Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet37/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Chet el fuqarolari
Chet el fuqarosi - ma’lum bir davlatning fuqarosi bo'lmagan, ammo uning hududida doimiy yoki vaqtincha ravishda istiqomat qiladigan va, albatta, boshqa bir davlatning fugaroligiga ega bo'lgan jismoniy sbaxsdir,
Наг bir daviat o"z ixtiyoriga ko‘ra chet el fuqarolarining o‘z hududiga kiritish tartibini hamda ularning yashash shartlarini o’z qonunchiligi asosida hal qiladi. Ma’lumki, ko'pchilik davlatlar o‘z hududiga chet el fuqarolarining kirib kelishi uchun ma’lum vaqtga maxsus ruxsat(viza) berishlari kerak. Ma’lum bir hududiy tashkilotlar doirasida mintaqaviy kelishuv asosida viza rejimi bekor qilingan. Masalan, MDH davlatlar doirasida 1992-yilgi MDH davlatlari fuqarolarining ishtirokchi davlatlar hududida vizasiz harakatlanishi to‘g‘risidagi Kelishuv asosida vizasiz rejim qo'llaniladi.
Yevropa Ittifoqi doirasida esa ham a’zo davlatlar uchun vizasiz rejim o‘rnatilgan. Chet el fuqarolari uchun yagona viza doirasi, ya’ni Shengen zonasi mavjud.
Har bir davlatda chet el fuqarolari uchun o‘z huquqiy rejimi mavjud, ya’ni ularning huquq va majburiyatlarini davlatning jchki qonunchiligi va xalqaro huquq normalari doirasida belgilanadi. Davlatlar. amaliyotida quyidagi chet el fuqarolari uchun huquqiy rejimlarga rioya qilinadi:

  1. milliy rejim mazkur davlatning chet el fuqarolariga davlatning o'zini fuqarolariga mansub bo'lgan barcha huquqiarni taqdim etish. Ya ni chet el fuqarolari davlatning o'zini fuqarolari bilan huquqlari tenglashtirilish; i; ;

  2. maxsus rejim — milliy qonunchilikka ko‘ra yoki xalqaro huquqiy normalarga rioya qilgan holda chet el fuqarolari uchun maxsus huquqlar taqdim etish;

d) ко ‘proq qulaylik yaralish rejimi — chet el fuqarolari uchun maksimal darajada daviat tomonidan qulayliklar yaratish. Mazkur rejim asosan davlatlararo shartnomalarda e’tirof etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon xalqaro huquqida daviat tomonidan o‘z ftrqarolarining boshqa daviat hududida himoya qilinishi diplomatik va konsullik vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolari harbiy xizmatni ado etmaydi, lekin ba’zi davlatlarda (Rossiya, AQSH, Fransiya) shartnoma asosida harbiy hizmatga yo'llanishlari mumkin.
Chet e] fuqarosining oddiy fuqarolardan ikki barobar mas’uliyati ko'proq bo‘ladi, chunki u istiqomat qilayotgan yurisdiksiya ostida hamda o‘z davlatining yurisdiksiyasi ostida hisoblanadi va ikkala davlat oldida majburiyatlari mavjud. Chet ellik fuqarolarning rnaqomi xalqaro huquqda 1985-yilgi BMTning fuqaro bo‘lmagan shaxslarga tegishli inson huquqiari Deklaratsiyasida hamda 1928-yilgi Amerikalararo chet elliklar rnaqomi to‘g‘risida Konvensiyalarda aks ettirilgan. Ushbu hujjatlarda har bir daviatning chet elliklarga nisbatan o’z rejim o'rnatish huquqi, har bir chet el fuqarosiga o‘z davlatining diplomatik va konsullik vakolatxonasiga murojaat qilish imkoniyatini yaratib berilishi, chet el fuqarolarining istiqomat qilayotgan davlat oldidagi majburiyatlari va boshqalar belgilangan.
1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktda belgilangan har bir huquq fuqarolar va chet el fuqarolari uchun bir xilda kamsitishsiz davlat tomonidan ta’minlanishi shartligi ta’kidlangan.
Ba’zi istisno holatlarda ma’lum huquqlar faqat fuqarolarga yoki faqat chet el fuqarolariga tegishli bo'lishi mumkin.
Barcha chet el fuqarolari istiqomat qilayotgan davlat oldida javobgarlikga egadirlar. Ko‘pincha chet el fuqarolari istiqomat qilayotgan davlat hududida jinoyat sodir etganlarida, mazkur davlat qonunchiligi bo'yicha javobgarlikga tortiladilar (Rossiya Federatsiyasi). Lekin ushbu holatda ikki davlat o'rtasidagi ikkit omonlama shartnomalarda yoki boshqa xalqaro shartnomalarda belgilanligiga qarab chet el fuqarosi javobgarlik amalga oshiriladi.
1963-yilgi Konsullik aloqalari bo'yicha Vena Konvensiyasining 36-moddasiga koTa chet el fuqarolari istiqomat qilayotgan davlat vakolatli organlari konsullik vakolatxonasiga mazkur okrugga tegishli fuqaro qamoqqa olingani haqida ma’lumot berishi shart. Masalan, ushbu Konvensiyaning normasining buzganligida AQSHni ayblab bir qator davlatlar (Meksika, Paragvay, GFR) BMTning Xalqaro sudiga murojaat qilganlar. Sud AQSH tomonidan norma buzilishi holatini tasdiqiagan (La Grand ishi bo yicha Sud qarorlari, 2001-yil).
Ekstraditsiya - jinoyat sodir etgan jinoyatchini ma lum bir davlat tasarrufiga berish
Chel el fuqarolari jinoyat sodir etgan hollarda mazkur fuqaro istiqomat qilib turgan va uning hududida jinoyat sodir etilgan davlat tomonidan ekstraditsiya amalga oshiriladi. Yoki uchinchi davlat hududida jinoyat sodir etilgan daviatga jinoyat sodir etgan chet el fuqarosi beriladi,
ya’ni ekstraditsiya qilinadi. Ushbu holatda ikkita elementni aniqlash kerak: jinoyatchining fuqaroligini va jinoyat sodir etilgan hududni. Ekstraditsiya ikki yoki ko'p tomonlama xalqaro shartnoma yoki bitimlar asosida amalga oshiriladi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling