Xalqaro huquq


' Ушаков H.А. Невмешательство но внутренние деля государств — М., 1971


Download 3.36 Mb.
bet21/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

' Ушаков H.А. Невмешательство но внутренние деля государств — М., 1971.


elementlaridan biri bilan - davlatlaming o‘z ichki vakolatini amalga oshirishda mustaqilligi kabi elementiga asoslanadi.
В MT Nizomida mazkur prinsip shunday ifodalangan: “Mazkur Nizom BMTga har qanday davlatning ichki ishlariga aralashishiga vakolat bermaydi. hamda tashkilotga a’zo davlatlardan ishlami Nizom asosida hal etishlik uchun bunday ishlarni talab qilmaydi; biroq mazkur prinsip VII bobda aks ettirilgan majburiy choralar ko‘rishga daxl qilmaydi” (2-modda, 7 band). Llshbu prinsip Amerika Davlatlari tashkiloti Nizomining 18-moddasida, MDH Nizomining 3-moddasida va boshqa ko‘pgina xalqaro hujjatiarda
1998-yil qabul qilingan Xalqaro jinoyat sudi Nizomining muqaddimasida shunday deyilgan: “Hech narsa Nizomda biror bir davlatga har bir davlatning ichki ishi sohasi hisoblangan qurolli mojaroga aralashish huquqini bermaydi”. Mohiyatan, agarda bitta davlatning geografik chegarasi doirasida sodir bo‘laygan, xavfsizlik va xalqaro barqarorlikka xavf solayotgan, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga zid tarzda bo‘lsa, ichki ishlariga taalluqli emas deb e’tirof etiladi. Ammo “ichki ishlaf’i deb davlatning to'liq mustaqil tarzdagi hal etish huquqini (xalqaro kelishuvlardagi ishtiroki yoki har bir masalada o'zining mustaqil o‘rniga (pozitsiya) ega bo‘lish) “tashqi ishlar” deb tushunish ham mumkin.
Xalqaro shartnomalarda qayd etilgan nazorat, inspeksiya va tekshiruv choralarini amalga oshirish ichki ishlarga aralashmaslik deb hisoblanadi. Bunda mazkur chora-tadbirlar a’zo davlatlar suverenitetini hurmat qilish orqali amalga oshirilishi lozim.
Ichki vakolatlarga taalluqli va taalluqli bo‘lmagan ishlar o‘rtasidagi chegara turg'un emas. 1923-yilgi Xalqaro odil sudlov Doimiy palatasining kansultativ xulosasida ta’kidlanganidek: “Davlatning favqulodda yurisdiksiyasida mavjud bo'lgan ishlar haqidagi masala o‘z mohiyatiga ko‘ra nisbiy masala bo*lib xalqaro munosabatlarning rivojlanishiga bog'liq bo'ladi”11. Davlat hayotini intematsionallashtirish sharoitida ichki vakolatga taalluqli ko‘p sonli barcha ishlar u yoki bu tarzda xalqaro- huquqiy tartibga solishning predmetiga aylanadi.
Hozirda inson asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari davlatning g'oyatda ichki ishlari sohasi sifatida qaralamayapti. YXHKning 1991-yilgi Inson mezoni to‘g‘risidagi Moskva kengashining hujjatida ushbu sohada davlatlaming qabul qilgan majburiyatlari “barcha ishtirokchi davlatlar uchun g'oyatda ichki ish sifatida emas, balki bevosita va qonuniy manfaat sifatidagi masala hisoblanadi”. Ammo boshqa bir davlatning inson huquqlari buzilishida “aralashish huquqi”ning, masalan, ichki qurolli mojaro vujudga kelganda aralashishni anglatmaydi.
Prinsipga muvofiq davlat mustaqil tarzda, chetdan hech bir aralashuvsiz yoki har qanday tazyiqlarsiz o‘z siyosiy. iqtisodiy tizimini o'matish; tabiiy resurslarini mustaqil tasarruf etish; buni mustaqil tarzda yoki shartnoma asosida ishlab chiqish; soliq va boshqa yig imlami joriy qilish; bojxona qoidalarini, xorij fuqarolarining o‘z davlat hududlariga kelish tartibini o'rnatish huquqiga ega.
Mazkur prinsip doirasida davlatning majburiyatlari boshqa bir davlatning ichki ishlariga aralashmaslikdan iborat, ya’ni boshqaruv shaklini o'rnatish, referendum va piebitsit (Juda muhim masalalami hal qiiishni umumxalq ovoziga qo‘yish)ni o'tkazish, qonunlar qabul qilish, qarzlarni tasarruf qilish v.b. Davlatlar alohida huquq va ustunlikka ega bo‘ lish maqsadida noqonuniy tarzda tazyiq o‘tkazish sifatida qaraladigan xatti-harakatlardan o'zlarini tiyishlari lozim. Bu esa moliyaviy bosirn, kreditlar ajratilganda ularga qandaydir imtiyozlar berishni va’da qilish, kreditor davlat mahsulotini sotib olish sharti bilan kreditlash, territoriyadan voz kechish v.b. Shuningdek ichki ishlarga aralashish deb davlatning roziligisiz uning hududida eshittirishlar (radio, televideniya) tashkil qilish ham hisoblanadi.
Prinsipni noqonuniy tarzda buzish maqsadida davlatga tazyiq qilish bo‘yicha har qanday xatti-harakat xalqaro tashkilotlar orqali individual yoki jamoaviy tarzda ushbu harakatga javoban choralar (repressial, kontrchora) ko'rish huquqini beradi.
Davlatlar o‘z vakolat doirasini o'zlari belgilashi va uni atrof-muhitni muhofaza qilish, umumiy xavfsizlik, boshqa global muammolarni hal etishlikdagi xalqaro hamkorlik manfaatlarida cheklashlari mumkin. Bunday chekiovlar o'zlariga olingan xalqaro majburiyatlarni bajarishda, xususan inson huquqlarini himoya qilish. yaro quroii ustidan nazorat, atrof-muhit muhofazasi sohasida zarur hisoblanadi.
Davlatlarning bir-birlari bilan hamkorlik qilish majburiyati

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling