Xalqaro huquq


V BOB. XALQARO HUQUQDA AHOLI


Download 3.36 Mb.
bet33/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

V BOB. XALQARO HUQUQDA AHOLI
Xalqaro huquqda aholi tushunchasi. Fuqarolik va fuqarolikka ega boTish. Fuqarolikni yo‘qotish va fuqarosizlik. Chet el fuqarolari. Mehnatkash-migrantlaming maqomi- Qochoqlar maqomi. Boshpana huquqi
Xalqaro huquqda aholi tushunchasi
Hozirgi kunga kelib, Yer yuzida aholi soni kundan kunga o'sib borishi kuzatilmoqda.
Aholi deganda, ma’lum bir davlat hududida yashab kelayotgan va ushbu davlatuing yurisdiksiyasi ostidagi barcha jismoniy shaxslar nazarda tutiladi.
Ma’lum hududda yashab kelayotgan jismoniy shaxslar mazkur davlatda ega bo‘lgan o‘z huquqiy maqomiga ko'ra turli kategoriyalarga tasniflanadi:

  1. Fuqarolar: .

  2. Chet el fuqarolari, ya’ni boshqa davlat fuqarolari bo'lgan jismoniy shaxslar;

  3. Apatridlar, ya’ni fuqarolikka ega bo'lmagan shaxslar;

  4. Bipatridlar, ya’ni ikki fuqarolikka ega bo'lgan shaxslar.

Lekin Latviyada, yana bir maxsus maqoinga ega aholi kategoriyasi mavjud, ya’ni “fuqaro emaslar”. Ushbu qo'shimcha maqom dunyo bo'yicha faqat Latviyada bor va “fuqaro emaslar’’ turkumiga 400 mingga yaqin rus millatiga mansub jismoniy shaxslar kiradi. Ular asosiy siyosiy va fuqarolik huquqlariga ega emaslar. Ushbu holat xalqaro huquq normalariga zid, albatta.
Barcha davlatlarda aholining huquqiy maqomi bir xil emas. Ma’lumki, aholining huquqiy maqomi uning huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi va har bir davlatning ichki qonunchiligiga, siyosiy-iqtisodiy rivojlanganligiga ko'ra shakllanadi. Har bir davlatda o'matilgan siyosiy tartibga ko‘ra, undan tashqari, davlatda diniy qarashlarning o’rniga, ma’naviy milliy urf-odatlarga ko‘ra belgilanadi. Va, albatta, har bir davlatning o‘z milliy qonunchiligida fuqarolar, apatridlar, bipatridlar, chet el fuqarolaming huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy aktlar mavjud. Shubhasiz, faqat davlat fuqarolari davlat oldida eng keng doirada huquq va majburiyatlarga egadir.
Ma’lumki, SBSEning 1989-yilgi Vena Yakunlovchi hujjati va 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktga binoan, har bir davlatning milliy, ya’ni ichki qonunchiligi xalqaro huquqning normalariga moslashtirilishi lozim Masaian, O'zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi xalqaro huquq normalariga mos ravishda yaratilgan, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida aks ettirilgan normalarga muvofiqlashtirilgan.
Shunday qilib, ma’lnm bir davlat hududida yashab kelayotgan barcha jismoniy shaxslar mazkur davlat yurisdiksiya ostida, fuqarolar esa maxsus yurisdiksiya ostida hisoblanadi.
Faqat diplomatik va konsullik vakolatxona xodimlari, maxsus missiyalar xizmatchilari va ulaming oila a’zolari mazkur davlat yurisdiksiyasi ostida bo'lmaydilar.
Fuqarolik va fuqarolikka ega bo'lish

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling