Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- IV BOB. XALQARO HUQUQ SUBYEKTLARI
- Xalqaro huquq subyektliligi tushunchasi va mazmuni
Nazorat savollari:
Xalqaro huquq prinsiplari bu nima? Xalqaro huquqning asosiy va umum tan olingan prinsiplari orasida farq mavjudmi? Xalqaro huquqning sohaviy prinsiplari deganda nimani tushunasiz? Qaysi xalqaro huquqiy hujjatlarda xalqaro huquq prinsiplari o‘z ifodasini topgan? Xalqaro huquqning har bir prinsipi to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring. 6.0‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida xalqaro huquq prinsiplarining ifddalanishinr ko‘rsating. 7. Xalqaro huquqning inson huquqlarini himoya qilish prinsipiga 0‘zbekiston Respublikasida qay tarzda rioya qilinmoqda? Tavsiya etiladigan adabiyotlar: Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатинииг қўшма мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи. —4 январь 2015 йил. - № 16 (6199). Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат килиш — энг олий саодатдир. — Т.: Ўзбекистон, 2015. — 243 б. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Shanxay Hamkcrlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo'yicha brifingda so‘zlagan nutqi. 30.06.2016. http://press- service.uz/uz/news/5291 /. 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: 0‘zbekiston, 2014. 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-330-sonli 0‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan 0‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi. Oliy Majlis palatalarining axborotnomasi. — 2012,— №9/1 (1437). BMTNizomi. 1945-yil. http://www.un.org/. Xalqaro huquq tamoyillari to‘g‘risidagi Deklaratsiya. 1970-yil. hitn://www .un.org/. YXHT Yakulovchi hujjati. 1975-yil. http://ww-w.osce.org/. Odilqoriyev X.T., Ochilov B.E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (Xalqaro ommaviy huquq). Darslik. — T., 2002. Lukashuk I.I., Saidov A.X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. Darslik. -T.: Adolat, 2006. Malcolm N. Shaw. International law. Sixth edition. Cambridge University Press. - New York, 2008. IV BOB. XALQARO HUQUQ SUBYEKTLARI Xalqaro huquq subyektliligi tushunchasi va mazmuni. Xalqaro huquqning birlamchi va ikkilamchi subyektlari. Davlat xalqaro huquqning subyekti sifatida. Oddly (unitar) va murakkab davlatlaming xalqaro huquq subyektliligining o‘ziga xos xususiyati. Doimiy betaraf (neytral) davlatlaming huquq subyektliligi. Millat va xalqlaming xalqaro huquq subyektliligi. Davlatga monand tuzilmalaming xalqaro huquq subyektliligi masalalari. Xalqaro tashkilotlaming huquq subyektliligi. Jismoniy (individ) vayuridik shaxslamjng xalqaro huquq subyektliligi to‘g‘risidagi masalalar. Xalqaro huquq subyektliligi tushunchasi va mazmuni Xalqaro huquq subyektliligi — bu u yoki bu tuzilmaning unga xalqaro huquq subyekti maqotnini beruvchi yuridik xossasidir. Xalqaro huquq subyektliligi mazmuni o‘zi ichiga huquq va majburiyatlarga ega bo'lish layoqati, xalqaro-huquqiy normalami buzgan taqdirda javobgar bo'lish kabi elementlami o‘z ichiga oladi. Xalqaro huquq subyektliligi xalqaro huquq subyekti bo‘lgan tuzilma ,o‘z huquqlarini uning huquqi buzilgan taqdirda da’vo qilish yo'li orqali o‘z huquqlarini himoya qilish layoqatiga egaligini taqozo qiladi. Boshqacha qilib aytganda, xalqaro huquq subyektliligi xalqaro huquq subyektlarini javobgarlikka tortish imkoniyatini ham nazarda tutadi. . .... shartnomalar tuzishga qonuniy huquqqa egalik sifatida tushunish lozim bo'iadi. Hamda bu huquqiy layoqat xalqaro huquqdan kelib chiqadi. Xalqaro huquq subyektliligi ichki huquqdagi huquq subyektliligidan farqli o‘laroq o‘z ichiga xalqaro huquq normaiarini yaratish jarayonida ishtirok etish huquqini ham kiritadi. Xalqaro-huquqiy nomialarni yaratuvchi alohida xalqaro organ mavjud emas ekan, faqatgina xalqaro huquq subyektlari ushbu normalami yaratilish jarayonida ishtirok etadilar. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling