Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet34/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Fuqarolik - bu jismoniy shaxs va davlatning bir-biriga nisbatan mavjud | bo'lgan huquq va majburiyatiariga asoslangan uzluksiz huquqiy bog'liqligi.|
Mazkur bog'liqlik fuqaroning yashash joyidan qat’i nazar, tug'ilishi bilan boshlanadi va butun umri davomida yoki fuqaroiikdan chiqishiga qadar uzluksiz davom etadi.
Har bir davlat o'z qonunchiligida (o‘z Konstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy aktlarida) ushbu huquq va majburiyatlarni alohida belgilagan. Masalan, 1992-yilgi 0‘zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqalar. O'zbekiston Respublikasining fuqarolik to'g'risidagi qonunlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul etilgan ushbu Qonundan va O'zbekiston Respublikasining shu Qonunga muvotiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Mazkur Qonunning 1-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o'zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi.
O'z hududidan tashqarida, ya’ni biron-bir boshqa davlat hududida istiqomat qilayotgan davlat fuqarosi o'z davlati bilan yuridik bog' liqlikni uzluksiz saqlab qoladi, ya’ni o'z davlatida ega bo'lgan barcha huquq va majburiyatlarini. davlat oldidagi o'z fuqarolik burchlarini bajarib keladi. Davlat esa, o'z navbatida, o'z fuqarosini qayerda bo'lishidan qat’i nazar davlat himoyasi bilan ta’minlaydi va fuqarolik huquqlarining buzilmasiligini kafoiatlaydi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respubiikasi ham o‘z hududi va uning tashqarisida fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini hinioya qiladi.
Fuqarolikka ega bo‘lish usullari ikkita asosiy guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhda fuqarolikka ega bo’lish sabablari quydigicha:

  • tug*iIganligi uchun;

  • naturalizatsiya, ya’ni fuqarolikka qabul qilinganligi uchun.

Ikkinchi guruh esa in’om etish yoki istisno tariqasida:

  • trasfert (katta aholi guruhiariga avtomatik ravishda fuqarolikni taqdim etish);

  • optatsiya (fuqarolikni tanlashda);

  • reintegratsiya (fuqarolikni tiklashda);

  • fuqarolikni in’om etishda.



Inson tug'ilganida davlat tomonidan fuqarolik avtomatik ravishda taqdim etiladi, ya’ni mazkur tug'ilgan jismoniy shaxsning xohish-istagidan qat’i nazar. Bu fuqarolikka ega bo'lish turi filiatsiya deb ataladi, jismoniy shaxsning kelib chiqishiga qarab davlat tomonidan beriladi. Filiatsiya hoiatida ikki xil prinsip qo‘llanishi mumkin. Birinchisi, milliy, ya’ni qon huquqi (jus sanguinis), ikkinchisi esa tuproq huquqi, ya’ni hududiy (jus soli) deb ataladi.




Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling