Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet39/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Kazus 1. A davlatda istiqomat qilib keladigan oila juftligi mazkur davlatning hududida (bog'ida) tashlandiq, hech qanday hujjatsiz bir chaqaloqni topib olishadi. Chaqaloqning tashlandiqligi ma’lum bo'lgach, juftlik chaqaloqni farzandlikka olishga qaror qilishadi. Ammo juftlikda erkak A davlatning fuqarosi, ayol esa В davlatning fuqarosi bo'ladi. A davlat qonunchiligida fuqarolikka qon huquqi asosida ega bo'lish mumkin edi. В davlatda esa tuproq huquqi asosida.
Savol: Xalqaro normalarga va A va В davlatlarning milliy qonunchiligiga asosan asrab olingan farzandga qaysi davlat fuqaroligi beriladi?
Kazus 2. To'rt nafar farzandga ega bo'lgan qochoqlar oilasi A davlatdan noqonuniy ravishda chegarani kechib o'tib, В davlatning hududiga kirib keladi. Sabab: A davlatda uiarning ma’lum bir millatga mansubliligiga ko'ra qurollangan jangarilar tomonidan shafqatsiz xunrezliklar amalga oshirilgan edi. Qochoqlar oilasi В davlatning hududida qisqa muddat ichida o'ziga uy topib yashashni boshlashdi, ammo tegishli organlarga mazkur davlat hududiga kirib kelishganligi haqida ma’lum qilishmagan edi.
Savol: Mazkur oilaga nisbatan В davlatning mas’ul organlari qanday choralar ko'radi? Ulami o‘zlari ilgari istiqomat qilgan A davlatiga qaytarib yuborishning huquqiy asoslari qanday?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Международное право Учебник. И Под ред. В.И.Кузнецова и Б.Р.Тузмухамедова,- М.,2010.

  2. Бояре Ю. Вопросы гражданства в международном праве. - М., 1986.

  3. Бакаева Ф.Х. Международное право беженцев. Учебное пособие. - Т, 2004.

  4. Аксёнов А.Б. Современные тенденции в международно­правовом регулировании вопросов гражданства в связи с правопреемством государств. Монография. -М.: RAP, 2011.

  5. Яковлев А.А. Использование термина “гражданство” в международном и внутригосударственном праве: сраввнительный анализ И Международное публичное и частное право — М., 2002, - №3,-С.9-14. ~

  6. Аду Й.Н. Проблема государственного регулирования приобретения гражданства в меняющемся мире // Актуальные проблемы права: материалы международной научной конференции. М., 2011.-С.126-128.

  7. Гудвин-Гилл Г. Статус беженца в международном праве/ Г.Гудвин-Гилл.-М., 1997.

  8. Лазарев Л.В. Иностранные граждане (правовое положение) М., 1992.

  9. The right to Citizenship under International law/ Julia Harrington.africanargument org/2009.

VI BOB. XALQARO HUQUQDA HUDUD
Xalqaro huquqda hudud tushunchasi. Davlat hududi. Xalqaro huquqda hududiy o‘zgarishlar. Hududiy nizolar. Davlat chegaralari. Xalqaro daryolar. Xalqaro kanallar. Antarktikaning xalqaro huquqiy rejimi
Xalqaro huquqda hudud tushunchasi
Xalqaro huquqda "hudud” deb yerdagi boshqa maydonlardan ma'lum yuza (chegara) bilan cheearalangan, yuridik maqom va shunga mos ravishda huquqiy tanibga ega bo'lgan yerdagi, shuningdek yerdan tashqaridagi kosmik maydon lushuniladi.
Ma’lumki, xalqaro huquq davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi. Davlatning asosiy belgilaridan biri suverenitetligi bo‘lgani uchun har bir davlat hududiy suverenitetga, hududiy ustuvorlikga va xalqaro munosabatlarda o‘z mustaqilligiga egadir. Hududiy ustuvorlik faqatgina davlatga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi, chunki hech qachon yuridik yoki jismoniy shaxs hududiy ustuvorlikga ega bo‘la olmaydi. Shu sababdan xalqaro huquqda hudud masalalariga katta e’tibor beriladi, chunki aynan hudud va hududiy ustuvorlik ko'plab nizolarning sababi bo‘ladi.
Shunday qilib, umumiy olganda, hudud deganda butun Yer shari, ya’ni quruqlik va suv havzalari, yer osti boyliklari bilan birga, quruqlik va suv ustidagi havo maydoni, kosmik hudud, undagi Oy va boshqa kosmik jismlar tushuniladi. Aytib o‘tilgan hududiy doira va xalqaro huquqiy rejimiga ko‘ra hududlar uch turga ajratiladi:
1) davlat hududi;
2) xalqaro rejimli hudud;
3 aralash rejimli hudud.

Bir tomondan ushbu hududning davlatga tegishliligi, ikkinchidan, mazkur hududda ushbu davlatning ustuvorligi davlat hududining asosiy belgilari hisoblanadi. Davlat hududining asosiy belgilaridan bittasi- bu mazkur hudud davlatning tasarrufida, ya’ni davlatning suverenitet ostida bo'lishidir. Davlat o*z hududiga nisbatan hududiy ustuvorlikka ega bo'ladi. Ya’ni tegishlilik va hududiy ustuvorlik davlat hududiga xos belgilar hisoblanadi. Наг bir davlat o‘z hududida xalqaro huquq norma va tamoyillariga rioya etgan holda o‘z yurisdiksiyasini, mutlaq hokimiyatini amalga oshiradi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida “0‘zbekiston — suveren demokratik respublika”ligi hamda 3-moddasida davlat hududi va chegarasi daxlsizligi va bo’linmasligi ta’kidlab o'tilgan.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling