Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet29/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Doimiy neytralitet - davlatning sodir bohayotgan yoki sodir etilishi mumkin bo'lgan har qanday urushlarda ishtirok etmaslik va davlatning shunday urushlarga jalb etilishiga undovchi har qanday harakatlardan o'zini tiyish yuzasidan majburiyatni I olgan xalqaro-huquqiy maqomi hisoblanadi.
Ko'pincha doimiy neytralitet maqomi xalqaro shartnoma sifatida ham davlatning milliy huquqiy hujjati sifatida ham mustahkamlangan. Har bir davlat xalqaro huquq normalari va prinsiplarini hisobga olgan holda o'zining tashqi siyosatini mustaqil belgilashga oid suveren huquqqa egadir. Mazkur huquqning ko'rinishi bo'lib davlatning o‘z doimiy neytralitetini o'matish vositalarini tanlash hisoblanadi. Bu shundan dalolat beradiki, mazkur maqom faqatgina davlat tomonidan va uning tegishli ichki tne’yoriy hujjatlari qabui qilish asosida belgilanadi. Faqatgina bunday hollarda mazkur maqom boshqa davlatlar tomonidan e’tirofga sazovor bo'lishi muhimdir.
Doitniy neytralitet maqomi davlatning xalqaro qurolli to'qnashuvlarda ishtirok etmaslik, boshqa davlatlar bilan nizo va boshqa kelishmovchiliklarni hal etishda qurolli kuchlami ishga solmaslik, o'zini himoya qilish vaziyati bundan mustasno harbiy bloklar va ittifoqlarda qatnashmaslik, harbiy masalalar bo'yicha xalqaro shartnomalami tuzmaslikni talab qiladi. Davlatlar o‘z hududlarini chet davlatlar harbiy bazalari yoki qurolli kuchlarni joylashtirish, jumladan ushbu kuchlarni olib o‘tish (tranzit)ga ruxsat bemiaslik majburiyatini ham oladilar. Doimiy neytralitet maqomiga ega bo‘lgan barcha davlatlar, hozirda BMT a’zolari hisoblanadi. Bunday davlatlar BMT Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni tikiash uchun BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan o'tkaziladigan tinchlik o‘rnatishga qaratilgan harbiy harakatlarda ishtirok etishlari lozim. Bunday tinchlik o'matishga qaratilgan harbiy harakatlar. jumladan, qurolli kuchlarni ishga solish orqali oTkaziladi. Shu munosabat bilan doimiy neytralitet maqomining bunday harbiy harakatlarda ishtirokining bir-biriga to‘g‘ri kelishi yuzasidan savol tug'iladi. Shuni qayd etish lozimki, BMT Xavfsizlik kengashi qurolli kuchlarni ishga solib tinchlik o‘rnatishga qaratilgan harbiy harakatlami amalga oshirishda doimiy neytralitet maqomini BMT Nizomining 48-moddasiga muvofiq bunday davlatlar faqatgina mojarolardan keyin tinchlikni barpo etishda ishtirok etishlarini o'rnatishi mumkin. Doimiy neytralitet maqomi davlatlarning xalqaro huquq subyekti sifatidagi o'rnini kamsitmaydi. Doimiy neytralitet maqomiga ega davlatlar tomonidan zimmalariga olingan cheklovlar ular tomonidan ixtiyoriy ravishda bir tomonlama qabul qilingan.
Faqatgina xalqaro huquqning teng huquqli subyekti - davlat doimiy neytralitet maqomiga ega bo'lishi mumkin. Mazkur maqomdan kelib chiqadigan majburiyatlar uning suverenitetligini cheklashga xizmat qilmaydi.
Shveysariya, Avstriya va Malta davlatlari o‘z ichki qonunchiligiga asosan boshqa mamlakatlar tomonidan tan olingan doimiy neytral davlat hisoblanishadi. Turkmanistonning doimiy neyrraliteti “Turkmaniston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to’g<risida”gi Qonuni hamda 1995-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Turkmanistonning doimiy neytralitet!igi to1g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni bilan e’lon qilindi. BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan 1995-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Turkmanistonning doimiy neytrahtetligi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni tan olindi va qoTlab-quwatlandi. Turkmaniston Konstitutsiyasining 1-moddasida koTsatilgan hujjatlaming mazmuni xulosalangan va “jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan Turkmanistonning neytraliteti uning ichki va tashqi siyosatining asosi hisoblanadi” kabi qoida mustahkamlangan.
Millat va xalqlaming xalqaro huquq subyektliligi
Awal ta’kidlanganidek, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan subyektlari davlatlar va davlatlararo tashkilotlar hisoblanadi. Mustaqil davlat tuzish uchun kurashayotgan millatlar va xalqlarning xalqaro huquq subyektliligi to'liq tan olingan emas.
Millatlar deb tarixan yuzaga kelgan quyidagi alomatlar bilan belgilanadigan odamlaming birligi tushuniladi: hududlarning birligi; iqtisodiy hayotning birligi: madaniyat umumiyligida namoyon bo'lgan ruliiy uyg unligi.
Bunday huquq subyektlilik konsepsiyasi rivojlanayotgan va sotsialistik mamlakatlar tomonidan ilgari surilgan. BMT hujjatlarida bunday holatlarda “milliy-ozodlik harakati” iboralari qollaniladi. Bunday ibora bir muncha to‘g‘ri ekanligi ta’kidlandi Kurashayotgan millatlarning alohida maqomi to‘g‘risidagi masala ushbu kurashning milliy ozodlik harakati darajasiga yetganida vujudga keladi. Bunday sharoitda malum bir hududni nazorat qiluvchi hokimiyat organlari mavjud boladi. Aslida gap davlatning uning tashkil topish jarayoni haqida ketmoqda.
Xalqlaming teng huquqligi va o‘z-taqdirini o‘zi belgilash prinsipi BMT Nizomida mustahkamlangan (1-modda 2-band). Ushbu prinsip asosida tashkilotning o‘zi millatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlami rivojlantirish maqsadini ko‘zlaydi. Mazkur prinsipni implementatsiya qilishda BMT o‘z rahnamoligida individual kelishuvlar asosida kiritilgan shunday hududlami boshqarish va kuzatish uchun xalqaro vasiylik tizimini yaratdi. BMT Nizomining 76-moddasiga muvofiq ushbu tizimning asosiy maqsadlaridan biri bolib ushbu vasiylik ostidagi aholinirig siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, ta’lim sohasidagi rivojlanishiga, ulaming o‘z-o‘zini boshqarish yoki mustaqillikka qaratilgan rivojlanishlariga yordam berish hisoblanadi.
Huquq subyektlilik bunda vaqtinchalik va cheklanganlik ifodasida namoyon boladi. Uning vazifasi malum hududlarni nazorat qiluvchi hukumat bilan huquqiy munosabatning mumkin ekanligini belgilashdir. Boshqa bir vazifasi esa mazkur harakatni xalqaro huquqning. avvalo, xalqaro gumanitar huquq qaramog'i ostiga qo'yishdan iborat.
1977-yilda qabul qilingan 1949-yildagi Urush qurbonlarini himoya qilish to’g'risidagi Jeneva Konvensiyasiga qo‘shimcha I protokol hamda xalqaro (davlatlararo) qurolli mojarolar qurbonlariga taalluqli masalalar mazkur tushunchalar bilan “xalq tomonidan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirishda mustamlakachilikka va chet el bosqiniga va rasist rejimiga qarshi kurashlari” kabi mojarolarni ham qamrab olinishini ta’kidiadi (1-modda). Bu shuni anglatadiki, ushbu mojarolarga xalqaro gumanitar huquqi davlatlar o'rtasidagi mojarolarga ham bir hil qo’llaniladi.
Xalqaro huquqning subyekti faqat o‘z milliy ozodligi va mustaqil davlat qurish uchun kurashayotgan millat va xalqlar hisoblanadi. Bunday milat va xalqlarning xalqaro huquqning subyektlari qatoriga qo'shish qoidaga muvofiq ular tomonidan qandaydir bir kurashni muvofiqlashtiruvchi organ (masalan, bunday ogran Palastinni ozod qilish tashkiloti hisoblanadi), keyinchalik ushbu organ mustaqil davlat tashkil qilinishigacha ular nomidan ish olib boruvchi tashkil qilingandagina vujudga keladi.
Mazkur harakatlarning cheklangan huquq subyektliligi paydo bo'lishi bilan umumiy xalqaro tashkilotlarda ular teng huquqli a’zo emas, balki kuzatuvchilik maqomiga ega bo’ladilar. Ushbu holat ayrim hollarda ularga mintaqaviy tashkilotiarning teng huquqli a’zosi bo‘lishlari uchun to*sqinlik qilmaydi. Masalan, Falastinni ozod qilish tashkiloti bunday mintaqaviy tashkilotlar, jumladan Arab davlatlari ligasi, Afrika birligi tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Bunday a’zolik BMT da va boshqa universal tashkilotlarda kuzatuvchi maqomini olish uchun ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro tajribadan shuni kuzatish mumkinki, umumiy xalqaro huquq metropoliya davlatlardan mustamlaka qaramligidagi millat yoki xalqlarning xalqaro huquq subyektliligini olish imkoniyatini ham tan oladi. Agar shunday xafq yoki millat o‘z ozodligi uchun kurashni boshlasa hamda hudud va xalqlarning anchagina qismi ustidan boshqaruv va nazoratni amalga oshirsa, bunday kurash mobaynida xalqaro huquq normalariga rioya qilsa, xalqaro miqyosda xalq nomidan qatnashuvchi ozodlik organini tuzsa, u holda uning xalqaro huquq subyektliligi tan olinadi. Mohiyatan, mazkur shartlarga rioya etilishida o‘z ozodligi uchun kurashayotgan xalqlar ma lum bir davlatchiiik belgilariga ega bo‘ladilar. Hamda ushbu xalqlar yangi davlat barpo etish bosqichida xalqaro huquq subyektliligiga ham ega bo'ladilar.
Davlatga monand tuzilmalarning xalqaro huquq subyektliligi
masalaiari

Davlatga monand tuzilmalarga Vatikan (Muqaddas Taxt) taalluqlidir. 1870-yilgacha Papa hukmronligi davlati mustaqil tuzilma sifatida va
tashkilotlaming qoidalari, ya’ni qaror, rezolyutsiya va ainaliyotga murojaat qilish lozimdir. Ushbu qoidalar asosida davlatlar tomonidan xalqaro tashkilotlaming huquq subyektliligini tan olish faktini o'rnatish mumkin bo'ladi. Xalqaro tashkiiotlar ularning yuridik tabiatiga muvofiq davlatlar bilan solishtirilganda cheklangan huquq subyektlilikka ega. Hukumatlararo tashkilotlardan tashqari xalqaro huquqning subyekti bo'lib o‘zga xalqaro organlar hisoblanishi mumkin. Masalan, xalqaro jinoyat sudining Rim Nizomiga muvofiq (1998) mazkur sud xalqaro huquq subyektlilikka ega. Albatta, Xalqaro jinoyat sudining huquq subyekti iligi shunday hukumatlararo tashkilotlarga qaraganda cheklangan bo‘ladi. Xalqaro jinoyat sudi o‘z vakolati doirasida maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan huquq subyektlilikka ega.
Davlatlar bilan xalqaro tashkiiotlar va xalqaro tashkiiotlar o'rtisidagi shartnoma huquqi to'g'risidagi 1986-yilgi Vena konvensiyasining 6-moddasiga muvofiq har qanday hukumatlararo tashkilot xalqaro shartnomalami tuzish bo'yicha huquqiy layoqatga ega.
Hukumatlararo tashkiiotlar xalqaro huquqning subyekti bo'lib hisoblanishining sababi ularning ta’sis hujjatlari tashkiiotlar o‘rtasidagi va ularning a’zo davlatlari o‘rtasidagi, aniqrog'i, o‘z tavsifiga ko‘ra davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu ta’sis hujjatlar birinchi navbatda tashkilotga a’zolik, uning maqomi, xalqaro shartnomalami tuzish vakolatiga taalluqli masalaiami aniq beigilaydi. Ular tashkilolning maqsad va vazifasi, uning organlari vakolatini, unga a’zo va a’zo bo'lmagan davlatlar va boshqa tashkiiotlar o'rtasidagi o'zaro aloqalar tartibini belgilovchi boshqa normalami ham mustahkamlaydi.
Davlatlararo tashkilotlaming xalqaro huquq subyektliligi umume’tirof etilgan. U ko'pgina xalqaro hujjatlarda o‘z aksini topgan va umumiy xalqaro huquqning institutlaridan biriga aylandi. Davlatlar bilan xalqaro tashkiiotlar va xalqaro tashkiiotlar o'rtisidagi shartnoma huquqi to'g'risidagi 1986-yilgi Vena konvensiyasining muqaddimasida shunday deyilgan: “Xalqaro tashkilot uning maqsadlariga erishish va vazifalarini amlaga oshirish uchun muhim bo'lgan shartnomalami tuzish bo'yicha huquqiy layoqatga ega. Xalqaro tashkilotlaming o'zaro yoki davlatlar bilan shartnomalami tuzish amaliyoti ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq tarzda bo'lishi lozim”. Tashkilotning huquq subyektliligi BMT Xalqaro sudining qarori bilan ham tasdiqlangandir. Bunda ushbu huquq subyektlilikning o'ziga xos qirralari qayd qilingan. Xalqaro huquqning mustaqil subyekti bo'lgan tashkilot umumiy xalqaro huquq normalaridan kelib chiqqan holda majburiyatlarga ham egadir. Demak, tashkilot uchun uning ishtirokisiz davlatlar tomonidan yaratilgan normalar ham majburiydir.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling