Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet41/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Kontinental shelf - bu dengizbo'yi quruqlik qirg'og'ini suv ostidagi tabiiy I davomidir.
Uning kengligi 200-350 dengiz milyasiga teng bo’lishi mumkin. Agar kontinental shelfda dengiz milyasining kengligi 200 dengiz milyasidan keyin boshqa tutash davlatning yurisdikdiksiyasi boshlanmasa, unda shelf 350 dengiz milyasigacha cho'zilishi mumkin. Ushbu holat, ko'pincha, kontinentel shelf zonalarida neft va boshqa tabiiy qazilmalar topilganda kuzatiladi.
Undan tashqari, aralash rejimli hudularga xalqaro dengizlar, bo‘g‘ozlar, xalqaro kanallar, orollar kirishi mumkin. Masalan, bit qator orollaming maqomi xalqaro shartnomalar bilan belgitanadi (Shpitsbergen arxipelagi, Aland orollari, Dodekaness orollari).
Davlat hududi
Davlat hududining tarkibiga quruqlik va uning yer osti boyliklari, ichki va tashqi suv havzalari, ma’lum balandlikkacha havo kengligi kiradi. Davlat chegarasigacha bo4gan havo kengligi ham davlat hududiga tegishli hisoblanadi va uning balandligi odatiy normalarga binoan taxminan Jahon dengizining sathidan 100-110 km balandlikkacha boradi. Davlatning hududi doirasidagi yer osti boyliklari mazkur davlatga tegishli hisoblanadi. Hozirgi zamon xalqaro huquqi davlatning yer osti hududini chuqurligini aniq belgilamagan, ammo ba’zi davlatlaming milliy huquqida aniqlangan bo'lishi mumkin. Davlat hududining quruqlik kengligi faqat quruq yer kengligidan iborat bo'lishi mumkin yoki suv havzalari bilan chegaralangan bo'lishi mumkin, ba’zi hollarda esa boshqa biron davlat hududi bilan ajratilgan bo'lishi ham mumkin (anklav). Anklav hududi tegishli davlat “anklav” iborasini o'rniga “eksklav” iborasi ishlatiladi. “Anklav” iborasini esa boshqa davlatlar qo'llashadi.
Anklav — boshqa bir davlatning hududi ichida har tomonidan o'ralgan va dengizga chiqish iinkoni bo'lmagan ikkinchi davlatning hududi. Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lgan anklavlar -yarim anklav deb ataladi.
Anklav misolida Italiyada joylashgan Vatikanni keltirish mumkin.
Masalan, yarim anklav sifatida Malaziya va Janubiy Xitoy dengizi bilan o'ralgan Bruneyni, Ispaniya va Atiantika okean bilan o'ralgan Portugaliyani keltirish mumkin.
Shunday qilib, jo'g'rofik joylashishidan va geologik tuzilishidan qat’i nazar, barcha davlat hududida joylashgan quruqlik va uning yer osti boyliklari, ichki va tashqi suv havzalari xalqaro huquq nonnalariga binoan yagona davlat hududini tashkil etadi va ushbu hudud davlat suvereniteti ostida hisoblanadi.
1982-yilgi BMTning Dengiz huquqi bo'yicha Konvensiyasiga binoan sohildan 24 dengiz milyasigacha bo'lgan barcha suvlar davlat suvereniteti ostida hisoblanadi (hududiy dengiz).
Xalqaro huquqdagi davlatlaming suveren tengligi prinsip.i asosida har bir davlat o‘z hududi doirasida hududiy ustuvorlikka ega.Ya’ni mazkur hududdagi barcha jismoniy (fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqarolikka ega bo'lmagan shaxslar) va yuridik shaxslarga nisbatan davlat oliy hokimiyat hisoblanadi. Hududiy ustuvorlik mazkur hududda davlatning mutlaq hokimiyatidan boshqa hokimiyat bo'lishi mumkin; emasligini bildiradi. Agar har ikki xalqaro shartnomada o'zgacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa, davlatning qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyati mazkur davlat hududida barcha jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan hududiy ustuvorlikni amalga oshiradi, ■ • ,
Ammo hududiy ustuvorlik degani barcha narsa mumkin degani emas. Masalan, 1970-yilgi Xalqaro huquq prinsiplari to'g'risidagi Deklaratsiyasiga ko'ra davlatlar o'z hududida boshqa uchinchi davlatga nisbatan ikkinchi davlat tomonidan agressiyaga doir xatti-harakatlarni amalga oshirishi taqiqlanadi. Ya’ni davlat hududiy ustuvorligini amalga oshirganida, o'zining milliy huquqi hamda xalqaro huquqiy norma va standartlariga rioya etgan, xalqaro majburiyatiarni bajargan holda amalga oshirishi shart. Shundan kelib chiqadiki, davlat tomonidan o‘z ichki huquqi va xalqaro majburiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar davlat yurisdiksiyasiga kiradi. Masaian, V.A.Nezabitovskiy hududning davlatga tegishli bir mulk etnas, balki davlat hukumatini ta’sir qilish doirasidir, deb fikrlagan. '
Xalqaro huquqda hududiy o'zgarishlar
Qulchilik va feodallik tuzumi davrlarida hududiy o'zgarishlarning eng asosiy sababi bu urush orqali hududlarni bosib olish va unga ega chiqish hisoblanardi, U davrda hudud monarxning yoki davlatning absolut mulki hisoblanardi. Burjua inqiloblaridan so'ng xalqaro huquqda davlat hududi deb, davlat o‘z suverenligini, ustuvorligi va yurisdiksiyasini amalga oshirish mumkin bo'lgan hudud deb atalishni boshladi.
Turli huquqiy adabiyotlarda hududiy o'zgarishlarning bar xil ko'rinishlari aks ettirilgan. Masaian, ba’zilarida hududiy o'zgarishlar birlamchi va ikkilamchi turlarga bo'lingan. Birlamchiga okkupatsiya (egallash), qo'shimcha qo'shib olish, sessiya (o‘z xohishi bilan voz kechish). bosib olish, tarixiy qo'shib olishlar kiradi. Qolganlari esa ikkilamchiga kirib ketadi, masaian, Rim Papasi tomonidan in’om etilishi, hududdan o'z xohishi bilan voz kechish, Xalqaro sud qaroriga binoan hududga ega bo'lish.
Boshqa manbalarda esa hududiy o'zgarishlar tjoriuniy va noqonuniy hududiy o'zgarishlarga bo'linadi. O'rta asrlarda okkupatsiya deb biron-bir davlat tomonidan yangi ochilgan yerlarni o'zlashtirish hisoblangan. Ammo okkupatsiya iborasi boshqa lug'aviy ma’nolarga ham egadir:

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling