Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet26/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro huquq subyekti - bu xalqaro huquqdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatiarga ega bo'luvchi, uni himoya qiluvchi hamda xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro nmnosabatlarga kirishuvchi hisoblanadi.
Xalqaro huquq subektlari shunday namoyon bo‘ladiki, unda subyektlar xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarga kirishadilar. Huquqiy munosabat faqatgina subyektlar o'rtasida vujudga kelishi mumkin.
Huquq subyekti ikkita asosiy tarkibiy element™ o‘z ichiga oladi: birinchidan, huquqqa egalik layoqati va majburiyatni bajarish (huquqiy layoqat), ikkinchidan. mustaqil tarzda huquqni amalga oshirish va majburiyatni ado etish (muomala layoqati).

Davlat I '
O’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlar

Xalqaro davlatlararo tashkilotlar
Xalqaro huquq subyektlari ikkita asosiy toifaga boMinadilar, bular - asosiy (birlamchi) va hosila (ikkilamchi).
1986-yilgi Xalqaro tashkilotlar va davlatlar o'rtasida yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnoma huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasining 6-moddasiga muvofiq har qanday hukupiatlararo tashkilot xalqaro shartnomalami tuzish layoqatiga ega bo'ladi.
1950-yilgi Inson huquqlari bo'yicha Yevropa konvensiyasiga muvofiq xohlagan odam, agar unga nisbatan huquqbuzilishlar sodir etilayotgan deb hisoblasa, ushbu Konvensiya bilan kafolatlangan holda Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudiga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin. Biroq ushbu shaxs 1950-yilgi Konvensiya ishtirokchisi bo'lgan o‘z mamlakatida huquqlarni himoya qilishning barcha imkoniyatlaridan foydalangan bo'lishi kerak.
1950-yildan Yevropa Kengashiga ko'rib chiqish uchun juda ko‘plab shikoyallar heriladi. Mazkur shikoyatlaming asosini yuridik fakt, ya’ni inson huquq va erkinliklarining buzilishi tashkil etadi.
Xalqaro huquqning hiriamchi va ikkilamchi subyektlari
Xalqaro huquq oldingi davrlarda faqat davlatlar tomonidanyaratilgan. Albatta, hozir ham davlatning xalqaro normalami yaratilishidagi roli hanuzgacha hal qiluvchi bo1 lib qolmoqda. Davlatlarlarning xalqaro huquqn subyektliligi ular paydo bo'lishi bilan vujudga kelgan. Taxminan XX asrgacha davlatlar yagona subyekt bo'iganlar. Vaziyat xalqaro tashkilotlar dunyoda muhim ahamiyatga ega bo‘la boshlaganlaridan, birinchi navbatda Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan keyin o'zgara boshladi. Biroq xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatlarini shunday yuridik sifat bo'lgan xalqaro huquq subyektivligi sifatida tan olmasdan samarali amalga oshira olmadilar. Ayniqsa. bu xalqaro arenada BMT paydo bo'lganida aniq ravshan bo'ldi. BMT Xalqaro sudi o'zining 1949-yilgi konsultativ hujjatida shuni ta’kidladiki, BMT o'zining Nizomi va vakolati doirasida ma'lum bir xalqaro huquq subyektivlikka ega bo'ladi. Biroq xalqaro tashkilotlarning huquq subyektliligi davlatlaming huquq subyektliligidan farq qiladi. Birinchidan, davlatlar huquq subyektivligi ular paydo bo'lishlari tufayli ega bo'ladilar. Buning natijasida ular xalqaro huquqning asosiy subyektlari hisoblanadilar.
Xalqaro tashkilotlarning huquq subyektliligi yasama hisoblanadi. Huquq subyektlilik xususiyatini xalqaro tashkilotlarga xalqaro huquqning nafaqat asosiy subyekti hisob'.angan davlatlar beradi, aynan ular tufayli xalqaro tashkilotlar ta’sis etiladi. Ikkinchidan, agar davlatning huquq subyektliligi universal hisoblansa, unda xalqaro tashkiJotlarning huquq subyektliligi, shu bilan birga ulaming faoliyat maqsadlari va vakolatlari ta’sis hujjatlari bilan cheklanib qo'yiladi. Shuning uchun ulaming huquq yaratish jarayonidagi roli ham cheklangan.
Asosiy (birlamchi) subyektlar davlat hisoblanadi. Hosila (ikkilamchi) subyektlar toifasi — bu, ayniqsa, xalqaro hukumatlararo tashkilotlardir. Ulaming yuridik tabiatining o'ziga xos xususiyati, birinchidan, ular o‘z qarorlarini ta’sis hujjatlarda qayd qilib qo‘ygan holda davlatlarning xohishi bilan tashkil etilgan, ikkinchidan esa, ularning huquqiy maqomining mazmuni va ko‘lami har bir tashkilotning vakolatiga va belgilanganligiga aniq muvofiq bo'lgan ta’sis hujjatlarida qayd etilgan (shunday qilib, ulaming huquq subyektliligi individuallashtirilgan, funksional hisoblanadi).
Xalqaro huquqning qator subyektlari qatorida maxsus o'rinni milliy suverenitet negizida o‘z davlatini qurish uchun mustamlakachilikka, chet el hukmronligiga qarshi kurashayotgan millat va xalqlar egallaydi.
Noan’anaviy subyektlar turi va maqomi to‘g‘risidagi masala hatto ulami xalqaro huquq subyektliligi tan olingan taqdirda ham bir xilda hal etilmaydi. Shunday bo'lsada, bunday subyektlaming bir nechtasini aytish mumkin. Xalqaro-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarda ulaming ishtiroki, binobarin, ularning ma’lum bir xalqaro huquq va majburiyatlar sohibi sifatidagi maqomi real ahamiyat kaslp etadi. Bular xalqaro nohukumat tashkilqtlar, xalqaro. xo‘jalik birlashmalari, milliy individ (jismoniy shaxs) va yuridik shaxslar.
“Xalqaro huquq subyektliligi” atamasining o‘zi i|miy terminologiyaga o*ziga xos tarzda aloqadordir hamda xalqaro-huquqiy hujjatlarda u kamdan kam foydalaniladi.
Misol tariqasida, BMT Nizomi asosida davlatlarning o‘zaro hamkorlik va do'stona munosabatlariga taalluqli Xalqaro huquqning prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiya qoidalarini keltirish mumkin, unda “har bir davlat boshqa bir davlatning huquq subyektliligirii humrat qilishga majburdtr” deya e’tirof etilgan, shu bilan birga BMT ning dengiz huquqi bo'yicha Konvensiyasining 176-moddasiga asosan dengiz tubi bo'yicha Organ “o‘z maqsad va vakolatiga erishish uchun muhim boMgan xalqaro huquq subyektliligiga egadir” deyilgan. Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti Nizomining 5-moddasi 1-qismida “institut hukumatlararo tashkilot maqomiga muvofiq xalqaro huquq subyektlliliga egadir” deb keltirilgan.
Davlat xalqaro huquqning subyekti sifatida
Xalqaro huquqning o'ziga xos jihati shundan iboratki, bunda, awalo, u davlatlar tomonidan yaratiladi hainda davlatlararo munosabatlami tartibga soladi.
Davlat mavjud bo'lishi barobarida xalqaro huquqning subyekti hisoblanadi. Biroq u yoki bu tuzilma davlat sifatida faqatgina yuridik mezonga (belgi) javob bergan taqdirdagina tan olinadi. Xalqaro huquqda awallari ushbu mezonlami o'matuvchi odat normalari ishlab chiqilgan edi. Ulaming ba’zilari 1993-yilda Montevideoda (Urugvay) tuzilgan davlatlaming huquqlari va majburiyatlari to'g'risidagi Amerika mamlakatlari Konvensiyasida o‘z aksini topgan edi. Ushbu nomtada ta’kidlanishicha, “davlatlar xalqaro huquqning subyekti sifatida quyidagi belgilarga ega bo'lishi lozim: a) doimiy (turg'un) aholisi bilan; b) ma’lum hududga egaligi; s) hukumatning mavjudligi; d) boshqa davlatlar bilan aloqaga kirishish qobiliyatining mavjudligi”. Garchi ushbu konvensiya mintaqaviy xarakterga ega bo'lsa ham bunda odat xususiyatiga ega umumiy xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari o‘z aksini topgan edi.
Davlallarni BXfTga qabul qilish io g'isidagi konsultaiiv xulosada Xalqaro sud davlatlaming xalqaro majburiyatlarni qabul qilish va uni amalga oshtrish sifatlarinngi mavjud bo ‘hshi ham ta'kidlanadi. Mazkur sud Nizomning 4-moddasi, 1-bandini tahlil qilib. quyidagi beshla shartni etirof eidi, ya’ni nomzodlar: 1) davlat sifattga ega bo lishi; 2) linchliksevar bo'lishi, 3) Nizomga muvofiq zimmasiga majburiyatni olishi; 4) ushbu majburiyatlarni bajarish qobiltyatiga ega bo'lishi; 5) uni amalga oshirish uchun xohish-irodaning mavjud ekanligi. Ushbu short I timing bare hast BMT tomonidan. ya ni Xavfsizlik kengashi va Bosh Assambleya hamda tashkdotga a 'zo davlatlar tomonidan baholanishi lozim.
Davlatning huquq subyektliligi xalqaro huquqning boshqa subyektlarining xohish istaklaridan qat’i nazar, lining mavjudligiga qadar saqlanib qolishi lozimdir.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling