Xalqaro huquq


'Criminal Law Forum, -1996.-№ I. - P.74-76


Download 3.36 Mb.
bet16/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

'Criminal Law Forum, -1996.-№ I. - P.74-76. qoidalarni izohladi. Ushbu qoidalarni BMT ning xalqaro huquq Komissiyasi keyinchalik qabul qildi, bu Komissiyaning faoliyati to'risidagi Dokladda (1956) o‘z aksini topdi. Keyinchalik ushbu qoidalar xalqaro shartnomada, aynan 1958-yildagi Hududiy dengiz va tutash mintaqa to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasida o‘z aksini topdi.
Sud qarorlari, albatta, nizoli ish ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi. Xalqaro sud Nizomining 59-moddasining ushbu normasi BMT Nizomining 94-moddasida belgilangan normaga juda yaqin turadi, unga ko‘ra BMT ning har bir a’zosi Sudning qarorlarini aynan shu ishda ishtirokchi bo'lsa, so'zsiz bajarishi lozim. Bir tomonning Sud qarorini bajarmasligi BMT ning Xavfsizlik kengashi ikkinchi tarafning iltimosiga ko‘ra tavsiya berishi yoxud qarorni ijro etish chorasini ko'rishi mumkin.
Milliy sudlarning qarorlari hattoki ularda xalqaro huquqning shartnomaviy yoki odat normalari qo'llanilgan bo'lsa, Xalqaro sud tomonidan xalqaro huquqning manbasi sifatida tasniflanmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, xalqaro huquqning manbasi nafaqat BMT Xalqaro sudining qarorlari, balki mintaqaviy va boshqa xalqaro sudlarning qarorlari ham bo'fishi mumkin (masaian, BMTning Xalqaro jinoiy sudi, inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi v.b.).
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi 2003-yilning iyun oyida Rossiya Federatsiyasi hukumatini Tamara Rakevichga ma’naviy zarar sifatida 3 ming yevro miqdoridagi pul mablag'ini to‘lash majburiyatini yukladi, negaki unga nisbatan 1950-yilgi Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g'risidagi Yevropa konvensiyasi qoidalari buzilgan edi. Uni majburan ruhiy kasalliklar shifoxanaga olib kelishgan hamda davolash ishlarini amalga oshirishgan edi. Mazkur Konvensiyada shaxsning erkinligini cheklash uchun qonun yoxud Konvensiyaga muvofiq asos mavjud bo‘lishi, shuningdek shaxsning erkini cheklash yoki undan mahrum qilish masalasi zudlik bilan sud tomonidan hai qilinishi lozimligi mustahkamlangan. Modomiki, RF 1950-yilgi Yevropa konvensiyasi a’zosi hisoblanadi, ushbu ish yuzasidan Strasburgda chiqarilgan qarorni ijro etish ushbu davlatning 1992-yilgi “Psixiatrik yordam va uni ko'rsatishda fuqarolarning huquqlari kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonuniga o'zgartirish va qo’shimchalar kiritishga sabab bo‘ldi. RF qonuni mazkur Konvensiya talablariga moslashtirilishi lozim hamda unda fuqarolami kasalxonaga joylashning noqonuniyligi ustidan erkin tarzda shikoyat bilan murojaat etish huquqini ta’minlashi kerak edi.
Alohida mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya v.b.) ning miliiy sud qarorlarini xalqaro huquqning manbasi sifatida hisoblash lozimligi to‘g‘risida hech qanday asos mavjud emas. Birinchidan, BMT Xalqaro sud Nizomi davlatlarga nisbatan bunday tabaqalashtirishni taqozo etmaydi, ya’ni asos mavjud emas, ikkinchidan esa har qanday davlatda o’zining malakasi va axloqiy sifatga ega bo'lgan sudyalar mavjud hamda o’zining asosliligiga ko’ra turli xildagi sud qarorlari mavjud.
Xalqaro - huquqiy ta’limot (doktrina)
Xalqaro Sud Nizomiga muvofiq Sud “huquqiy ta’limot normalarini aniqiash uchun yordamchi vosita sifatida turli millatlarning ommaviy huquq bo’yicha o‘ta malakali mutaxassislarini qo‘llaydi".
F.F.Martensning fikriga ko‘ra, “xalqaro huquqning tarixi va fani mavjud xalqaro odatlar va bitimlaming haqiqiy ma’nosini aniqiash vositasi bo’Iib xizmat qiladi; ular odat normalari va bitimlarda aks ettirilgan xalqlarning huquqiy ongini sof holda tasavvur etishlari imkonini beradi, hamda u, shak-shubhasiz, xalqaro huquqning manbasi qatoriga kiradi”1.
Ta’limot (doktrina)ga uni xalqaro huquqning manbasi sifatida qaralmaydi. L1 faqatgina normalarni aniqiash uchun yordamchi vosita sifatida gavdalanadi. Agar ta’limot huquqni qo'llash bosqichida qo’llanilsa, unda huquq ijod qilish bosqichida foydalanishga ancha ko‘p asos bo’ladi. Fanni xalqaro huquq ijodkorligida keng foydalariish zarurati Xalqaro huquqning instituti tomonidan asosli ravishda ko‘rsatib o'tiladi7 8.
Hozirgi paytda xalqaro huquqqa oid yirik asarlarga havola qilishni BMT ning xalqaro huquq Komissiyasi materiallarida, arbitraj va ayrim sud qarorlarida, Xalqaro sud a’zolarining alohida fikr-mulohazalarida kuzatish mumkin. Ta’limot xalqaro huquq yordamida hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalami, xalqaro munosabatlarga ta’sir ko’rsatish imkoniyatlarini, usul va yo’llarini zamonaviy tarzda tushuntirishni taqazo etadi.
Albatta, xalqaro huquq masalalarini chuqur o'rganish bo’yicha yuridik jihatdan benuqson, asoslantirilgan xulosalar xalqaro sudyaning, hakamning, xalqaro huquq Komissiyasi a’zosining, muzokaralarda qatnashayotgan delegatsiyaning huquqiy maslahatchisining tegishli fikrlarini shakllanishiga ta’sir qilmasdan qolmaydi.
Xalqaro tashkilotlarning hujjatlari
Xalqaro tashkilotlarning qarorlari Xalqaro Sud Nizomining 38-moddasida ko‘rsatilgan ro'yxatda qayd qilinmagan. Shunday bo‘lsa ham, ilmda shunday qarorlar (asosan BMT doirasidagi) ko'pincha xalqaro huquqning yordamchi manbasi sifatida kiritiladi.
Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hujjatlari maqomi ulaming Nizomlariga muvofiq belgilanadi. Vakolat doirasida ushbu tashkilotlarning organlari asosan tavsiyaviy xarakterga ega hujjatlar yoxud huquqni qo'llashga oid hujjatlarni qabul qiladilar. BMT Nizomining 10-, 11-, 13- moddalariga muvofiq Bosh Assambleya “tavsiya berish” vakolatiga egadir, ammo 25-moddaga ko'ra BMT a’zolari Xavfsizlik kengashining qarorlariga itoat etishlari lozim, lekin ushbu qarorlar huquqni qo'llash faoliyati bilan uzviy bog'liq.
O‘z-o‘zidan xalqaro tashkilot xalqaro “qonun chiqaruvchi”ga aylanib qolish huquqiga ega emas. Shu bilan birga, tashkilot a’zolari - davlatlar ushbu tashkilot hujjatlaridan foydalanishlari mumkin. BMT Bosh Assambleyasi sessiyalarida xalqaro shartnomalar doirasida ishlab chiqilgan (tayyorlangan), tashkilot nomidan ma’qullanganlikni belgilovchi rezolyutsiyalar qabul qilinadi.
Bu 1968-yildagi Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma, 1971-yildagi Kosmik obyektlar orqali etkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiya, 1966-yilgi Inson huquqlari bo’yicha xalqaro paktlar, 1979-yilgi Insonlarni garovga olishga qarshi kurash to"g‘risidagi Konvensiya va boshqa hujjatlarga nisbatan ham taalluqlidir. Ushbu holda hujjatning matni Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga ilova sifatida BMT ning hujjatlarida chop etiladi. Aynan shartnoma (uni davlatlar tomonidan imzolanishi va kuchga kirishi bilan) rezolyutsiya emas, xalqaro huquq manbasi sifatida ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro sud tomonidan 1996-yildagi Yadro qurolini qonuniyligi va undan foydalanish xususida konsultativ xulosasida: “Bosh Assambleya rezolyutsiyasida, agarda ular umummajburiy bo‘lmasa ham, ba’zida normativ qiymatiga ega bo'ladi. Ular ayrim sharoitlarda opinio juris ni vujudga kelishiga va uni mavjudligidan muhim dalolat berishi mumkin”9.
Shu munosabat bilan xalqaro tajribada “yumshoq huquq” tushunchasi qo'llanilmoqda. BMT Bosh Assambleyasi, boshqa tashkilotlar, jumladan, BMT ning maxsus muassasalari tomonidan xalqaro munosabatlaming turli masalalar bo’yicha ko‘p miqdordagi rezolyutsiyalar, tavsiyalar va boshqa hujjatlarni qabul qilinishi xalqaro huquq subyektlarida qiziqish ahamiyatiga ega. Ushbu hujjatlar asosan tavsiyaviy xarakterga ega.
Misol tariqasida, BMT Bosh Assambleyasining 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1960-yilgi Mustamlaka davlatlar va xalqlarga mustaqillik berish to‘g‘risidagi Deklaratsiya, 1974-yilgi Xalqaro huquqning Agressiyani aniqlash haqidagi prinsiplari to’gTisidagi Deklaratsiya, 1994-yilgi Xalqaro terrorizmga barham berish choralari to‘g‘risidagi Deklaratsiyalarni keltirish mumkin.
Bunday rezolyutsiyalar o‘zida yurish-turish namunalarini ifoda etadi. Ular xalqaro huquq nonnalarining paydo bo'lish jarayonida tna’lum o'ringa ega: ushbu hujjatlarda ifodalangan yurish-turish qoidalari keyinchalik (xalqaro huquq subyektlari tomonidan tegishli tarzda tan olinganda) shartnomaviy yoki odat xalqaro-huquqiy normalariga aylanshi mumkin. Bunday ahamiyatga 1975-yilgi Yakuniy akt, 1990-yilgi Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi, YXHK ning boshqa hujjatlari ega. Bularning barchasi o’z-o’zidan yuridik jihatdan majburiy hisoblanmaydi, biroq YXHK ga a’zo davlatlar uchun majburiy bo’lgan hujjatlar mavjud. Misol tariqasida, 1975-yilgi Yakuniy aktda e’lon qilingan chegaralarning mustahkamligi prinsipini keltirish mumkin.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling