Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet36/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Repatriatsiya - bu o'zining tarLxiy vataniga qaytish deb tushuniladi va I tnazkur tushuncha. asosan, majburan ko'chirilgan shaxslar, qochoqlar, emigrantlar, I asirga tushgan shaxslar uchun qo'llaniladi. ■ ; ■
Masalan, yahudiylarni Isroilga. ya’ni ularning tarixiy Vatanlariga qaytarilishi; repressiyaga uchragan va Uralorti hamda O'rta Osiyo davlatlariga ko'chirilgan polyakiarning Polshaga qaytarilishi va boshqaiar.
Fuqarolikni yo'qotish va fuqarosizlik
Xalqaro huquqda fuqarolikni yo'qotish holatlari ham mavjud. Fuqarolikni yo'qotishning uch xil shakli mavjud: avtomatik ravishda, fuqarolikdan ixtiyoriy chiqish va fuqarolikdan mahrum etilish.


Avtomatik ravishda fuqarolikni yo'qotish jismoniy shaxs tomonidan boshqa bir davlatning fuqaroligini olganida yuzaga keladi (ekspatriatsiya erkinligi doktrinasi asosida).
Ekspatriatsiya - bu vaqtinchalik yoxud doimiy ravishda, ixtiyoriy yoki j majburiy ravishda o‘z Vatani hududidan chiqarib yuborilish, ya’ni bu doktrinada i jismoniy shaxsning o‘z ixtiyoriga ko'ra fuqaroligining to'xtashi va Vatanini tark ! etishi nazarda tutilgan,I
Hozirgi paytda avtomatik ravishda fuqarolikni yo'qotishdan ko'pchilik davlatlar o‘z qonunchiliklarida voz kechgan.
Fuqarolikdan ixtiyoriy chiqish manfaatdor jismoniy shaxsning o‘z ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi. Fuqarolikdan chiqish shartiari va tartibi mazkur davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi. Ko’pchilik davlatlarning qonunchiligiga ko’ra jismoniy shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa yoki sud hukmi kuchga kirgan bo1 Isa,, fuqarolikdan ixtiyoriy chiqish amalga oshirilmaydi.
Fuqarolikdan mahrnm qilish - asosan jismoniy shaxsning ixtiyoriga qarshi amalga oshiriladi va uning rna’lum bir xatti-harakatlari natijasida davlat tomonidan qo'llaniiadi
Bu juda og’ir sanksiya va hozirgi paytda ko‘pchilik davlatlar bunday sanksiyadan voz kechgan. Fuqarolikdan mahrum qilish sobiq SSSRning qonunchiligida 1980-yillargacha mavjud bo'lgan.
Ma’lum bir holatlarda jismoniy shaxs ikki fuqarolik maqomiga ega bo'lishi mumkin - bipatrizm, ya’ni ikki davlat fuqarosiga aylanishi mumkin.
I Bipatrid - ikki davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxs]
Ba’zi holatlarda ikkidan ortiq davlatlarning fuqarosi bo’lish ham mumkin, lekin bu holat kamdan kam uchraydi. Ikki fuqarolik eng ko‘p uchraydigan holat. Bu holat faqatgina qaysi ikki davlatning qonunchiligida ikki fuqaroiikka ruxsat berilgan bo‘lsa, faqat mazkur ikki davlat fuqarolariga tegishlidir. Ammo ikki fuqaroiikka ega bo:lgan jismoniy shaxslarga bir qator qulayliklar mavjud bo’lgani bilan noqulay holatlar ham, ya’ni turli kolhziyalar yuzaga keladi. Uning sabablari ikki davlat tomonidan jismoniy shaxs uchun nafaqat huquqlar, balki majburiyatlar ham mavjudligidir. Masalan, harbiy xizmatni ado etish, soliq to'lovlarini amalga oshirish va hokazo. Shuning uchun ham ko’pchilik davlatlar bipatrizmga qarshilik bildiradi. 1930-yilgi Fuqarolik bo'yicha qonunchilikdagi kolliziyalaming ba’zi masalalari bo’yicha Gaaga konvensiyasida ikki fuqaroiikka qarshilik bildirilib, bir fuqarolikning afzalligi haqida bayon qilingan. Bundan tashqari, 1930-yilgi Ikki fuqarolikda harbiy majburiyatlar bo'yicha Gaaga protokolida ikki yoki undan ortiq fuqaroiikka ega bo'lgan shaxs eng ko;p istiqomat qiluvchi davlatda harbiy xizmat majburiyatini ado etadi va boshqa fuqaroligi bo'lgan davlatda harbiy xizmatdan ozod etiladi deb ta’kidlangan.
Turli davlatlar qonunchiligi o’rtasidagi yuzaga kelgan fuqarolik masalalari bo'yicha kolliziyalar sababli jismoniy shaxs umuman fuqaroliksiz bo‘lib qolishi ham mumkin.
і Apatrid - fuqaroligi boMmagan shaxs
Masalan, oldingi fuqaroligini yo'qotgan jismoniy shaxs ba’zi bir kolliziyalar yoki boshqa subyektiv sabablarga ko'ra boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo'la olmaganida apatrid maqomiga ega bo'lib qolishi mumkin.
Fuqarosizlik absolut va nisbiy bo'lishi mumkin.


Absolut apatrizm jismoniy shaxsning tug'ilgan vaqtidan boshlab yuzaga keladi, nisbiy apatrizm esa jismoniy shaxsning fuqaroligini yo'qotganida yuzaga keladi. Apatrid maqomi juda salbiy natijalarga olib kelishi mumkin, chunki fuqarolarga mansub bo‘lgan huquqlar bilan to'laqonli ravishda foydalana olmaydi hamda yashab kelayotgan davlatga nisbatan fuqarolik burchlarini ado etmaydi. Har bir davlatda apatridiarning huquqiy maqomi har bir davlatning o‘z ichki qonunchiligi bilan belgilanadi. Ammo ko'pchilik davlatlarda fuqarolik bo‘yicha o‘z milliy qonunchiligi 1954-yilgi Apatridlar maqomi to'g'risidagi Konvensiya, 1961-yiigi Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risidagi konvensiyalarning norma va prinsiplariga moslashtirib shakllantirilgan. 1954-yilgi Apatridlar maqomi to'g'risidagi konvensiyada apatridiarning huquqlarining chet elliklarni huquqlari bilan tenglashtirilishni davlatlardan talab qiladi. 1961-yilgi Fuqarosizlikni kamaytirish to'g'risidagi konvensiyada esa fuqarolikdan mahrum etish fuqarosizlikka olib keladigan bo'lsa, man etiladi. Faqatgina yangi fuqarolik olish sababi sharti bilan fuqarolikdan mahrum etish, ya’ni fuqaroiikni tugallash mumkinligi qat’iyan belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasida O'zbekiston Respublikasi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvoftq ta’minlanadi. Ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarini ado etadilar deb belgilangan,

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling