keladigan holat. Tabiatdagi o'zgarishlar hisobiga biron daryo yoki dengiz hududida vulqonlar hisobidan paydo bo'lgan orollar va boshqa bir o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Misol uchun, Italiya hududiga tegishli 0‘rta yer dengizida paydo bo'lgan Panteileriya vulqonini keltirish mumkin. Hozirgi zamon xalqaro huquqi hududiy o'zgarishlarni faqatgina xalqaro huquqning norma va prinsiplariga, xalqaro shartnoma va kelishuvlar asosida tartibga soladi hamda tinch yo‘l bilan hal etish prinsipiga tayanadi. Hududiy o'zgarishlar aholini o'z taqdirini o'zi belgilash huquqlarini hurmat qilgan holda amalga oshiriladi, masalan, biron-bir davlat o'z davlat hududini boshqa bir davlatning hududiy tarkibiga qo'shilish yoki alohida ajralib chiqishi va mustaqil davlat yuzaga keiishi jarayonida. Shunda hududiy tegishlilik masalasi ham xalqaro huquq norma va prinsiplariga asosan o'z yechimini topadi. Ba’zi davlatlar xalqaro munosabatlarni amalga oshirayotganida ma’lum bir holatlarda o'z xohishiga binoan boshqa davlat bilan o'z hudularini almashishlari mumkin, ya’ni xalqaro huquqda bunday holat sessiya deb ataladi. Sessiya - bu o'z hududini ma’lum qismini o'z xohishi bilan boshqa davlatga turli kompensatsiya almashuvi asosida boshqa davlat tasarrufiga berish Masalan, 1951-yilgi SSSR va Polsha Lyublinsk va Lvov tumanlardagi chegaradosh hududlami almashuvini amalga oshirishgan. Sessiya amalga oshiriIganida, ahoii uchun optatsiya huquqi berilgan, ya’ni ular ikki daviatdan birining fuqaroligini tanlaydi. Ikkinchi jahon urashining yakunida ma’lum bir hududiy o'zgarishlar agressiv urush boshlagani va uning natijalari uchun xalqaro huquqiy javobgarlik sifatida Germaniya, Italiya va Yaponiyaga nisbatan amalga oshirilgan. 1945-yilgi Postdam deklaratsiyasiga binoan Sharqiy Prussiyaning shimoliy qismi SSSR tasarrufiga o'tkazilgan (Kaliningrad tumani), janubiy qismi esa Polshaga. Hududiy o'zgarishlar bo'yicha xalqaro nizolar hal qilinayotganida 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar to'g'risidagi Vena konvensiyasining 45-moddasida belgilangan estoppel konsepsiyasiga murojaat qilinishi mumkin. Ya’ni estoppel konsepsiyasi davlatning ma’lum bir holatga nisbatan sukunat saqlashi yoki ilgaridan tan olinganligi inobatga olib ushbu holat bo'yicha o'z qarashlarini o'zgartirmasiligidir. Masalan. BMTning Xalqaro sudi 1962-yilgi Kambodja va Tayland o'rtasidagi Preax Vixear ibodatxonasi bo'yicha nizoni Kambodja foydasiga qaror chiqargan, chunki Tayland 15yil davomida ushbu masala bo'yicha hech qanday e'tiroz bildirmanganligi uchun Tayland tomonidan ma’qul deb hisoblangan va shu sababli estoppel prinsipi qo'llanildi. Hududiy nizolar Tarixiy voqealar sababli yuzaga kelgan hududiy nizolar ko'plab chegaradosh hududlarda yillar davomida o‘z yechimini topmagan. Masalan, yangi yerlar ilk bora topilgan paytlarda yoki kolonizatsiya davrlarini aytib o'tish mumkin. Hozirgi paytda ham yer osti boyliklari mavjud bo'lgan hududlar uchun ko'plab nizolar yuzaga kelmoqda va ko'p yillar davom etmoqda. Misol tariqasida, Janubiy Xitoy dengizidagi hech bir davlatga tegishli bo'lmagan kimsasiz Spratli orollarini keltirish mumkin. 1971-yilgi orollar Tayvan tomonidan okkupatsiya qilingan. Spratli orollariga Bruney, Malayziya, Filippin, Tayvan, Vetnam ega chiqish uchun hanuzgacha harakatda. Xalqaro huquqda hududiy nizolarni subyektlari faqat davlatlar bo'lishi mumkin. Chunki faqatgina davlatlar hududiy ustuvorlikga ega bo'iishlari mumkin. Shunda nizoni obyekti hudud, predmeti esa mazkur obyektga tegishli xalqaro huquqiy nomialar hisoblanadi. Ko'pincha chegaralarga tegishli nizolar demarkatsiya (chegaralami joyida belgilash) vaqtida kelib chiqadi. Masalan, 1843-yilgi chegaralar bo'yicha xalqaro nizodan keyin delimitatsiya va demarkatsiya amalga oshirilgan. Chegaralar to'g’risidagi konvensiyaga xilof ravishda xatolarga yo'l qo'yib belgilanganligi bo'yicha Niderlandiya Belgiyaga qarshi da’vo qo'zg'agandi. Belgiya va Niderlandiya o'rtasidagi nizoni BMT Xalqaro sudi 1959-yilda ko'rib chiqib. Belgiya foydasiga qaror chiqargan. BMTning Xalqaro sudi hududiy nizolar bo'yicha o'z qarorlarini qabul qilishda egalik qilish muddatiga ham e’tibor beradi (50 dan 200 va undan ham ko'proq yilgacha). Ba’zi hollarda sud intertemporal huquqining doktrinasini qo'llashi mumkin, ya’ni qaysi payt hududiy nizo yuzaga kelgan bo‘lsa, nizo o‘sha davrning xalqaro huquqiy normalarini hisobga olib bartaraf etilishi kerak. chunki o'tmishdagi yuridik faktlami hozirgi zamon xalqaro huquqiy normalar bilan baholash noto'g'ri deb hisoblanadi. Xalqaro sud va arbitrajlarni amaliyotida nizoli hududda o‘z suverenligi, ustuvorligini amalga oshirganligi haqida da’vogar davlat tomonidan isbot dalil bo'lishi kerak. Masalan, boshqarilganligi haqidagi biron-bir normativ akt. 1953-yilda Fransiya va Buyuk Britaniya o'rtasidagi Menke va Eerkos ikki guruh kichik orollar bo'yicha nizoda Buyuk Britaniya foydasiga qaror chiqarilgan. Ushbu qarorga ‘"Britaniya hukumati XIX va XX asrlar davomida ikkala orol guruhlariga nisbatan davlat funksiyalarini amalga oshirib kelganligi ...” asos bo'lib xizmat qilgan. Shunday qilib, hududiy va chegaraviy nizolar, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish va xalqaro huquqni boshqa norma va prinsiplariga tayangan holda o‘z yechimini topishi kerak. Davlat chegaralari Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling