Xalqaro huquq
Quruqlikda belgilangnn davlat chegaralari
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- demarkatsion chiziqlarni
- Xalqaro daryolar
Quruqlikda belgilangnn davlat chegaralari - bu bir davlatning hududini | qo'shni davlat hududidan yoki aralash, xalqaro rejimli hududdan, ya’ni qo'shni : hududdan ajratib turadigan chiziklardir.I
Ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar ikki tomonning shartnomasi asosida belgilanadi. •• Hududnt chegaraiaridagi tabbiy to'g'anoqlami (tog'lar, daryolar, ko’llar, dengizlar va h.k.) hiscbga olgan hoida belgilangan chegaralar orfografik deyiladi. Hududiy kenglikda bir nuqtadan ikkinchi nuqtagacha tekis geometrik chiziqlar I j tortish bilan belgilangan (Afrika davlatlari), chegaralar geometrik deyiladi.| Parallel va meridianlar bo'yicha belgilangan davlat chegaralari esa geografik deb nomlanadi. Daryolar va ko'llarda chegara davlatlarni kelishuvlari bo'yicha belgilanadi. Kemalar harakatlanadigan daryolar bo'yicha daryo farvaterining o'rtasidan o'tkaziladi yoki daryo talvegasidan. ya’ni eng chuqur bo'lgan joylardan chegara o'tkaziladi. Kemalar harakatlanmaydigan daryolarda esa chegara ko'pincha daryoning o'rtasidan belgalanadi. Dengizlardagi davlat chegaralari bo’lib davlatga tegishli hududiy dengizni eng tashqi chegarasi xizmat qiladi. Yoki chegaradosh davlatlarning hududiga tegishli hududiy dengizdagi chegara chiziqlari hisoblanadi. Shunga ko'ra davlatlarning geografik joylashishiga qarab, davlat chegaralari xalqaro huquqning norma va prinsiplariga tayangan ichki nonnativ aktga yoki qo'shni davlat bilan tuzilgan ikki tomonlama shartonomaga asosan belgilanishi mumkin. BMTning 1982-yilgi Dengiz huquqi bo'yicha Konvensiyasiga binoan hududiy dengizning chegarasi 12 dengiz milyasigacha beigilanadi. Davlat hududining havo chegaralari uning havo kengligining quruqlikdagi va suvdagi yon chegarasi bo’lib, vertikal sathidan iborat bo'lgan havodagi tasavvur qiiingan chiziqlardan iborat. Havo yon chegaralari to’g'risida hech qanday bitim tuzilmaydi. Havo kenligini fazo (kosmos) kengligidan ajratib turuvchi hududning aniq chegarasi xalqaro huquqda odat tarzida dengiz sathidan 90-120 kmgacha cho'ziladi. Davlat chegaralarini belgilash 2 jarayondan iborat: delimitatsiya va demarkatsiya. Delimitatsiya amalga oshiririlganda kelishuv tcmonlari chegara chiziqlarining umumiy yo'nalishdarini aniq muhokama qilib shartnomaviy kelishuv asosida jug'rofiy xaritaga tushirishadi. Mazkur xarita shartnomada ilova sifatida keltiriladi. Shundan so'ng mazkur shaitnoma asosida taraflar demarkatsiya ishlarini amalga oshirishadi. Buning uchun mutaxassislardan iborat aralash komissiya tuziladi. Mazkur komissiya topografik ishlami bajaradi, mahalliy hududni aeroforos’yomka qiladi va shular asosida chegaraning aniq chiziqlari bilan belgilangan topografik karta tuziladi. 1999-yilda Botsvana va Hamibiyaning o'rtasidagi Choba daryosidan belgilangan chegara va daryodagi Kasikili/Sedudu orolining tegishliligi bo'yicha nizoni BMT Xalqaro sudining qarorida taraflar taqdim qilgan orolning tegishliligi bo'yicha xaritani inobatga olmadi, chunki xaiqaro shartnomaga ilova qilinmagan xarita hududiy ustuvorlikga huquqiy asos bo'la olmaydi. Demarkatsiya va redemarkatsiya bo'yicha hujjatlar taraflaming ichki qonunchiligiga asosan tasdiqlanilishi shart. So'ng ikki taraf hujiatlarning tasdiqlanganligi to'g'risida bir-biriga ma’lum qilganidan so'ng kuchga kirgan hisoblanadi. Davlat chegara rejimi esa har bir davlatning ichki qonunchiligiga ko'ra amalga oshiriladi. Chegara rejimi qo'shni davlatlar bilan shaitnoma asosida belgilanadi. Davlat chegaralarini himoya qilishda xalqaro huquqning davlatlar chegaralarini buzilmasligi prinsipiga rioya qilinadi. Davlat cbegaralari bo'yicha shartnomalar faqat ikki tarafning roziligi bilan o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bir tomonlama tartibda bunday masala hal qilinmaydi. Xalqaro huquqda 1978-yilgi Xalqaro shartnomaiar bo‘yicha Vena konvensiyasiga binoan davlatda hududiy suveren o‘zgarganida yoki mazkur davlatda tarkibiy o'zgatishlar yuzaga kelib huquqiy vorislik amalga oshirilgan holda ham davlat chegaralarini o‘zgartirish huquqi berilmaydi. Ya’ni chegaralar to'g’risidagi shartnomalar o‘ziga xos barqaroriigi bilan ajralib turadi. Chegaralar bo'yicha shartnomaiar vaqt bc‘yicha cheklanmaydi. Bu davlat chegaralarini umuman о zgartirib bo‘lmaydi, degani emas. EXHTning 1975-yilgi Yakunlovchi aktida davlat chegaralarining buzilmasligi prinsipini ta’kidlagan holda “xalqaro huquqning norma va prinsiplariga asoslanib, tinch yo:l bilan kelishuv asosida” hal qilish mumkinligi aytib o‘tilgan. Qurolli nizo va uning ketidan yarashuv amalga oshirilgandagi demarkatsion chiziqlarni davlat chegaralari bilan adashtirmaslik joiz. Masalan, Yaqin Sharqda 1949-yil, Koreyada 1953-yil (38-parallel) va Vetnamda 1954-yilda demarkatsion chiziqlar belgilangan. Demarkatsion chiziqlar — davlat chegarasini belgilash emas, balki vaqtinchalik xarakterga ega bo'lib siyosiy-harbiy maqsadlarga (yarashuv, qurolli nizoni to xtalishi va h.k.l xizmat qilishga mo4ja11angan chegaradir. Xalqaro daryolar Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling