Xalqaro huquq
'Ўзбсклстон Респуолизсасивинг 22.12.1995 й. N172-1 “Ўэбекистон Республикасинипг халқаро шартномалари тўгрисндаги Қоиушшинг 3-моддаси
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sud qarorlari
'Ўзбсклстон Респуолизсасивинг 22.12.1995 й. N172-1 “Ўэбекистон Республикасинипг халқаро шартномалари тўгрисндаги Қоиушшинг 3-моддаси.
Xalqaro sud Nizomining 38-moddasi 1-bandining “s” kichik bandiga muvofiq “Sud o‘ziga berilgan nizoli ishni xalqaro huquq asosida hal qilishda “millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplari”ni qo'llaydi”. Huquqning umumiy prinsiplari deb nimaga aytilishi haqidagi tushunchani belgilovchi u yoki bu xalqaro-huquqiy aktlar mavjud emas. Shu asnoda xalqaro-huquqiy adabiyotlarda huquqning umumiy prinsiplarining huquqiy tabiati haqida bir nechta nuqtayi nazar yuzaga keldi. Bir guruh olimlar huquqning umumiy prinsipi deb xalqaro huquqning umume’tirof etilgan asosiy prinsiplari deb hisoblaydilar. Boshqa bir olimlar esa buni inkor etib, huquqning umumiy prinsiplari deb xalqaro huquqning asosiy manbalarida, shartnomalarda, odat normalarida aks ettirilganlari hisoblanadi, “umumiy prinsiplar” ko‘pgina davlatlarda o'zlarining milliy huquqiy tizimlarida yuridik asosiy qonunlar deb tushuniladi. Ushbu masalaga oid turli xil fikrlar mavjud. Umumiy tarzda tushunish tarafdorlari ushbu tushuncha tabiiy huquq va adolatlilikning umumiy prinsiplarini qamrab oluvchi xalqaro huquqning alohida manbasi jihatini qamrab oladi deb hisoblaydilar. Ushbu nuqtayi nazar xalqaro huquqning tabiatiga zid keladi hamda amaliyotda qo'ilab-quwatlanmaydi. Ularga qarshi fikrlovchi tarafdorlar esa umumiy prinsip tushunchasi deb xalqaro huquqning asosiy prinsipi hisoblanishini ta’kidlaydi. Biroq huquqning umumiy prinsip tushunchasi xalqaro huquqning asosiy prinsipi tushunchasini tan olinishidan oldin paydo bo'lgan. Shu asnoda umumiy prinsip deb milliy huquqiy tizimi uchun joriy etilgan umumiy prinsip tushuniladi. Bunda normalarni xohlagan huquqiy tizimda qo‘Ilanilish qonuni aks ettirilishi haqida fikr iIgari suriladi. Xalqaro huquq uchun ushbu prinsiplar protsessual huquqning rivojlanmaganlik imkoniyati juda muhimdir. Prinsipning xalqaro huquq tizimiga kiritilishi uchun uning milliy huquqiy tizimlar uchun umumiy bo‘lishi yetarli emas, balki u mazkur tizimiarda joriy etilishi uchun yaroqliligi muhimdir. BMT ning Xalqaro sudi biron marta ham xalqaro huquqning umumiy prinsiplari bo‘yicha o‘z qarorlarini asoslantirmagan. Ushbu prinsiplar ulaming huquqning umumiy prinsiplari ekanligi haqida ta’kidlanmasdan qo'llanilib kelingan. Bular halollik, huquqni suiiste’mol qilmaslik, huquqbuzilishlar uchun javobgarlik. Aksariyat protsessual prinsiplar qo'llanilmoqda (misol uchun, hech kim o‘ziga taalluqli ishda sudya bo‘lishi mumkin emas, nizoda taraflaming tengligi, maxsus qonunlaming ustvorligi v.b.). Umumiy prinsipning amal qilisfii o'ziga xos xususiyatga ega. Xalqaro miqyosda uni qo‘Ilanilishining asosiy sohasi inson huquqlari hisoblanadi. Xususan, ushbu prinsiplar inson huquqlari va jinoiy tribunallar bo'yicha sudlar tomonidan qo'llaniiadi. Shu bilan birga, ushbu prinsiplaming qo'llanilish spetsifikasini inobatga olish darkor. Sobiq Yugoslaviya bo'yicha XaJqaro tribunal ayblanuvchining Tribunal yurisdiksiyasiga qarshi asosli e’tirozini ko'rib chiqdi. Ayblanuvchi yuqorda qayd etilgan konvensiya bilan mustahkamlangan umumiy prinsipga murojaat qilgan va sud vaqat qqnuniy yo‘l bilan tashkil etilishini bayon qilgan. Tribunal faqat ijroiya organ qarori bilan (Xavfsizlik kengashi) tuzilgan edi. Tribunal o'zining 1995-yil 2-oktabrdagi qarorida ushbu e’tirozni asosli emas, deb topib, uni xalqaro sudga nisbatan tatbiq etiImasligini bayon qilgan. Bunda Tribunal BMT da hokimiyatlar bo‘ linish prinsipi mavjud emasligi, xalqaro munosabatlarda qonun chiqaruvchi hokimiyat mavjud emasligi kabi fakllarga tayandi. Binobarin, “tribunalni qonun bilan tuzish degan talab xalqaro-huquqiy sohada qo‘llanilmaydi. Ushbu prinsip faqat davlatga uning ichki milliy qonunchilik tizimi uchun majburiyat yuklaydi”1. Sud qarorlari Yordamchi vosita sifatidagi sud qarorlariga BMT ning Xalqaro sudi va boshqa xalqaro sud va arbitraj sud qarorlari taalluqli hisoblanadi. Sud qarorlari Xalqaro sud Nizomining 38-moddasiga muvofiq ushbu Nizomning 59-moddasida mustahkamlangan qoidalarga rioya etilgan holda huquqiy normalarni o'rnatish uchun yordamchi vosita sifatida e’tirof etiladi. Unda qayd etilishicha: “Sudning qarorlari faqatgina unda ishtirok etuvchi taraflarga va aynan shu ishga taalluqli hamda majburiy hisoblanadi". Ayrim hollarda sud qarorlari xalqaro huquqning odat normalarini shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Xalqaro sudning qarorlariga ko'pincha xalqaro huquqning odat normalarining mavjudligini isbotlash uchun murojaat qilinadi. Xalqaro sudning qarorlarining takomillashuvi uning xalqaro huquq tivojiga innovatsion tarzdagi ta’siri bilan izohlash mumkin. Buyuk Britaniya va Norvegiya o'rtasidagi nizoli masala bo'yicha qarorda (1951) sud ayrim to'g'ri aniq chegaralar bo'yicha muhim yuridik Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling