Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet40/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro rejimli bududlar deganda, davlat chegaiasidan tashqai idagi quruqliklar va suvlar, ya’ni hech bir davlatning suvereniteti ostida bo'lmagan quruqliklar, ochiq dengiz va ular ustidagi havo bo‘shlig‘i, kontinental shelfdan tashqarida joylashgan dengiz osti hududlari tushuniladi. ______
Xalqaro rejimli hududlarga davlat chegarasidan tashqaridagi quruqliklar va suvlar kiradi, ya’ni hech bir davlatning suvereniteti ostida bo'lmagan quruqliklar. ochiq dengiz, va ulaming ustidagi havo bo‘shlig‘i, kontinental shelfdan tashqarida joylashgan dengiz osti hududi kiradi. Undan tashqari, xalqaro shartnomalarga binoan xalqaro rejim alohida maxsus hududlarga nisbatan qo’llanishi mumkin, masalan, neytrailashtirilgan, demilitaritsiyaiashtirilgan hududlar. Maxsus xalqaro rejimli hudud deb 1959-yilgi Shartnomaga binoan Antarktika hududi e’lon qilindi.
Xalqaro rejimli hududga Oy va boshqa kosmosdagi jismlami, kosmik fazoni misol kelttrsa bo'ladi. Mazkur hududlar barcha davlatlar uchun insoniyatning taraqqiyoti uchun xalqaro huquqiy normalar doirasida ilmiy izlanishlar olib borishlari uchun ochiq hisoblanadi.
Aralash rejimli hudud milliy va xalqaro rejimga ega bo'lgan hududlar hisoblanadi.
Aralash rejimli hududga dunyo okeanining quyidagi kengliklari kiradi: dengiz iqtisodiy zonalari, kontinental shelf hamda hududiy dengizga tutash zonalar. Ushbu hududlarning o'ziga xosligi shundan iboratki, ular tutash davlatlaming suvereniteti ostiga va davlat hududi tarkibiga kirmaydi. Lekin xalqaro huquqqa muvofiq. qirg‘oqbo‘yi davlatlar ushbu hududlami tabiiy zaxiralarini qazib olish va foydalanish, ishlab chiqish va saqlashga nisbatan suveren huquq, shuningdek ushbu hududlarning atrof-muhitini himoya qilish huquqiga ega. Mazkur normalar Kontinental shelf to‘g‘risidagi 1958-yilgi Jeneva konvensiyasi va 1982-yilgi Dengiz huquqi bo'yicha Konvensiyada belgilangan.
Dunyo okeanining imtiyozli, iqtisodiy zonasi davlat sohilidan boshlab 200 dengiz milyasigacha davom etadi, Ko'pincha, ushbu zonalar ochiq baliqchilik zonasi sifatida foydalaniladi. Faqatgina qirg‘oqbo‘yi davlat imtiyozli iqtisodiy zonalarda baliq ovlash yoki boshqa tabiiy resurslaridan foydalanish huquqiga ega. Boshqa davlatlar esa mazkur qirg‘oqbo‘yi davlatlaming tegishli vakolatli organlaridan ruxsat olganidan so‘ng ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Lekin ular qirg’oqbo'yi davlatning ruxsatisiz ham harbiy, savdo. turistik kemalari bilan o‘tish huquqiga egadir. Ushbu holda qirg'oqbo'yi davlatlar to'sqinlik ko‘rsata о I may di.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling