Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reyn.
- Xalqaro kanallar
- Antarktikaning xaiqaro huquqiy rejimi I Xaiqaro liuquqda Antarktika
Dunay. 1948-yildagi Dunayda kemalar harakatlanishi rojimi bo’yicha Konvensiyada savdo kema qatnovining qoidalariga rioya etilgan holda barcha fuqarolar. savdo kemalari va savdo tovarlari uchun teng huquqlik asosida harakatlanish rejimi ochiq va erkin hisoblanadi.
Dunay bo'ylab qirg‘oqbo‘yi davlatlar bo'ltnagan davlatlarning harbiy kemalari harakatlanishi taqiqlanadi. Dunay daryosida kemalar qatnovini tartibga solish nazorat mexanizmi sifatida Dunay komissiyasining faoliyati katta ahamiyatga ega. Masalan, Dunay komissiyasi 1970-yil Dunay bo'yicha harakatlanish qoidalarini ishlab chiqqan va anialda qo‘!lagan, Reyn. Reyn daryosi bo'ylab kemalarning harakatlanishi bo'yicha 1868-yilgi Mangeym konvensiyasi qabul qilingan. Mazkur Konvensiya Reyn daryosi bo!ylab kemalar harakatlanishi rejimi bo'yicha 1831-yilgi konvensiyani qaytadan ко'rib chiqilgan shakli hisoblanadi. Ushbu hujjatda qirg'oqbo'yi bo'lgan va bo'lmagan davlatlar uchun kemalar harakatlanishi bo'yicha rejimlar o'matildi. Ya’ni konvensiyaga ko'ra qirg'oqbo'yi bo'lgan va bo'lmagan davlatlar uchun bir xil teng rejimlar faqatgina Reynbo'yi davlatlarning kemalari uchun belgilangan. 1919-yilgi Versal shartnoinasiga ko'ra konvensiyaga qirg'oqbo'yi bo'lgan va qirg'oqbo'yi bo'lmagan davlatlarning kemalari uchun rejimlarni tenglashtirish bo'yicha bir qator o'zgartirishlar kiritildi. Llndan tashqari, Reyn daryosi bo'ylab kemalar harakatlanishi bo'yicha Markaziy komissiya a’zolari qatoriga Buyuk Britaniya, Itaiiya, Belgiyani kiritdi. Bundan tashqari, 1922-yilgi Markaziy komissiya tomonidan Reyn bo'ylab kemalami harakatlantiruvchilar uchun patenlar berish rejimi qabul qilingan. 2002-yilda Markaziy komissiya tomonidan Mangeym konvensiyasiga qo'shimcha №7 Prolokol qabul qilindi. Unga ko'ra, Reyn bo'ylab harakatlanish uchun kerakli hujjatlar faqat Reynbo'yi davlatlar tomonidan emas, balki Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan ham berilishi mumkinligi tasdiqlandi. Xalqaro kanallar Xalqaro kanallar - bu okean va dengizlami birlashtiruvchi va quruqlik hududni kesib o'tuvchi hamda xalqaro kemalar harakatlanishi yo’lida foydalaniladigan sun'iy gidrotexnik qurilmalar, Ular dengiz kengliklami eng qisqa va qulay yo'llar bilan kesib o'tgan holda davlatlar uchun iqtisodiy, navigatsion tomonlama samarali hisoblanadi. Xalqaro kemalami harakatlanishi uchun katta ahamiyatga ega kanalar sifatida Suvaysh, Panama, Kil kanallarini ko'rsatish mumkin. Mintaqaviy muhim kanallar qatoriga esa Korinf va Saymen kanallari kiradi. Ularning xalqaro xarakteri, awalombor, ulaming jo'g'rofiy joylashishlariga bog'liq. Masalan, Atlantik va Tinch okeanlarini Panama kanali bog'lab turadi. Hind okeaniga chiqadigan O'rtayer dengizi va Qizil dengizlarni Suaysh kanali bog'laydi, Atlantika okeaniga chiqadigan Baltika va shimoliy dengizlarni Kil kanali bog'laydi, Korinf kanali uch dengizni - Egey, lonika va Adriatikalar, Saymen kanali esa Sayma ko'llarini, Boltiq dengizini Fin qo'Itig'i bilan bog'laydi. Kanallar asosan bir davlatning hududidan o'tadi va uning yurisdiksiyasi ostida bo'ladi. O'z suverenitetidan kelib chiqqan holda kanal kesib o'tgan davlat kanalni ijaraga berishi mumkin va xaiqaro huquqiy rejimi subyektiv faktor- davlatning xohishiga ko'ra belgilanadi. Xaiqaro kanallaming huquqiy asosini quyidagilar tashkiilashtiradi: kanal bo'ylab barcha davlatlaming tenglik asosida kemalarini erkin haraktlanishini ta’minlash; kanal kesib o'tgan davlatlaming suveren huquqlarini hurmat qilish; kanal zonasini demilitarizatsiya va neytralizatsiya qilish. Masalan, Suvaysh kanalining xaiqaro huquqiy rejimi Suvaysh kanalidan erkin foydalanishni ta’minlash to'g'risidagi 1888-yilgi Konstantinopol konvensiyasi bilan amalga oshiriladi. Konvensiya barcha harbiy va savdo kemalami erkin harakatlanishi tartibga soladi. Ammo kanal bo'ylab erkin barakatlanishga xalaqit berishi mumkin bo'lgan barcha harbiy xatti-harakatlar man etiladi. Suvaysh kanali bo'ylab harakatlanish qoidalariga rioya etilishi Suvaysh kanali Ma’muriyati (1957) nazorat ostida amalga oshiriladi. Panama kanalining xalqaro-huquqiy rejimi 1850-yilgi AQSH va Angliya o'rtasidagi shartnoma bilan belgilangan. Kanaldan foydalanish neytralizatsiya va kemalar harakatlanishi erkinligi prinsipi asosida amalga oshiriladi. 1903-yil AQSH Panama bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga asosan 10 milya kengligida kanalda AQSH o'z qurilmaiarini barpo etish va ekspulatatsiya qilish huquqiga ega bo'ldi, ya’ni chegaralanmagan yurisdiksiyaga ega bo'ldi. Lekin qurilmalar barpo etilgach, boshqa davlatlaming harbiy va savdo kemalarining harakatlanishi uchun erkin bo'lib qoladi. 1977-yilda qaytadan ko'rib chiqilgan Panama shartnomasiga ko'ra barcha kemalar uchun teng huquqlik asosida tranzit yo'llari neytrallashtirildi, harakatlanish uchun tranzit ochiq deb belgilandi. Antarktikaning xaiqaro huquqiy rejimi I Xaiqaro liuquqda Antarktika deb, Antarktida qil’asi va unga tutash bo‘lgan | I orollar, muzliklar, ocliiq dengiz suvlari va dengiz tubi hisoblanadi. Uning xalqaro-huquqiy rejimi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimi, jumladan, Vashingtonda qabul qilingan 1959-yilgi Antarktika to‘g‘risidagi shartnoma (1961-yil kuchga kirgan) bilan tartibga solinadi. Mazkur shartnomaga asosan Antarktida demilitarizatsiyalashgan, neytrallashtirilgan va yadrodan xoli zona hisoblanadi. Mazkur shartnoma barcha davlatlar tomonidan Antarktikada hech qanday kamsitilishlarsiz erkin ilmiy izlanishlar olib borish huquqini belgilangan. Shartnomaning amalga oshirilishi bo'yicha nazorat mexanizmi sifatida 1991-yilda Konsultativ Kengash tuziidi.. Hozirgi paytga Konsultativ Kengash a’zolarining soni 30ga yetgan. Bundan tashqari yana bir nazorat mexanizmi sifatida Inspeksiya instituti tuzilgan. Konsultativ Kengashning a’zolari o‘z fuqarolaridan chegaralamangan miqdorda shartnomani vijdonan amalga oshirilishi uchun o‘z kuzaluvchilarini belgilaydi. Kuzatuvchilar o‘z davlatlari yurisdiksiyasi ostida bo'ladi. ’ Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling