Xalqaro huquq
Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha mintaqaviy mexanizmlar
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerika davlatlari inson buquqlarini bimoya qilish tizimi
- Inson huquqlarini himoya qilishning Afrika tizimi
Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha mintaqaviy
mexanizmlar Yevropa inson huquqlarini himoya qilish tizimi Yevropa Kengashi 1949-yilda o'nta G’arbiy Yevropa davlatlari tomonidan ta’sis etilgan. Bugungi kunda unga aksariyat Yevropa mamlakatlari a’zolar. Uning asosiy vazifasi ozodlik, demokratiya, inson huquqlarini tan olish va huquq ustuvorligiga asoslangan yagona Yevropa hamjamiyatini tashkil etishdan iborat. Mazkur maqsadlar yo'lida Kengash yagona huquqni qo'llash amaliyotini yaralib, ishtirokchi davlatlar uchun umumiy me’yorlarni ishlab chiqadi. Yevropa Kengashining inson huquqiari sohasidagi faoliyati Inson huquqlari va asosiy erkiniiklarini himoya qilish to‘g risidagi Yevropa konvensiyasiga kiritilgan kafolatlami kengaytirish va mustahkamlash, undagi huquqlar ro'yxatini takornillashtirish, sud jarayonini tezlashtirish va boshqalarga yo'nalliri Igan. Yevropa Kengashi tashkil etilgach va uning asosiy nazorat mexanizmlar; - Yevropa inson huquqiari komissiyasi va Yevropa inson huquqlari sudi (1998-yil noyabridan - yagona Inson huquqiari bo'yicha Yevropa sudi) faoliyati, Yevropa mamlakatlari milliy qonunchiligida Inson huquqlari va asosiy erkiniiklarini himoya qilish to'g'risidagi konvensiya asosiy me’yorlarining tasdiq topishi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik majlisi, Yevropada inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan boshqa tashkilotlar faoliyati natijasi o'laroq, “Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha Yevropa standartlari” va “Inson huquqlarini himoya qilisbning Yevropacha tizimi” tushunchalari yuzaga kelganligi haqida so'zlash mumkin. Inson huquqlari va asosiy erkiniiklarini himoya qilish to'g'risidagi konvensiya 1950-yil 4-noyabrda qabul qilingan. Konvensiya shartnoma shaklida bo'lib, unga ko‘ra Yevropa Kengashiga a’zo davlatlar uiarning yurisdiksiyalari ostida bo'lgan harcha shaxslarning ba'zi asosiy inson huquqlarini kafolatlash majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar. U o'zidagi kafolatlanadigan huquqlar ro'yxati bilangina emas, balki ko'proq himoya qilish mexanizmlari bilan ahamiyatlidir. Bu mexanizmlar Strasburgda Konvensiyada ko‘zda tutilgan majburiyatlarning ehtimoliy buzilishini tekshirish va bajarilishini ta’minlash uchun tashkil etilgan. Konvensiyaning asosiy roli eng rivojlangan himoya vositalari yordamida har bir shaxsga uning huquqlariga rioya etilishi kafolatini berishdan iborat. Hozirda Konvensiyani ratifikatsiya qilish, 34-moddaga muvofiq xususiy shaxslarning yakka tartibda arizalar topshirish huquqlarini tan olish va 19-moddaga muvofiq Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi yurisdiksiyasining amalda bo'lishi — bular Yevropa Kengashiga 262 a’zolikning majburiy shartlaridir. Yevropa Kengashi tomonidan ushbu Konvensiya bo'yicha qabul qilinadigan bayonnomalar davlat uchun u ratifikatsiya qilinganidan keyin majburiy kuchga kiradi. Kengash Konvensiyaning amalga oshirilishi ustidan ham kafblatlanadigan huquqlar ro'yxatini kengaytirish, ham amaldagi jarayonlarni takomiliashtirish yo!li bilan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Konvensiya Yevropa Kengashi a’zo mamlakatlaridan fuqarolar va boshqa shaxslarning, agar ulaming huquqlari miliiy darajada buzilayotgan bo‘lsa, Konvensiyaning nazorat organlariga shikoyat bilan yakka tartibda murojaat qilish huquqlarini belgilab qo‘ygan. Konvensiyaga №11 Bayonnoma bilan kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq, Yevropa sudi “Ushbu Konvensiyada yoki unga bayonnomalarda e’tirof etilgan huquqlari Oliy Shartnoma Tomonlaridan biri tomonidan buzilganligi qurboni bo'lganliklarini ta’kidlovchi istalgan jismoniy shaxs, istalgan nohukumat tashkiloti yoki har qanday xususiy shaxslar guruhi tomonidan shikoyatlami qabul qilishi mumkin. Oliy Shartnoma Tomonlari bu huquqning samarali amalga oshirilishiga hech qanday to^qinlik qilmaslik majhuriyatini zimmalariga oladilar”. Konvensiya unga bayonnomalar qabul qilish yo'li bilan muntazam ravishda to'ldirilgan va o‘zgartirilgan. Umumiy hisobda hozirgacha Konvensiyaga 14ta bayonnoma qabul qilingan, ular yangi huquq va ozodliklami tan oladi (1, 4, 6, 7-bayonnomalar), taomil masalalarini ko‘taradi (3, 5, 8, 9-14-bayonnomalar) va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga o’ta cheklangan konsultatsiya vakolaiini beradi. (2- bayonnoma). 1961-yilgi Yevropa ijtimoiy xartiyasi 1965-yil 26-fevralda kuchga kirdi. U 19ta asosiy huquqlami va Yevropa Kengashi a’zo davlatlari yurisdiksiyasi ostidagi barcha shaxslar uchun huquqlar rioya etilishining ijtimoiy-huquqiy kafolatiarini oz ichiga oladi. Jumladan, Xartiya quyidagi htiquqlarni himoya qiladi: mehnat qilish (1-modda) va adolatli mehnat sharoiti (2- modda) huquqlari, adolatli haq to’lash huquqi (4- modda), jamoaviy va boshqa shartnonialar tuzish huquqi (6- modda), boialar va yoshlaming himoya etilish huquqi (7-modda), ishlavdigan ayollaraing himoya etilish huquqi (8-modda); ijtimoiy ta’minot olish huquqi (12-modda), ijtimoiy va tibbiy yordam olish huquqi (13-modda), oilaniug himoya etilish huquqi (16-modda) va boshqalar. 1996-yilda qabul qilingan va 1999-yil 1-iyulda kuchga kirgan Yevropa ijtimoiy xartiyasining yangi tahriri olti qismdan iborat. U 1961-yilgi Xartiya va 1988-yildagi Bayonnoma tomonidan kafolatlanuvchi huquqlami, 1961-yilgi Xartiya nazorat taomilini, jumladan, jamoaviy shikoyatlami taqdim etish mexanizmini o;z ichiga oladi va sakkizta yangi huquqni joriy etadi (24-31 -moddalar). 1987-yildagi Qiynoqlar va boshqa g'ayriinsoniy yoki g‘ururni poymol qiluvchi muomala va jazo turlarining oldini olish Yevropa konvensiyasi 1989-yil 1-fevralda kuchga kirdi. Konvensiyadan ko'zlangan maqsad ozodlikdan mahrum etiigan shaxslar himoyasini kuchaytirishda Yevropa davlatlariga yordam berishdir. Konvensiya Qiynoqlar va boshqa g'ayriinsoniy yoki g‘ururni poymol qiluvchi muomala va jazo turlarining oldini olish Yevropa qo'mitasini ta’sis etishni ko'zda tutadi. U ozodlikdan mahrum etiigan (hibsda saqlanayotgan) shaxslarga nisbatan ehtimoliy jismoniy yoki ma'naviy suiiste’mollar oldini olish va bunday shaxslar bilan muloqotni nazorat qilish maqsadidagi suddan tashqari mexanizmdir. Bu organning tarkibi Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari vakillaridan tashkil topadi. Qo'mita uning a’zolarini va ekspertlarini ishtirokchi davlat hududida joylashgan istalgan hibsda saqlash yoki ozodlikdan mahrum etish joylariga yuborish va. zaruriyat bo‘lganda, ma’ruzada belgilangan faktlar yuzasidan manfaatdor davlatga tavsiyalar berish huquqiga ega. Amerika davlatlari inson buquqlarini bimoya qilish tizimi Amerika davlatlari tashkiloti doirasida faoliyat yurituvchi inson buquqlarini himoya qilish tizimi Yevropa Kengashi mintaqaviy tizimiga solishtirganda, bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, Amerika davlatlari inson huquqlari tizimi faoliyatining asosida bir vaqtning o‘zida uchta hujjat yotadi: Amerika davlatlari tashkiloti Nizomi, Amerika inson huquqlari va majburiyatlari deklaratsiyasi va Amerika davlatlari inson huquqlari konvensiyasi. Birinchi hujjatda faqatgina "Amerika davlatlari irqi, millati, e’tiqodi yoki jinsidan qat'i nazar, inson shaxsining asosiy buquqlarini e’tirof etadi” degan qoida mavjud bo'lsa, ikkita boshqa hujjat butunlay inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va rag‘batlantirish muammolariga bag'ishlangan. ... Vaqt nuqtayi nazaridan, Amerika inson huquqlari va majburiyatlari deklaratsiyasi hatto 1948-yilgi Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasidan olti oyga ilgarilab ketgan. Shu tariqa, Amerika deklaratsiyasi — asosiy siyosiy, fuqarolik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar e’tirof etiigan birinchi xalqaro hujjatdir. Anchayin keng huquqlar va erkinJiklar ro'yxati bilan birga, Amerika deklaratsiyasi inson majburiyatlarini ham e’lon qilgan. Yevropa Kengashi hujjatlarida bunday narsa yo‘q. 1948-yilgi Amerika davlatiari tashkiloti nizomi inson huquq va erkinliklariga oid ozgina qoidalarga ega, ular o‘ta umumiy suratda ifodalangan. Nizom “shaxsning fundamental huquqlari” ma'nosini belgilamaydi va ularga rioya etish hamda himoya qilish mexanizmini aniqlamaydi. 1969-yil 22-noyabrda San-Xosedagi (hujjatning ikkinchi nomi — San- Xose pakti shundan kelib chiqqan) Ikkinchi Amerika davlatiari maxsus konferensiyasi davomida qabul qilingan va 1978-yil 18-iyulda kuchga kirgan Amerika davlatiari inson huquqlari konvensiyasi, Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to*g‘risidagi Yevropa konvensiyasi kabi “yopiq shakldagi” ko'ptomonlama xalqaro shartnomadir: uni imzolash, ratifikatsiya qilish yoki unga qo‘shilish huquqi faqat ADT a’zo davlatlariga tegishli. Amerika davlatiari konvensiya kuchga kirishi bilan Inson huquqlari bo'yicha komissiya o'zining huquqni qo‘llash faoliyatida Konvensiya ishtirokchi davlatlariga nisbatan ushbu konvensiya qoidalariga asoslanib ish ko‘rsa, Konvensiyani ratifikatsiya qilmagan ADT a‘zo davlatlariga nisbatan Komissiya Amerika deklaratsiyasi qoidalarini qo'llashda davom etadi. Shu tariqa, noyob vaziyat yuzaga keldi — bitta inson huquqlarini himoya qilish mintaqaviy tizimi doirasida ikkita quyi tizimlar amalda bo'ladi: biri uchun asosiy hujjat - bu Amerika deklaratsiyasi bo'ladi (yuridik jihatdan majburiy tusga ega emas), boshqasi uchun - Amerika davlatiari inson huquqlari konvensiyasi, ya'ni ishtirokchi davlatiari uchun bajarilishi majburiy hujjat. Konvensiyaning 33-moddasiga muvofiq ishtirokchi davlatlar tomonidan o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish vakolati .Amerika davlatiari inson huquqlari bo'yicha komissiyasiga va Amerka davlatiari inson huquqlari bo‘yicha sudga beriladi. Inson huquqlarini himoya qilishning Afrika tizimi Afrika kontinentidagi inson huquqlarini himoya qilish mintaqaviy tizimining asosi Afrika birdamligi tashkiloti doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan Afrika inson huquqlari va xalqlar huquqlari xartiyasi sanaladi, uning maqsadi Afrika qit’asida inson huquqlarini hurmat qilishni rivojlantirishga ko'maklashish va ulami himoya qilishdan iborat. Yevropa konvensiyasi kabi Xartiya “yopiq” turdagi shartnomalar turiga mansub Xartiyaning matni 1981-yil 27-iyunda ABT davlatlari va hukumatlari boshiiqlari Assambelyasining Nayrobi shahri (Nigeriya)da o'tkazilgan 19-sessiyasida qabul qilingan va imzolash uchun ochiq deb e’lon qilingan. Ko'rib chiqilayotgan shartnoma 1986-yii 2)-oktabrda kuchga kirgan. Hozirgi kunda Xartiya ishtirokchilari Afrika ittifoqining (Afrika birdajnligi tashkiloti 2011-yilda Afrika ittifoqi sifatida qayta tashkil etilgandi) 51 ta a’zo davlatlari mavjud. Xartiyani Efiopiya va Eritreya imzolagan, lekin ratifikatsiya qilmagan. Yana bir Afrika davlati - Marokash AI a’zosi emas, bu uning Xartiyada qatnashish ilojini yo'qqa chiqaradi. Shu tariqa, Afrika xartiyasi - uchta mintaqaviy (Yevropa, Amerika va Afrika) tizim ichida eng universali hisoblanadi. Afrika xartiyasining o'ziga xosligi, unda qit’aning siyosiy voqeligi, shuningdek Afrika xalqlari tarixiy an’analari va Afrika sivilizatsiyasi qadriyatlari aks etganligidadir. Afrika xartiyasiga “nafaqat Afrika qit’asi uchun noyob hujjat sifatida, balki o‘zlari amal qiluvchi mintaqalar ehtiyojlari va manfaatlariga moslashtirilgan inson huquqlari borasidagi mintaqaviy shartnomalaming tobora ko'payib borayotgani nuqtayi nazaridan ham yondashish lozim”. Xartiyaning ajralib turuvchi, shu vaqtning o‘zida inson huquqlari xalqaro huquqshunosligi sohasidagi konseptual yangilik bo'luvchi xususiyatlariga quyidagilar kiradi: inson huquqlari qatorida xalqlar huquqlarining ham e’tirof etilishi (inson huquqlarining “uchinchi avlodi”); inson huquqlarining bo‘linmasligi e’tirof], bu atama ostida Xartiyada siyosiy, fuqarolik, iqtisodiy, ijtimoiy ya madaniy huquqlar nazarda tutiladi; inson huquqlari sifatida rivojlanish huquqining tan olinishi; insonga uning oila, jamoa. jamiyat, davlat, shuningdek qonunan tan olingan boshqa tuzihnalar va xalqaro hamjamiyat munosabatlarida yuklatiladigan qator asosiy majburiyatlami e’tirof etish; inson huquqlariga nisbatan yaqqol aks etuvchi jamoaviy (oila. jamoa, xalq) yondashuv. Xartiya konsepsiyasiga muvofiq, xususiy shaxs jamoa manfaatlariga ustuvorlik berishi lozim. “Javob qadami” sifatida jamoa o‘z a’zolarining huquqlarini himoya qilish majburiyatini oladi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling