Xalqaro huquq


Xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari


Download 3.36 Mb.
bet48/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari
1969-yildagi Vena konvensiyasi “har bir davlat shartnoma tuzish huquqiga ega” deb belgilaydi. Xalqaro tashkilotlar bilan esa boshqacharoq vaziyat. Xalqaro tashkilotlarning hammasi ham bunday huquqqa ega bo'lavermaydi. Bundan tashqari, davlatdan farqli o'laroq ulaming bu huquqi individual hisoblanadi. Bir tashkilot aynan bir munosabatlarda boshqasidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Shuni hisobga olgan holda 1986-yildagi “Xalqaro tashkilot va davlat yoki xalqaro tashkilot va xalqaro tashkilot o‘rtasidagi shartnomalar huquqi to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasi quyidagi holatni o‘rnatdi:
“Xalqaro tashkilotning shartnoma tuzish huquqi shu tashkilot qonun- qoidalari bilan tartibga solinadi” (6-modda). “Tashkilot qonun-qoidaiari” deganda, qisman tashkilotning ta’sis hujjatlari, ularga mos ravishda qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalar, yana tashkilotning o'rnatilgan tajribalari tushuniladi (2-modda).
Bu holatlar o‘ta muhim vaziyatlami - shartnomalararo munosabatlarda turli tashkilotlarning vakolatlari tubdan farq qilishini inobatga oiadi. Bunda tajriba yordamida tashkilotlarning qonun-qoidaiari jadal va bir xilda bo‘lmagan holda rivojlanadi. Shuning uchun, Xalqaro huquq Komissiyasi izohida aytib o‘tilganiday eslatib o‘tilgan modda loyihasida “kodifikatsiya kuchga kirgan vaqtdan boshlangan tajriba emas, balki ushbu qonun-qoidaiari bilan to'plangan tajriba koTami bilan tashkilotning qonun-qoidalarini o‘zgartirish yoki to'ldirish imkoniyatining o‘zi” nazarda tutiladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, yaxlit qonun o'rnatish bilan tashkilotlarning imkoniyatlarini cheklamaslikka qaror qilingan.
Matnni qabul qilish
Matnni qabul qilish shartnoma mazmuniga rozilik bildirilganligining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Lekin matnni qabul qilish uchun ovoz berishda davlat hech qanday darajada uning qoidalariga o‘zini bog‘lamaydi.
O‘tmishda hamma uchun umumiy - shartnoma matni kelishuv ishtirokchilarining barchasi tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin, degan qoida mavjud edi. Ko‘p tomonlama tuzilayotgan shartnomalarda ishtirok etuvchilar sonining ko'payishi amaliyotda matnni ko'pchilik ovoz bilan qabul qilishni imkoni yo‘qligini taqozo etdi. Bunda bir ovozga kelishni talab qilish demokratiya hisoblanmaydi, zero u bitta yoki bir nechta davlatning ko'pchilik ishtirokchilarni ovozini ham yo’qqa chiqaruvchi rozilikni to'sib qo'yishga olib keladi.
Shuni inobatga olgan holda, Xalqaro huquq Komissiyasi bir ovoz, yaxlit kelishuv qoidasini ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar, ishtirokchilar soni uncha ko‘p bo‘lmagan shartnomalar uchun saqlab qoldi. Keng hisoblangan ko‘p tomonlama shartnomalarda esa ishtirokchilarning uchdan ikki qismi ovoz berish qoidasini o'matishni taklif etdi. Bunda kelishuv ishtirokchilari boshqa qoidalarni ham o'matishlari mumkin. Bu taklif Vena konferensiyasida xalqaro huquqning jadal rivojlanishi sifatida baholandi.
Shartnoma matni konsensus yo'lida qabul qilinishi mumkin. Bu shartnomani ovoz berishsiz, barcha tomonlarning rozilik kelishuvlari va rasmiy e’tirozlarsiz qabul qilinishidir.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling