Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- fuqarolikni in’om etish.
- - optatsiya
- reintegratsiya
Qon bnquqi prinsipi qo'llanilganda, fuqarolik tug'ilgan bolaning ota-onasi fuqaroligiga qarab beriladi. Bu holatda tug'ilgan joyi e'tiborga olinmaydi. Masalan, ushbu prinsip ko'pchilik arab davlatlaming qonunchiligida qo'llaniladi.
Tuproq huquqi prinsipi qo'llanilganda esa bolaning ota-onasi fuqaroligi qayerda bo'lishidan qa’ti nazar, fuqarolik tug'ilgan yerida beriladi, ya’ni farzand qonunchiligida tuproq huquqi prinsipi qo'llanadigan davlatda tugilsa, unga mazkur davlatning fuqaroligi beriladi. Ushbu prinsip 1969-yilgi Inson huquqlari Amerika konvensiyasida mustahkamlangan. Ko'pchilik davlatlar o‘z qonunchiiiklarida ikkt prinsipni ham qo'llaydi. Misol uchun, nafaqat o‘z fuqarolarini farzandlari uchun. balki ma’lum holatlarda chet clliklaming farzandlariga ham fuqarolik taqdim etish mumkin bo‘ladi. “O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g'risida”gi Qonunning 13-moddasida ta’kidlanganidek, tug'ilgan paytida ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan bola O'zbekiston Respublikasi hududida yoxud O'zbekiston Respubiikasidan tashqarida tug'ilgan bo'lishidan qat’i nazar, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi, ya’ni ushbu moddada qon huquqi prinsipi qo'llanadi. Mazkur Qonunning 14-moddasida esa tuproq huquqi prinsipi quyidagicha ifodalangan: ota-onasining fuqaroligi har xil bo'lib, ulardan biri bola tug'ilgan paytda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan quyidagi hollarda bola O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi: agar u O'zbekiston Respublikasi hududida tug'ilgan bo’lsa: agar u O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tug'ilgan bo‘lsa-yu, ota-onasi yoki ularning biri shu vaqtda O'zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo'lsa. Fuqarolikka naturalizatsiya tarzida ega bo'lishdan filiatsiyaning tarqi shundan iboratki, ushbu tarzda fuqarolik taqdim etilmoqchi bo'lgan jismoniy shaxsning roziligi mavjud bo'lishi kerak hamda fuqarolik taqdim qilmoqchi bo'lgan davlatning qonunchiligiga to'g'ri keladigan shart- sharoitlar bo'lishi joiz, masalan, voyaga yetish. Naturalizatsiya tarzida fuqarolikka ega bo'lish mumkin bo'lgan jismoniy shaxslar mazkur davlatning tugilishi bilan fuqarosi bo'lmagan shaxslar, ya’ni chet elliklar yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lishi mumkin. Masalan, oila qurganda turmush qurganlar Lkki davlatning fuqarolari bo'lgan hollari bunga misol bo'lishi mumkin. Ushbu holat uchun 1933-yilgi Ayollarning fuqaroligi to'g'risidagi Konvensiya (Urugvay) hamda 1957-yilgi Turmushga chiqqan ayolning fuqaroligi to‘g‘risidagi Konvensiya (Nyu- York) qabul qilingan. Ushbu Konvensiyalarga ko‘ra ayollar boshqa davlat fuqarolariga turmushga chiqqan hollarda naturalizatsiya ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari. naturalizatsiya yo‘li bilan umuman fuqaroligi bo’lmagan shaxs ham fuqarolikka ega bo'lishi mumkin. Undan tashqari, bir davlatning fuqaroligidan voz kechib boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo'lishi mumkin hamda qonunchilikda ikki fuqarolik nazarda tutilgan hoilarida eski fuqaroligini saqlab qolgan holda ham boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘!a oladi. Agar ota-onalar naturalizatsiya tarzida biron davlatning fuqaroligiga ega bo'lsalar, ularning farzandi uchun ham avtomatik ravishda fuqarolik beriladi, ya’ni avtomatik naturalizatsiya amalga oshiriladi. Bolalarni farzandlikga olishda ham qoidalar mavjud. Masalan, bir davlatning fuqarosi bo’lgan bolani boshqa davlat fuqarolari farzandlikka olmoqchi bo'lsa, farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining fuqaroligiga ega bo'ladi. Shunday hollarda farzandlikga olinayotgan bolani ham, farzandlikga olayotgan ota-onaning ham fuqaroligi bo‘lgan davlatlarining qonunchiligiga rioya qilinadi. Agar ikki davlatning qonunchiligiga asosan kolliziya yuzaga kelsa, farzandlikka olinayotgan bola yashayotgan davlatning qonunchiligiga amal qilinadi. Maxsus tarzda ftiqareiikka ega bo'lish yo’llaridan biri-bu fuqarolikni in’om etish. Ya’ni jismoniy shaxsning davlat uchun ko'rsatgan jasoratlari ynki xizmatlari uchun fuqarolikni in’om eliiisiii mumkin. Ma’ium bir davlatning bir qismi ikkinchi davlatning tasarrufiga o'tib, boshqa davlatning huquq tarkibiga kirganda ixtiyoriy fuqarolikni tanlash yo‘li - optatsiya deyiladi. Ma’lum bir hududiy, siyosiy o’zgarish sababli ba’zi hollarda (hududni bir I qismi boshqa davlat tasarrufiga o’tganida) avtomatik fuqarolikning o’zgarib ketishi - transfer! amalga oshiriladi. Lekin hozirgi paytda xalqaro huquqda trasfert usuli I qo’llanilmaydi. ■ ■ . Maxsus tarzda fuqarolikka ega bo’lishnipg yana bir usuli — bu birlamchi fuqarolikni yangidan qayta tikiash, ya’ni reintegratsiya hisoblanadi. Reintegratsiya masalalari har bir davlatning ichki qonunchiligiga ko’ra amalga oshiriladi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling