Xalqaro huquq


Xalqaro huquq prinsiplari tushunchasi


Download 3.36 Mb.
bet18/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro huquq prinsiplari tushunchasi
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari - xalqaro munosabatlar subyektlarining xalqaro hayotdagi to'plangan eng muhim masalalaiga oid ifodalar.gan bamda umumlashtirilgan, umume’tirof etilgan yurish-turish normalaridir.
Xalqaro huquq prinsiplari xalqaro huquqning eng muhim g'oyasi, maqsadi, asosiy (bosh) mazmunining ifodasi hisoblanadi. Ular xalqaro huquqning muhini ustuvor huquqiy tajribasida namoyon bo‘ladilar hamda xalqaro huquqning ichki samaraii va kelishilgan tizimini qo’llab- quvvatlashga yordam beradi. “Prinsip” tushunchasini anglash uchun quyidagi rerminlar qo‘llaniladi: “huquqning umumiy prinsiplari”, “xalqaro huquqning tarmoq prinsiplari”, “asosiy prinsiplar”, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari” v.b.
Xalqaro huquqning umumiy prinsiplari sifatida quyidagilar: xalqaro huquq va milliy-huquqiy tizimlar uchun umumiy, milliy va xalqaro huquqda mazmunan birxil bo‘lgan prinsiplar.
Xalqaro huquqning tarmoqqa oid prinsiplari xalqaro huquqning aniq bir tarmog‘i uchun o‘ziga xoslikdadir. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari - bu umumiy xalqaro huquqda mustahkamlangan o‘ta muhim, “o‘zak” xalqaro-huquqiy norma hisoblanadi.
“Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari” atamasi tarmoq va asosiy prinsiplarni beigilash uchun qo‘Haniladi. Bunday yondashuvda umume’tirof etilgan prinsiplar - bu jus cogens normalari hisoblanadi. Ular deyarli barcha davlatiar tomonidan rasman tan olingan majburiy norma deb talqin etiladi.
BMT Nizomining 2-moddasi bitan mustahkamlangan Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyada yettita prinsip asosiy prinsip deb e’lon qilingan. 1975-yilda xalqaro huquqning uchta asosiy prinsipi “qo‘shilgan”iigi qayd etilgan: davlat chegaralarining mustahkamligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, inson huquqlari va asosiy erkinliklami hurmat qilish.
Ushbu qaydni hisobga olgan holda xalqaro huquqning o‘nta prinsiplarini asosiy deb hisoblasa bo‘ladi:

  1. davlatlarning suveren tengligi;

  2. kuch bilan tahdid qilish va uni xalqaro munosabatlarda qo'llanishida o‘zini tiyish;

  3. xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

  4. davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  5. tashqi sohada davlatlar hamkorligining majburiyligi;

  6. xalqlarning o'zini o‘zi anglashi va teng huquqliligi prinsipi;

  7. davlat chegralarining mustahkamligi;

  8. davlatlarning hududiy daxlsizligi;

  9. inson huquqdari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish;

  10. xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish.

Ular qo'llash sohasi bo'yicha universal hisoblanadi (xalqaro munosabatlarning xohlagan jabhasida). Ularga nisbatan tarmoq prinsiplarining zid kelishi mumkin emas. Shu jihatdan ular imperativ norma deb e’tirof etiladi.

1969-yilda qabul qilingan Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi BMT Nizomi asosida tuzilgan bo'lib, xalqaro huquq tizimida asosiy prinsiplarning o‘rni, belgisi, boshqa normalar bilan uzviyligi hamda aloqadorligini aniqlab berdi. Ushbu manbaga ko‘ra uning muhim belgisi bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • xalqaro huquqning barcha subyektlari uchun majburiyligi. BMT Nizomining 2-moddasi 6-bandiga muvofiq: “tashkilot a’zosi hisoblanmagan davlatlarning ushbu prinsiplarga muvofiq harakat qilishlarini. ta’minlaydi. Modomiki, bu xalqaro miqyosda tinchlik va barqarorlikni (xavfsizlikni) ta’minlashni qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi”;

  • xalqaro huquqning qolgan barcha prinsiplariga nisbatan birinchi darajadagi ahamiyatliligi (BMT Nizomining 3-moddasi, 1969-yilgi Vena konvensiyasining 53-moddasi);

  • nomuvofiq normalarga nisbatan. asosiy prinsiplardan oldin paydo bo‘lgan normalarga nisbatan orqaga qaytish kuchining mavjudligi (Vena konvensiyasining 64-moddasi).

Shuni alohida takidlash joizki, asosiy prinsiplar nafaqat xalqaro huquq tizimiga boshchilik qiladi: davlatlarning konstitutsiya normalariga kiritilishi barobarida milliy huquqiy tizim normalariga ham o‘z ta’sirini o'tkazib, huquqiy tizimlarning o‘zaro aloqasini yaqqol namoyon qiladi (masalan, 1947-yilgi Italiya Konstitutsiyasining 10-moddasi, 1978-yilgi Ispaniya Konstitutsiyasining III bobi, 1958-yilgi Fransiya Konstitutsiyasining muqaddimasi, 1949-yilgi Germaniyaning Asosiy qonunining muqaddimasi, 1975-yilgi Gretsiya Konstitutsiyasining 2-moddasi). “ ■ ■ ...
: 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida belgilanganidek, O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish. boshqa davlatlarning ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarga asosianadi10.
Xalqaro sud Statutining 38-moddasi birinchi qismi “c” bandiga muvofiq “Sud o'ziga berilgan nizoli ishni xalqaro huquq asosida hal qilishda “millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy tamoyillari”ni qo'llaydi”2.
Davlatlarning suveren tengligi prinsipi
Suverenitet davlatning ichki ishlarida ustunligi. tashqi aloqalarda erkinlik va mustaqillik ifodalangan siyosiy-huquqiy xususiyati hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, davlatlar xalqaro huquq subyekti sifatida o’zining huquqiy holati bo'yicha teng hamda bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaydilar. Mazkur prinsip BMT Nizomining 2-modda, 1-bandida mustahkamlangan: “Tashkilot o’zining barcha a’zolarining suveren tengligi prinsipi asosida barpo etiigan”. Mazkur prinsip federativ davlatlarning subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi deb hisoblanadi, agarda ular Konstitutsiyalarida o'zlarini suveren davlat deb e’tirof etishsalar ham.
shuningdek ittifoqchilar bitimlariga qo’shilishi yoki qo‘shihnasligi; betaraflik.
Davlatlarning suveren tengligi ularning (xalqaro ishlardagi iqtisodiy, siyosiy v.b. roli), haqiqatan ham. teng ekanligini bildirmaydi. Mazkur prinsip huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining yuridik-formal tengligini, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari mutanosibiigini mustahkamlab, aslida tenglikka erishishlariga to'sqinlik qilrnaydi. Xalqaro huquq rivojlanayotgan davlatlarga ko‘maklashish tartibini yaratishni, halokatdan, qurolli mojaro yoxud to'qnashuvlardan aziyat chekkanlarga
yordam ko'rsatishni rag‘batlantirishni diskriminatsiya (kamsitish) va teng huquqlilik prinsipining buzilishi deb qarash etnas, balki umumhuquqiy adolat prinsipiga amai qilish, deb tushunish lozim.







Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling