Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- xalqaro tashkilotlarning qarorlari
- sud qarorlariga
- Xalqaro odatlar
- Xalqaro shartnomalar
Xalqaro odatlar xalqaro huquq normalarini tashkil etib. u shunday yurish-turish qoidasiki, unda xalqaro huquq subyektlarining har doim takrorlanuvchi bir turdagi o'xshash xatti-harakatlarining mahsuli sifatida namoyon bo*lib, huquqiy norma sifatida tan olinadi.
Takrorlanuvchi bir turdagi o‘xshash xatti-harakatlar ularni takomillashuvini bildiradi. Lekin qaysi davrda odat normalarini shakllantirish zarurligini xalqaro huquq belgilamaydi. Hozirgi aloqa va transport vositalari orqali davlatlar bir-birlarining xatti-harakatlaridan darhol xabardor bo'lishlari mumkin. Albatta, ularga munosabat bildirgan holda u yoki bu harakat shaklini amalga oshiradilar. Bu esa vaqt omili hozirda oldingiday odatlarni vujudga kelish jarayonida hech qanday muhim ahamiyat kasb etmasligiga olib keldi. Davlatlaming kelishilgan ifodasi boMmish xalqaro tashkilotlarning qarorlari odatlarni tashkil topishning tayanch fursati bo'lishi mumkin. Yurish-turish qoidalarining vujudga kelishi biian odatlarni tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetmaydi. Faqatgina davlatlaming huquqiy norma sifatida ularni tan olishi davlatlaming u yoki bu harakatlari odat tusiga aylanib qoladi. Odat normalari shartnomalar kabi shunday yuridik kuchga ega bo‘iadi. Yurish-turish qoidalarini odat sifatida baholash murakkab masala hisoblanadi. Shartnomalardan farqli o'laroq odatlar qandaydir bir yagona aktlarda yozma shaklda rasmiylashtirilmaydi. Shuning uchun odatlarni mavjudligini belgilash uchun yordamchi vositalar, ya’ni sud qarorlari, doktrinalar, xalqaro tashkilotlar qarorlari, bir tomonlama aktlar va davlatlaming xatti-harakatlari asosida o‘matiladi. Yordamchi vosita hisoblangan sud qarorlariga BMT Xalqaro sudi, boshqa xalqaro arbitraj va sud organlarining qarorlari kiradi. BMT Xalqaro sudi va boshqa xalqaro sud organlariga nizoli ishlar biian murojaat qilinganda davlatlar ko‘pincha nizolashayotgan taraflar uchun majburiy bo‘lgan odat normalarining mavjudligini belgib berishni so'rashadi. BMT Xalqaro sudi o‘zining amaliyoti davomida odatlaming mavjudligini tasdiqlash bilan cheklanmay balki ularga ma’lum darajada aniq ifoda (ta'rif) bergan. Misol tariqasida BMT Xalqaro sudining 1951-yildagi baliqchilik to‘g‘risidagi ingliz-norvegiya nizosi haqidagi qarorini keltirish mumkin. jumiadan, odat normalarini aniqlashda qirg‘oqbo‘yi davlatlar o'zlarining hududiy suv havzasining oxirgi chegrasi sifatida ularni aniqlash uchun to‘g‘ri chiziqni ham qo'llash mumkinligi bayon etiigan. Xalqaro odatlar Xalqaro odatlar shannomalar kabi xalqaro huquqning manbasi ham hisoblanadi. 1969-yilgi “Xalqaro shartnomalar huquqi” deb nomlangan Vena konvensiyasi shuni qayd etadiki, xalqaro odat normalart xalqaro munosabatlarning muhim masalalarini oldingiday hal qiladi. Odatlar xalqaro huquqiy munosabatlar subyektlarining yetarli darajadagi uzoq muddatli takrorlanuvchi harakatlari davomida yuzaga keladi. Misol tariqasida, davlat suverenitetining yuqori chegarasini hamda davlat hududining yer sathida 100 km yuqoridagi chegarasini aniqlashda; kosmik kemalaming uchish va qo'nishida moneliksiz o‘zga davlatlarning havo havzasi orqali uchib o'tishi va boshqalarni keltirish mumkin. Odat normalarining ko'pchiligi davlatlar va hukumatlaming tan olish va huquqiy vorislik, xalqaro iqtisodiy huquq kabi institutlarini o‘z ichiga olsa, gumanitar huquq esa harbiy mojarolar davrida ko‘pincha “urush qonunlari va odatlari” nomini oladi. Boshqa xalqaro-huquqiy normalar kabi xalqaro huquqning odat normalari ikkita bosqichda paydo boUadi: Ijyurish-turish qoidalarini kelishib olish; 2)kelishilgan yurish-turish qoidalariga xalqaro-huquqiy normaning yuridik kuchini berish. U yoki bu qoidani odat normasi sifatida qabul qilish xalqaro huquq subyektlariga bogTiq tarzda bo‘ladi hamda turli xil shakllarda namoyon bo'ladi (davlat organlarining yuridik ahamiyatga ega harakatlari. qonunchilik va sud organlarining rasmiy bayonoti, yozishmalari, qarorlari). Shuningdek, yurish-turish qoidalarini odat normasi sifatida tan olinishi faol harakatlar orqali yoxud ushbu harakatdan o‘zini liyish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Biron davlatning xaiqaro huquqning boshqa bir subyektining xatti-harakatlariga nisbatan qarshilik bildirmasligi ushbu harakatning qonuniyliginii tan olganligidan dalolat beradi. GER bilan Daniyaning va GFR bilan Niderlandiyaning 1969-yildagi Shimoliy dengizning kontinetal shelfi bo'yicha nizoli ishida BMT Xaiqaro sudi odat huquq normasini shakllanlirishning ikki xil shartini belgiladi. Sudning fikricha, “tegishli xatti-harakatlar mavjud amaliyotni lashkil qilishi, lekin ushbu harakatlar shunday amalga oshirilishi kerakki, undu mazkur amaliyot huquq normasining mavjudligi bo'yicha umumajburiy tarzda bo'lishi lozim. Ushbu qat'iy ishonchning muhimligi, ya 'ni subyektiv elementning opinio juris sive necessitates tushunchasi bilan о ziga xoslikni keltirib chiqaradi. Davlatlar о ‘zlarining xatti-harakallarini yuridik jihatdan mavjud majburiyatlarga mosligini fahmlashlarini (tushunishlarini) his qilishlari lozim ". Xaiqaro tashkilotlaming rezolyutsiyalari ham ma’lum bir sharoitlarda odat normasi sifatida chiqishlari mumkin. Jumladan, Nogironlami teng miqyosdagi imkoniyatlar bilan ta’minlashning standart qoidalarining 14-bandida (BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiyasi)ga muvofiq: “Garchi ushbu qoida majburiy bo'lmasa ham, agarda xaiqaro huquq normalariga rioya etish xohish-istagini bildirayotgan ko'pgina davlatlar tomonidan ushbu qoida qo'llanilsa, xaiqaro odat huquqining normasi bo'lishi mumkin”. 1998-yilgi Vengriya va Slovakiya o'rtasidagi Dunay datyosi dambasi bo'yicha vujudga kelgan nizoli ishda BMT Xaiqaro sudi shuni tasdiqladiki, unda umumiy tarzda shartnomani izohlash va ijro qilish maqsadida shartnomani qonuniy kuchga kirish sanasidagi mavjud odat huquqini Sud tan oldi ammo shartnomaga muvofiq tegishli maqsadlarga erishish uchun ham boshqa odat normalari ko'rsatilgan sanadan keyin rivojlanish oqibalida ham qo ‘llanilishi nazarda tutilgan edi. Xalqaro-huquqiy odatdan yuridik majburiy sifatga ega bo'lmagan xaiqaro huquqiy munosabat subyektlarining oddiy — yurish-turish qoidalarini ajaratish lozim bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, odatlar xaiqaro hamjamiyat tomonidan xaiqaro huquq normasi sifatida tan olinmaydi. Shuning uchun odatlarga rioya etilmaslik xaiqaro huquq subyektlari tomonidan oddiy bir huquqbuzarlik deb faqatgina nodo'stona hujjat sifatida qaraladi. Misol tariqasida, qoidaga ko‘ra yana qaytadan kelgan chet el elchisini aeroport yoxud vokzalda Tashqi ishlar vazirligining protokol xizmatining rahbari kutib oladi. Garchand odat asosiy manbaa bo‘lib qolsa ham, zamonaviy xalqaro huquqning ildam rivojlanishida shartnomaviy masalalar rnuhirn hisoblanadi. Xalqaro shartnomalar Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling