Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet14/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Shartnoma - subyektlar o'rtasida yuridik jihatdan bajarilishi shart bo‘lgan normalami yaratish haqidagi ularning o'zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydigan o'zaro kelishuvning oshkora ifodasidir.
Xalqaro sud Nizomining 38-moddasiga muvofiq xalqaro huquqning manbalari ta'kidlab o'tilganda birinchi o'ringa “nizolashayotgan davlatlar tomonidan aniq tan olingan, qoidalami o'matuvchi. umumiy hamda maxsus yo'sindagi xalqaro konvensiyalaf’ qo'yilgan. “Xalqaro konvensiyalar** atamasi bunda xalqaro shartnomalarni anglatadi. 1969-yildagi Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq “shartnoma” davlatlar o'rtasida yozma shaklda tuzilgan va xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan, bunday kelishuv bitta hujjatda yoxud bir nechtasida o‘z ifodasini topganiigidan, shuningdek uning nomlanishidan qat’i nazar, xalqaro kelishuv ma’nosini anglatadi (2-m.). Hozirgi zamon xalqaro huquqida uning manbasi hisoblangan xalqaro shartnomalaming roli oshmoqda.
Xalqaro shartnoma - bu davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari tomonidan yozma shaklda tuzilgan, bunday kelishuv bitta, ikkita hujjatda yoxud bir nechtasida o‘z ifodasini topganiigidan, shuningdek uning aniq nomlanishidan qat’i nazar, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan kelishuv hisoblanadi1.
Garchi unda og'zaki shakldagi shartnoma haqida biron-bir so‘z deyilmagan bo‘lsa-da, davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o'zaro rozilik asosida Vena konvensiyasining 1969ryilgi va 1986-yillardagi qoidalarini og'zaki keiishuvlarga nisbatan ham joriy qilishlari mumkin.
Xalqaro shartnomaning tushunchasi O'zbekiston Respublikasining “0‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunida aniq belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — respublikaning bir yoki bir necha
Xfuncnpo шарттгохіалАр тугрисидагіі Bena тонмциясншгнг 2-моддаспга муіофнк (1969 й Ветта юннетщняси) >а 1986 йтілги Давлптлар ймлан халкаро ташкшіотлар ски хдлқаро ташкнлотлар уртасядаги шартиома ҳуқуқм тўғрисидағи Вена конвенциаси
davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir1.
Hozirgi paytda xalqaro shartnomaiar normalari ma’lum sabablar bois xalqaro huquqda asosiy o‘rinda turadi, jumladan:

  1. odat normalarini yaratish uzoq davom etadigan jarayon bo:lib, ba!zan ulami aniq mohiyatini o‘rnatishda qiyinchiliklar vujudga keladi. Shartnomaviy normani yaratish jarayoni uncha uzoq davom etmaydi hamda xalqaro huquq subyektlarining erklari ma’noli xususiyatga ega;

  2. shartnomalarni tuzish va ijro etish jarayoni batafsil belgilangan va ishlab chiqilgan (Xalqaro shartnomaiar huquqi to‘g‘risidagi 1969-yilgi va 1986-yillardagi Vena konvensiyasi);

  3. shartnomaviy shakl subyektlarning erklarini ifodalanishiga yanada imkoniyatlarni yaratadi.

Lshbu va boshqa sabablar xalqaro-huquqiy normalarni yaratishning shartnomaviy jarayonini juda keng miqyosda qodlanilishini yuzaga keltiradi, Xalqaro huquq subyektlari xalqaro munosabatlarda shartnomalarning muhim rolini inobatga olishadi hamda ulaming xalqaro huquq manbasi sifatida yuksak ahamiyatini va davlatlar o'rtasidagi tinchlik yo'lidagi hamkorligini tan olishadi.
Shartnomalarning umumajburiyligiga rozilik bildirish shartnomalarni imzolash yc'li bilan amalga oshiriladi, agarda:

  1. shartnomani imzolash shunday kuchga ega bo‘lishini nazarda tutsa;

  2. muzokaralarda ishtirok etuvchi davlatlaming boshqacha tarzda o'matilgan kelishuvi imzolanganligi shunday ahamiyat kasb etsa;

d) davlatlarning imzolash jarayoniga shunday ahamiyat berish niyati ulaming vakillarining vakolatlari orqali yuzaga kelishi yoki muzokoralar paytida qayd etilgan bo'lsa.
Xalqaro shartnomalarning muhiniligi shundan dalolat beradiki, xalqaro huquqda alohida bir soha - xalqaro shartnomaiar huquqi mavjud.
Madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplari
“Madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplari” kategoriyasi xalqaro munosabatlarning faol ishtirokchisi bo'lgan turli davlatlar huquqlarining bir xiilashtirish va uyg'unlashtirishni ta’minlovchi muhim vositasi hisoblanadi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling