Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ad referendum
- Konferensiyaning yakuniy aktini imzolash.
- To‘liq imzolash
- Xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish
- Xalqaro shartnomalarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish
- Ozgartirish” va “qayta ko‘rib chiqish”
- Xalqaro shartnomalaming vaqt va hudud bo‘yicha amal qilishi
- Shartnomaning vaqt bo‘yicha amal qilishi.
Parafirlash (initialing - ingliz tilidan olingan bo'lib, initsial, ilk, boshlang'ich degan ma’nolarni anglatadi) - oldindan xomaki imzolash, uning yordamida shartnoma matnning ttTg'ri, ishonchliligi aniqlanadi. Bu jarayon vakiliari tomonidan matnning har bir betiga o‘z ismining bosh harflarini yoki belgilarini qoyish bilan amalga oshiriladi. Matn so’ngida imzo bo‘lishi kerak bo'lgan joyga belgi qo'yilmaydi. Bunday tartib to‘liq imzolash emasligiga shubhalar qolmasligi uchun qo‘llaniladi.
Ad referendum imzolash (ma’qullanguncha) - oldindan imzolash tvri bo‘lib, vakillaming shartnoma matni borasida yakuniy roziligini, biroq ularga vakolat bergan hukumat yoki davlat organi tomonidan keyinchalik ma’qullash zaruratini nazarda tutgan holda kelishishlarini o‘zida aks ettiradi. Konferensiyaning yakuniy aktini imzolash. Xalqaro konferensiya tugagandan so ng aksariyat holatlarda qabul qilingan shartnoma yoki shartnomalaming matni hamda boshqa aktlar, bayonnomalar, ariza va boshqalami ozida mujassamlovchi yakuniy (xulosaviy) akt qabul qilinadi. Shu jumladan, shartnoma huquqi haqidagi ikkaia Vena konvensiyalari ham yakuniy aktlar tuzish bilan tugatilgan. Akt konferensiyasi ishtirokchilarining barchasi tomonidan imzolanadi. Aktning imzolanishi shartnoma matnining autentifikatsiyalanganligini bildiradi, u shartnomani imzolash kabi ko‘rib chiqilmaydi. To‘liq imzolash — matnning autentifikatsiyasidan tortib shartnoma shartlariga rozilikni aks ettirishgacha bo'lgan turli ma’nolarga ega. Bu holat BMTning Xalqaro sudi tomonidan ham belgilangan. Genotsid haqidagi konvensiya shartlari haqidagi konsultativ xuiosada Sud: “alohida holatlarda turlicha bo‘lgan Xalqaro konvensiya imzolanishining yuridik mohiyati haqidagi masalaga murojaat etmay, Sud imzoni konvensiyada ishtirok etishga ilk qadam deb hisoblaydi” deb bayonot bergan. Shunday qilib, shartnoma matnining autentifikatsiyasi birorta yuridik majburiyatlaini keltirib chiqarmaydi. Istisno tariqasida yuridik kuchga ega bo'lgan unda ishtirok etishning rasmiylashtiriiish tartibi haqidagi qarorni aytib o'tish lozim. Shunga qaramay, bunday matn xalqaro huquq uchun ahamiyatsiz emas. Matn shartnoma amaliyotining xilma-xilligini aks ettirish bilan birga, oddiy normalaming shakllanishiga ta’sir ko'rsatadi. Ko‘pchilik huquqshunos olimlar bunday ma’noni shartnoma loyihalari, eng awala, ko'ptomonlama shartnomalar loyihalarida ham mavjud deb hisoblaydilar. Xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish • .1 Rozilik bildirish tartibi kelishayotgan tomondan belgilanadi. Bunda eng asosiy rolni davlatning konstitutsiyasi egallaydi. Shartnomaga uni qabul qilish yoki ratifikatsiya qilish davlatlar tomonidan, ulaming konstitutsion protseduralariga mos kelgan holda amalga oshirilishi haqidagi holatning kiritiIganligi ko'p uchraydi. Boshqa holatlarda, masalan, YLTNESKOning Nizomida shunchaki shartnomaning “qabul qilinishi” (aksepti ma’quilanishi) gapiriladi. Labeyri-menaxem “qabul qilinishi” atamasi BMTning maxsus tashkilotlari konvensiyalarida juda keng qo'llaniladi deb e’tirof etadi. Bu aksariyat yuristlarning fikricha, parlament tomonidan majburiy ratifikatsiya qilishdan qochish uchun qilinadi. Xalqaro hamjamiyat tajribasini hisobga olgan holda Vena konvensiyalari davlatlar uchun shartnoma majburiyatlariga rozilik bildirishining quyidagi usullarini belgiladi: imzolash, hujjatlar almashish (shartnomani tashkil etgan hujjatlarni almashish), ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qoshilish yoki kelishib olingan boshqa har qanday usul (11-modda). Kelishuv bo'yicha u yoki bu usulni aniqlash kelishib olayotgan tomonlarning huquqi deb aytilgan va faqat tipik (xarakterli, bir turdagi) usullar beigiiangan. Davlat yoki xalqaro tashkilotlarning, shartnomaning ular uchun majburiyatlariga o‘zaro hujjat almashish usuli bilan bildirayotgan roziIiklari bu almashish orqali amalga oshiriiadi, agarda: ushbu hujjatlarda ulaming almashishlishi shunday kuchga ega ekanligi ko‘zda tutilgan bo'lsa; bu davlat yoki tashkilotlarning kelishuvi boshqacha o'rnatilgan bo'lsa, vaziyatdan kelib chiqib, hujjatlar almashishi o‘sha o'rnatilgan usul kabi kuchga ega bo'lishi lozim. Bu shartlar yuridik aharniyatga ega. Aksariyat hollarda hujjatlar almashish shartnoma tuzish bilan yakunlangan. Biroq notalar yoki alohida kelishishib olishlarning o'zi ham ko'p hollarda ratifikatsiya qilish va ma’qullash zaruratini ko'rib chiqadi. Bu bilan bog'liq bo'lgan ajoyib holat, notalar (hujjat, yozuv) almashish yo'li bilan bildirilgan kelishuv, o’z xarakteri kuchidan kelib chiqib, faqat bir tomonning parlamenti tomonidan ma’qullash zaruratini ko'rib chiqilgan. Odatda nota yoki xatlar biian almashilinadi. Ko'p hollarda bunday almashish boshqa davlatning diplomatik vakilli tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat tashqi ishlarining ro'yxati yoki yozuvi (vedomost) ham notalar almashishi biian tuziladi. Almashtirilayotgan hujjatlar bir xil, awaldan kelishilgan tarkibda tuzilgan bo'ladi. Bu turdagi kelishuv hujjatlar almashtirilgan daqiqadan boshlab kuchga kiradi. Taklif qilinayotgan kelishuv (shaiinoma) loyihasi ko'p hollarda notalarda tasvirlanadi. Rozilikni bildiruvchi javob hujjatlar qabul qilinishi biian shartnoma tuzilgan hisobianadi. Ratifikatsiya (ratum facere - lotincha qonuniy kuchni tan olish, yakunlash yoki tugallash) - davlat xalqaro shartnomaga yakuniy roziligini bildiradigan, ahamiyati yuqori sanaladigan aktdir. Ratifikatsiyalarga ko'plab (yetarlicha) adabiyotlar bag'ishlangan. Bu masala yuzasidan jiddiy muhokama 1968-1969-yillardagi Xalqaro shartnomalar to'g'risidagi Vena konferensiyasi va Xalqaro huquq Komissiyasida ham bo‘lib o'tgan. Ratifikatsiya — eng qadimgi institutlardan biri bo'lib, davlatlar o‘rtasidagi bir shartnoma biian deyarli bir vaqtda vujudga keladi. Biroq ratifikatsiyaning ma’no mohiyati . o‘zgardi. 0‘tmishda xalqaro munosabatlar subyektlari monarx edi. O'zaro munosabatlar, shaxslar o'rtasida o'matilgan. Shartnomalami rasmiylashtirilishi ham shunday xususiyatga ega bo'lgan. Bundan tashqari, boshqa davlatga vakil qilib jo'natilganlar biian doimiy aloqada bo'lishning iloji bo'hnagan, shuning uchun ham davlat rahbari shartnoma u bergan vakoiatga mos kelishi haqidagi so'nggi so'zni o'zida qoldirgan. Ratifikatsiya Vena konvensiyasida “davlat shartnomadagi o‘z majburiyatlariga roziligini xalqaro doirada bildiruvchi, shunday nomga ega bo‘lgan xalqaro akt” deb e’tirof etiladi. Ratifikatsiya xalqaro akt sifatida belgilanishi o'ziga e’tiborini tortadi. Shu biian birga, u davlatning o‘z ichki qoidalari (huquqlari)ga mos ravishda qabul qiiinadigan huquqiy aktini bildiradi. Ratifikatsiyaning ikkitomonlama xususiyati adabiyotiarda doim e’tirof etib kelinadi. Ratifikatsiya konstitutsion ma’noda davlatning teng huquqli idorasining shartnoma biian bog’liq ekanligiga roziligini bildiruvchi akt. Xalqaro doirada ratifikatsiya yordamida kelishuv xalqaro huquqiy ma’noni kasb etuvchi jarayonni o'zida namoyon, etadi va xalqaro hodisalarni keltirib chiqaradi. Shartnoma to'liq holda qabul qilinadi. Shannomaning bir qismi, ya’ni ratifikatsiyasi qonuniy emas. Davlatning ratifikatsiya haqidagi normativ aktiga shartnoma tuzish jarayonidagi kelishuvlar, rasmiy hisobotlar kiradi. Bundan tashqari, ratifikatsiya qilinayotgan idoraning bayonoti, masalan, shartnomaning u yoki bu holatini izohi kiritilishi ham mumkin. Bu turdagi bayonot yuridik kuchga ega bo’lmagan davlat idorasining o’z fikr va mulohazalarini aks ettiradi va faqatgina boshqa taraf tomonidan e’tirof etilganidagina ahamiyatga ega bo‘ladi. Ratifikatsiya aktida shartnomaga biror-bir tuzatish kirilish haqida fikr yoki taklif kiritib bo’lmaydi. Bu holatlar ichki tartib qoidalarda ham oz aksini topgan. Fransiyaning milliy Kengashi reglamentiga binoan, shartnoma yoki kelishuvning ratifikatsiyasini amalga oshirish vakoiatiga ega bc‘lgau qonun loyihasini ko’rib chiqishda alohida moddalar yuzasidan ovoz berish o'tkazilmaydi va tuzatish taklif qilinmaydi. Nazariya va amaliyotda biror marta shartli ratifikatsiya haqida savol paydo bo’lmagan. Shartnomani ratifikatsiya qilayotgan davlat ratifikatsiya yorlig’ini (gramotasini) almashtirish yoki saqlash uchun topshirishga majbur emas. Agar u shartnoma ratifikatsiyasidan bosh tortsa, u holda yorliqlar bilan almashishni amalga oshirmasa ham bo’ladi. Gramotaning ikki qismida shartnomaning matni, jumladan, ilovalar, izohlar, bayonnomalar, agar ular qilingan bo’lsa. Yakuniy qismda shartnoma ma’qullanganligi va shartnomaga qafiy amal qilishi aytiladi. Gramotalarga davlat boshliqlarining irnzosi va davlat muhri bosiladi. Pastida tashqi ishlar vazirining imzosi va muhri bosiladi. Gramota davIatlaiming bayroqlari rangidagi ipak shnurlar bilan tikiladi. Odatda gramotalar davlat greblari tushirilgan muqovali bo’ladi. Endi shartnomaning qabul qilinishi haqida. Bu ikki harakatlar qiyosiy yangi ko’rinishini namoyon etadi. Ular xalqaro huquq amaliyotida taxminan XX asming o’rtalarida tarqala boshladi. “Qabul qilish” atamasi ikkita har xil jarayonni qamrab oladi. Agar shartnomani navbatdagi qabul qilish bilan imzolash ko’zda tutilgan bo'lsa, u holda xalqaro doirada bu holat shartnomaning galdagi ratifikatsiyasi bilan imzolash zarurati ko'zda tutilayotgan holatdan farq qilmaydi. Agarda shartnomada u imzolashsiz “qabul qilingan7’ bo’lishi mumkinligi belgilangan bo’lsa, u holda bu vaziyat qo’shilish (jarayoni)dan farq qilinmaydi. Amaliyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, “ratifikatsiya” va “qabul qilish” atamalari deyarli bir xil ma’noda ishlatiladi. Qo’shilish imzolanmagan va, albatta, shartnomaning tayyorlashda ham ishtirok etmagan subyektning shartnoma majburiyatlariga roziligini bildiradi. Rozilik bildirish faqat qo’shilish yo'li bilangina bildirilishi mumkin bo’lgan ko‘p tomonlama shartnomalar kamdan к am. Adabiyotlarda qadimdan “accession” (qo’shilish, to’ldirish) va “adhesion” (rozilik) o'rtasida farqlash bo'lgan. Birinchi atama shartnomani imzolamagan davlatning shartnomani barcha holatalarini, unda to'liq qatnashishini qabul qilganligini angtatadi, ikki atama shartnomaning faqat ayrim holatlarini qabul qilishni bildiradi. ilova — har qanday norn ostida davlat yoki xalqaro tashkilotning shartnomaga roziligini bildirishi jarayonida, qabul qilgan shartnomaning ma’lum bir holatini ilova muallifiga qo'llashdagi uning yuridik harakatini o‘zgartirish yoki olib tashlashga oid bir tomonlama bayonoti. Bundan kelib chiqadiki, aktni ilova sifatida belgilashning hal qiktvchi sharti uning nomi emas. balki uning inaqsadi, obyekti — ilova muallifiga qo‘llaniladigan shartnomaning ayrim holatlarining yuridik harakatini o'zgartirish yoki olib tashlash hisoblanadi. Shu bois asosiy ahamiyatli narsa, aktning nomlanishi emas, ilova bilan ish olib bormoqdamizmi yoki yo'qmi. masalan. shartnomaning e’tirof etilishi talqin qilinishi haqidagi bayonot, aniqiab olish uchun uning maqsadi hisoblanadi. Ilova shannomaga rozilik bildirishning barcha turida qilinishi mumkin: imzolashda, ratifikatsiya qilishda, rasman tasdiqlashda, shartnomani qabul qilish yoki ma’qullashda, qo'shilishda yoki shartnomaning huquqiy samarasi (boshqa huquqlar bilan mutanosibligi, qo'llanishi) haqidagi bayonotda (huquqiy samaradorlik haqidagi ilovalar bilan bog'liq hotatlarl978-yiidagi davlatning shartnomaga nisbatan boshqa huquqlarning qo'llanishi (huquqiy samaradorlik) haqidagi Vena konvensiyasi tomonidan ko'rib chiqilgan). Xalqaro shartnomalar o'zaro bog'liq normalarning yaxlit, yagona, butun bir tizimidir. Ishtirokchilar qiziqishlari (foydalari) mutanosibligi, bir taraf uchun foydaliroq bo'lgan holat, boshqalar uchun ham foydaliroq bo'Igan holatlar bilan kompensatsiya qilinadi, bularning barchasi xalqaro shartnomada o'z aksini topadi. Shuning uchun umumiy qoida shartnomani faqat to'liq qabul qilinishi mumkinligidan iborat, ya’ni umumiy qoida shartnomani butun, yaxiitl igicha qabul qilish. Biroq qiyosiy olib qaraganda, shunday holatlar ham mavjudki, ularda shartnomaning o'zida uning ayrim holatlarini qabul qilish ko'zda tutilgan bo'ladi. Bunday holatlar Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalaridan ma’lum. Bundan ham kam uchraydigan holat, bu tomonlar davlat yoki tashkilotlar shartnomadagi majburiyatlaming faqat bir qismiga rozilik bildirishi haqida kelishib olishadi, Bu toifadagi holatlar uchun Vena konvensiyasining 17-moddasida ushbu qoida o'matilgan. Bu qoidaga binoan shartnoma majburiyattaining bir qismigagina rozilik, agarda bu shartnomada ruxsat etilgan bo’lsa, bu tcrg'risida tomonlar o‘zaro kelishib olishgan bc‘lsa. kuchga ega deb hisoblanadi. Shu bilan birga, bu holat ilovalar haqidagi moddalarga ziyon yetkazmasligi aytib o‘tilgan. Shartnomaning qismi majburiyatlariga rozilik, uning holatlari orasida tanlash imkonini beruvchi rozilik. agarda rozilik bu holatlaming qaysi biriga berilganligi aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, kuchga ega bohadi. Shartnomaning kuchga kirishi tomonlar uchun yuridik majburiyatga aylanganligini bildiradi. Bu holat umume’tirof etiigan holat hisoblanadi. Kuchga kirish tomonlarni shartnoma hoiatini qabul qilishga yuridik jihatdan mas’ul qiladi (tomonlarga shartnomaning holatlarini qabul qilishday yuridik majburiyatni yuklaydi). Shu o‘rinda boshqa bir holatlar ham ma’lumki, ularda shartnomaning kuchga kirishi, shartnomaning hoiatini belgilangan vaziyatlarda qabul qilish majburiyatni yuklaydi. Shartnomaning kuchga kirishi tomonlar uchun uni yuridik majburiyatga aylantiradi, lekin uni qabul qilish majburiyatini doim ham yuklamaydi. “Kuchga kirish” va “Shartnomani qabul qilish” tu.shunchalari bir-biriga juda yaqin, lekin bir xil emas. Shartnomalarnjng kuchga kirish holati xilma-xildir. Ko‘p narsa shartnomaning xarakteriga va boshqa holatlarga bog'liq. Ba’zan shartnomaning nafaqat kuchga kirish sanasi, balki soati ham belgilab qo'yiladi. Xalqaro shartnomalarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish Jahon taraqqiyotining tez sur’atlarda o‘sishi shartnomalami o‘z vaqtida ko'rib chiqish muammosini tobora dolzarb qilmoqda. Xalqaro tizimning aniq o'zgarishlarini hisobga olganda bu muammo. ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada Ikkinchi jahon urushidan keyingi tajriba muhim ahamiyatga egadir. Urush amaldagi jahon tizimi qanchalik xatarli ekanligini ko‘rsatib berdi. Natijada prinsipial-mafkuraviy tafovutlarga qaramasdan davlatlar BMT Ustavi asosidagi yangi xalqaro- huquqiy tizimni shakllantirishga rozi bo‘lishdi. Sovuq urush tugagandan so'ng yangi munosabatlarni shakllantirilishi natijasida xalqaro shartnomaiar huquqiga o‘zgartirishlar kiritildi. Shu vaqtgacha tomonlarning kelishuvidan tashqari aniq qoidalar mavjud emas edi. Bugungi kunda ko‘p tomonlama shartnomaiar ko'pchilikning roziligi bilan o'zgartiriladi. Umumiy shartnomada alohida o'zgartirishlar kiritilishiga ham уоЧ qo'yiladi. Rasmiy o‘zgartirish kiritmasdan tomonlarning roziligi biian amaliyotda shartnomaning qoidalarini o'zgartirish tartibini belgilash yanada qiyin masala. Xalqaro munosabatlar turii xil va ko‘p qirrali xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar shartnoinalarni shakllantirishda e'tiborga olinadi. U yoki bu sohada hamkorlik haqidagi umumiy xarakterdagi normalar ham mavjud. Ularning asl ma’nosi hamkorlik darajasi va ishtirokchilarning kelishilgan amaliyotidan kelib chiqadi. Imperaliv normalar, masalan, radio to‘lqinlarni tarqalishiga oid normalar ham mavjud. Ular hech qanday o‘zgartirishlarsiz qanday bo‘lsa, shundayligicha qollaniladi. Nihoyat amaliyotda ishlamaydigan normalar ham mavjud. O'zgaruvchan sharoitlarda shartnomaning qcidalari o'zaro kelishuv asosida o‘zrgartiriiishi mumkinligini amaliyot ko'rsatmoqda. Xalqaro munosabatlar o’zgarganda shartnomalarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritiladi. Qo'shimcha va o'zgartirishlar davlatlarning huquq va majburyatlariga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Shartnomaga o'zgartirish kiritish uchun barcha tomonlarining roziligi kerak degan qoida 1871-yilgi London Protokoiida mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra har qanday buyuk davlat o'z shartnomaviy majburiyatlarini faqat “do'stlik kelishuvi orqali erishilgan tomonlarning roziligi” asosida o'zgartirish! mumkin. BMT Kotibiyati huquq departamentining inemorandumida “o'tmishda ko'p tomonlama konvensiyalar dastlabki kelishuvchi tomonlarning umumiy roziligi biian o'zgartiriladi, degan fikr mavjud. Shartnomaga o'zgartirish kiritilganda, shartnoma ruzilgandagi kabi ularsiz shartnomaning maqsadlariga erishib bo'lmaydigan yoki erishishni qiyinlashtiradigan zaruriy ishtirokchilar alohida o'rin tutadi, 1968-yilgi “Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to‘g'risida”gi Kelishuvning zaruriy ishtirokchilari yadroviy qurolga egalik qiluvchi davlatlar hisoblanadi. Kelishuvga ko'ra har bir ishtirokchi o'zgartirish kiritish to'g'risida taklif berishi mumkin. Agar taklif umumiy ishtirokchilarning 1/3 qisrm yoki ko'pchilik ovozi biian qo'llab- quwatlansa, depozitariy barcha tomonlar ishtirokida konferensiya chaqiradi. “Ushbu Kelishuvga o'zgartirishlar shartnomaning barcha ishtirokchilari, shu jumladan yadroviy qurolga egalik qiluvchi, Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlikning Boshqaruv Kengashining a’zolarining ko'pchilik ovozi biian qabul qilinadi”. Hozirda buyuk davlatlar umumiy shartnoinalarni o'ziga moslab qayta ko'rib chiqolmaydi, lekin ular ham doim o'zini qoniqtirmaydigan ko'rib chiqishlarni to'xtalib qo'ya oladiiar. Misol sifatida. 1982-yilgi “Dengiz huquqi to'g‘risida”gi BMT Konvensiyasini ko'rsatish mumkin. AQSH uni imzolashdan bosh tortgan. Hozirda Konvensiyada 145 ta davlat ishtirok etadi va uning normalari xalqaro huquqning normalariga aylandi. Konvensiya imzolangandan 22-yil keyin, 2004-yilda Senatning xorijiy ishlar bo'yicha qo'mitasi uni bir ovozdan mayoqullangan. Shunga qaramasdan AQSH ma’muriyatida butun Konvensiya va dengiz tubi bo'yicha organ qisman AQSH suverinetitiga xavf tug‘diradi degan “arxikonservatik” nuqtayi nazar mavjud. Xalqaro hayotning o'sish dinamikasi natijasida o'zgartirishlar muammosi yanada ko‘p ahamiyat kasb etmoqda. Shaitnomalar tuzilayotganda bu vaqtdagi shart-sharoitlar o'zgarishini hisobga olib tuziladi, shutting uchun o'zgarish kiritish mumkinligi shartnomada nazarda tutiladi. Shartnomalami o'zgartirish huquqi shartnomani tuzish huquqidan kelib chiqadi. “O'zgartirish” va “qayta ko‘rib chiqish” tushunchalari. BMT Ustavining 108-moddasida Lstavga o'zgartirish kiritish, 109-moddasi Ustavni qayta ko'rib chiqishga bag‘ishlangan. BMT Kotibiyatining shartnomaning yakuniy qoidaiari to‘g‘risidagi hujjatda o'zgartirish to'g'risida normaiar va shartnomaning nazorati to'g'risidagi normalar o'rtasidagi farqlar keltirilgan. Birinchisi shartnomaning alohida normlarini almashtirish, ikkinchisi esa shartnomani o'zini almashtirishni ko'zda tutadi. Shartnomani o'zgartirish hajmini e’tiborga oladigan bo'lsak, ko'rsatilgan farq ma’lum ma’noga ega. Lekin u holatda ham bu holatda ham yuridik jarayon bir xil bo'ladi. BMT Ustavining 108-moddasiga ko'ra kiritiladigan tuzatishlar, ular Bosh Assambleya A’zolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinib, Tashkilot A’zolarining Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolarining hammasini qo'shgandagi uchdan ikki qismi ovozi bilan ularning konstitutsiyaviy tartibotiga muvofiq ratifikatsiya qilingach, Tashkilotning barcha a’zolari uchun kuchga kiradi, Xuddi shunday norma 109-moddasida ham ifodalangan. Shu bilan birga. 108-moddani San-Fransisko konferensiyasida muhokama qilish jarayoni quyidagi fikrlar aks ettilrilgan ma’ruza qabul qilingan: “Huquq va majburiyatlari Ustavga o'zgartirish kiritish orqali o'zgartirilgan va bu o'zgarishlardan norozi bo’lgan Tashkilot a’zosi, agar bu o'zgartirish Assambleyaning kerakli ko'pcliilik a’zosi yoki umumiy konferensiyada qabul qilingan va uni kuchga kirishi uchun ratifikatsiya qilishning iloji yo'q bo'lsa, a’zo davlat Tashkilotda qclishi shart emas”. Hozirda London Protokolining normalari ikki tomonlama va cheklangan shartnomalami o'zgartirishga nisbatan qo'llaniladi. Keng tarqalgan ko‘p tomonlama shartnomalami o'zgartirishga nisbatan uning ahamiyati past. Keng tarqalgan ko‘p tomonlama shartnomalami tuzishning birinchi tajribasi tomonlarning o'zaro kelishuvi prinsipi xalqaro huquqning progressiv rivojlanishini to‘xtatib qo'yishi mumkin. 1906-yilda 1864-yilgi “Urush qurbonlarini qismatini yaxshilash to‘g‘risida’gi Jeneva konvensiyasi ushbu Konvensiya qoidalarini bekor qiluvchi yangi konvensiya qabul qilinishi natijasida qayta ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga, 1964-yilgi konvensiya yangi Konvensiyani ratifikatsiya qilmagan davlatlar o'rtasida o‘z kuchini saqlab qoladi. Xuddi shunday norma 1899-yilgi konvensiyani qayta ko‘rib chiquvchi 1907-yilgi “Urush qoidalari va odatiari to;g‘risida”gi konvensiyada ham ifodalangan. Bunday normalar amaliyotda keng tarqalgan. 1949-yilgi “Harakatdagi anniyalarda yarador va bemorlarni qismatini yaxshilash to‘g‘risida”gi Jeneva konvensiyasida: “Mazkur Konvensiya Oliy Ahdlashuvchi tomonlar o'rtasidagi munosabatlarda 1864-yil 22-avgustdagi, 1906-yilgi va 1929-yil 27-iyuldagi konvensiyalar o‘rnida ishlatiladi”.-deyilgan. Hozirgi kunda quyidagi mazmunii o‘zgartirish formulas! keng tarqalgan: har bir a’zo davlat konvensiyalarga o'zgartirish.kiritish taklifi bilan chiqishi mumkin. ko;pchilik a’zolar tomonidan ma’qullagandan keyin o‘zgartirishni qabul qilgan davlatlar uchun kuchga kiradi, keyinchalik qo'shilgan a;zolar uchun qo'shilgan kundan boshlab kuchga kiradi. Ushbu formula ishlatilgan konvensiyalarga misol sifatida 1967-yilgi “Kosmosdan, shuningdek Oy va boshqa samoviy jismlardan foydalanish va tadqiq qilish faoliyatining asosiy prinsipiari to‘g‘risida”gi konvensiya (15-modda), 1968-yilgi “Kosmonavtlarni qutqarish va kosmosga yuborilgan obyektlami qaytib .kelishi to;g‘risida”gi Kelishuv (8-modda), 1972-yilgi “Bakteriologik (biologik) va zaharli qurollarni ishlab chiqish, yighb qo‘yishni taqiqlash va ulami yo‘q qilish to‘g‘risida’’gi konvensiya (11 -modda)larni ko'rsatishimiz mumkin. Ko'rsatib o:tiigan norma umumiy qoidalarni aks ettiradi. Lekin ayriin holatlarda u maxsus shartlar bilan to‘Idiriladi. Bunga yuqorida aytib o'tilgan 1968-yilgi “Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risida"gi Kelishuvning VIII moddasi misol bo‘ladi. Uning zaruriy ishtirokchilari yadroviy qurolga egalik qiluvchi davlatlar hisoblanadi. Shartnomaga o'zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ratifikatsiya qilinmagan bodishiga qaramasdan imzolangandan so'ng umumiy asoslarda hal qilinadi. Qayta ko'rib chiqish masalasi hamkorlikning maxsus shakilari to‘g‘risidagi shartnomalarda va siyosiy shartnomalarda turlicha hal qilinadi. Qayta ko'rib chiqish muommosini hal qilishga xalqaro tashkilotiar ham katta hissa qo’shdi. Bu holat shartnomalar huquqi loyihasi bo‘yicha Xalqaro huquq komissiyasining sharhlarida ta’kidlangan. Tashkilotning ta’sis hujjati yoki u tomondan qabul qilinadigan konvensiyalar Xalqaro Mehnat Tashkilotidagi kabi yaqqol ko'rinadi. Ma’lum ma’noda bu tashkilot homiyligi ostida tuziladigan shartnomalarga ham aloqador. Hozirgi o‘zgargan sharoitlarda xalqaro tashkilotiar ta’sis hujjatlari, shuningdek amaliy faoliyati o’zgarishlarga mosligiga e’tibor berishlari lozim. BMTning ayrim ixtisoslashtirilgan tashkilotlarida ratifikatsiya qilingan nizomning o'zgarishlarini ratifikatsiya qilmaslik nazarda tutilgan (BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Nizomi 19-modda). Ko‘p tomonlama shartnomalaming sonining ko'payishi natijasida kelib chiqishi mumkin boMgan nizolarning oldini olish uchun shartnomada qayta ko‘rib chiqish bo’yicha normalar aks ettiriladi. Natijada shartnomada ko'pchilik tomonidan ma’qullanganda shartiiomaga o'zgartirish kiritish, qolgan ishtirokchilar uchun oldingi shartnoma qoidaiari qo‘llanilishini belgilovchi normalar kiritiladi. Shartnomalardagi o’zgartirish to‘g‘risidagi normalarning tahlili ularning xilma-xilligi va keraklicha aniq emasiigini ko'rsatdi. Ayrim shartnomalarda ushbu takliflami kiritish mumkin bo'igan holatlar keltirilgan, lekin uiarni qabul qilish rartibi, o'zgartirish bilan rozi bo’lmagan tomonlaming huquqiy holati va boshqa holatlar to'g’risida hech narsa deyilmaydi. Umuman olganda. shartnomaviy amahyot tahlil qilinayotgan masalaga nisbatan aniq qoidalar kiritishga yo‘l qo’ymaydi. Xalqaro shartnomalaming vaqt va hudud bo‘yicha amal qilishi Har qanday obyektiv reallik kabi shartnomalar vaqt va hudud bo’yicha amal qiiadi. Shartnoma normalari qaysi joyda va qaysi vaqtda amal qilishi belgilangan bo'ladi, shu sababli u vaqt va hududda amal qilish xususiyatiga ega. Shartnomada amal qilish vaqti va joyi ко rsatilmagan bo'lsa, u sharoitlardan xoli degani emas, chunki u bag’ishlangan hodisa ma’lum vaqt va joyda sodir bo’ladi. Shartnomaning vaqt bo‘yicha amal qilishi. Aniq javob Vena konvensiyasida keltirilgan. Har bir kuchga kirgan shartnoma majburiydir. Rozilik bildirish to‘g‘risidagi bayonnoma moddalar matni qabul qilingandan so’ng kuchga kiradi. Bundan tashqari, shartnomani imzolagan davlatlar va tashkilotiar uni obyekti va maqsadidan mahrum qilishi murnkin boTgan haraktlardan o'zlarini tiyishlari lozim. Kuchga kirganidan so'ng unga qo'shilganlarning ham xuddi shunday majburiyati mavjud (18-modda). Xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalar huquqi normalarini ishlab chiqishda xalqaro huquq Komissiyasi 1969-yilgi Konvensiyadagi orqaga qaytish kuchi to'g'risidagi norma ushbu holatda butuniigicha qoTlanilishi murnkin degan fikrga keldi. Tartibiga ko‘ra ushbu Konvensiya 1969-yilgi konevensiyaning normasini qaytarganligi sababli 1986-yilgi konferensiyada ushbu norma ovoz berishsiz qabul qilingan. “Shartnomalar orqaga qaytish kuchiga ega einas” deb nomlangan moddaga ko‘ra, ushbu Konvensiya kuchga kirguniga qadar mavjud bo'lgan har qanday harakat yoki faktga nisbatan qo‘ilanilmaydi. Shartnomadan boshqacha holat kelib chiqsa, istisno holati bo‘lishi murnkin. Xalqaro sud tomonidan umumiy huquq normalarini tuzishni taklif qiluvchi Vena konvensiyasi normalariga nisbatan bildirilgan fikrlar e’tiborga loyiq. Shimoliy dengizning kontenental shelfi to1 g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorda (1969) Xalqaro sud ko‘p davlatlar “Jeneva konvensiyalarining a’zosi bo‘lganligiga yoki yaqin orada bo'lishi”ga asosianib, quyidagi xulosaga kelgan: ular “konvensiyaning normalari o'zlariga bog‘liq bo'lganligi tufayli real yoki nisbiy uning normalariga asosan harakat qiladilar”. Ushbu normalar faqat alohida shartnorna turlariga, aynan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini belgilovchi universal konvensiyalarga nisbatan qo'llaniladt. Ishtirokchilarning roziligi yangi oddiy normalarga nisbatan “opinio juris” sifatida qaralgan. Ushbu normalar faqat belgilangan shartnomalarga nisbatan qo'llanilishi murnkin. Boshqa hamma shartnomalar, agar tomonlar boshqacha kelishmagan bodsa, kuchga kirganidan keyin amal qiladi. Ortmishda shartnomaga alohida tus berish uchun ular “abadiy” tuzilgan. Hisob-kitoblarga qaraganda bunday shartnomalarga o'rtacha ikki yil amal qilingan. “Huquq ifodalanishining tarixiy shakli sifatida shartnomalar o‘z tabiatiga ko‘ra abadiy bo‘la olmaydi: shu sababli “abadiy muddat zamon va sharoit sezilarli darajada o'zgarmaguncha deb talqin qiiinishi lozim”. Ko'pincha abadiy muddatga tinchlik shartnomalari tuzilgan. Asosan bu chegaralarni belgilashga aloqador. Ko‘p holatlarda bu shartnomalarda amal qilish muddati koTsatilmagan bo'ladi. Tinchlik shartnomalarining boshqa bandlariga kelsak, ularning amal qilish muddati tinchlik, xavfsizlik va hamkorlik manfaatlaridan kelib chiqib aniqlanishi lozim. Shartnomalamingjuda uzoq muddatga tuzlishi tomonlaming adolatsiz holatlarini belgilaydi. 1947-yilda AQSH va Filippin Respublikasining harbiy bazalari to‘g‘risidagi Kelishuv “99 yil muddatda amal qiladi, keyinchaiik tomoniarning xohishiga ko'ra uzaytirilishi mumkin”ligi nazarda tutilgan. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling