Xalqaro huquq


Urushayotgan taraflarni qurolli kurash olib borishning vosita va usullarini tanlashila cheklash prinsipin'mg


Download 3.36 Mb.
bet92/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Urushayotgan taraflarni qurolli kurash olib borishning vosita va usullarini tanlashila cheklash prinsipin'mg ajoyib ifodasi Gaaga huquqi normalarida hamda 1 Qo'shimcba Protokolning 1 bo‘limi Sh qismida o‘z aksini topgam Jami gumanitar huquqning asosi sifatida e’tirof etilgan mazkur umumiy prinsip, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator o‘ziga xos taqiqlar uchun manba vazifasini o‘tadi.
Urush olib borish vositalari deganda urushayotgan tomonlar qurolli kuchlari tomonidan raqibni safdan chiqarish maqsadida qo‘llanadigan qurollar va boshqa vositalar anglashiladi. Bugungi kunda qurolni qo’llash bir qator konvensiyalar, protokollar, deklaratsiyalar hamda urush huquqining odatiy normalari bilan qat’iy beigilanadi.
Urush olib borish usullari — bu urush olib borish vositalarini qo‘llash usullari va yo‘llari. “Hech kimni tirik qoldirmaslik”ka buyruq berish, ahdiga xiyonat, sha.harlar va joylarni talash, genotsidga qo‘l urish, fuqaro aholi orasida ochiikni qo'llash, garovga olish, terror uyushtirish, homiy’ikdagi shaxslami qirib yuborish va h.k. — harbiy mojaroning xarakteridan qat’i nazar, XGHni jiddiy buzish sifatida XGH odatiy normalari bilan tan olingan mutlaq taqiqlar hisoblanadi.
Xalqaro gumanitar hiiquqni qn'llash sohasi
XGHni qo'llash sohasi hozirgi paytda mavjud XGH normalarini tartibga solishning chegaralarini belgilaydi.
Davlatlararo munosabatlar XGHning tartibga solish obyekti hisoblanadi. Xalqaro-huquqiy tartibga solish davlatlararo munosabatlar doirasidan tashqariga chiqishi mumkin etnas.
Xalqaro-huquqiy tartibga solish obyektining o'ziga xos xususiyatlari xatti-harakatlari xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan yoki tartibga solinishi mumkin bo'lgan shaxslar doirasini belgilab beradi.
Faqalgina davlatlararo munosabatlar ishtirokchilari (suveren davlatlar, o'z ozodligi va mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlar va millatlar, ayrim xalqaro hukumatlararo tashkilotlar) XGHning subyektlari bo'la oladilar.
Xalqaro gumanitar huquq - bu qurolli to'qnashuvlar vaziyatida davlatlar va alohida shaxslaming xatti-harakatini tartibga soluvchi xalqaro huquq tarmog'i bo'lib. qo'llanish sohasi shaxs, vaqt, hudud jihatidan cheklanadi.
Xalqaro gumanitar huquq o'zaro farqli ikki xil vaziyat sharoitida qo'llanadi: xalqaro qurolli niojarolar chog'ida hamda noxalqaro qurolli mojarolar chog‘ida.
“Urush” ko‘p sonli markaziy tushunchalardan biri bo'lib, lining mohiyati keyingi bir necha asrlar mobaynida tubdan o'zgardi.
Zamonaviy xalqaro-huquqiy hujjatlarda “urush" atamasidan ko‘ra ko'proq “qurolli mojaro” atamasi qo'llanadi.
Zamonaviy demokratik davlatlaming urush e’lon qilish va boshlashga nisbatan murakkab konstitutsiyaviy talablari hamda В MT ustavining kuch ishlatishga nisbatan qat’iy cheklovchi moddalari davlatlardan bevosita huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi muayyan iboralami qo'llashda o‘ta ehtiyotkorlikni talab etadi.
1949-yildan boshlab “qurolli mojaro” tushunchasi an’anaviy “urush” tushunchasining o‘mini egalladi. 1949-yilgi Jeneva konvensiyasini qo'llash uchun obyektiv mezonlar maxsus to'plamini qamrab olish va amal qilish imkoniyati “qurolli mojaro” iborasini tanlashga sabab bo'lib xizmat qildi.
Jeneva konvensiyalarining 2-umumiy-moddasiga muvofiq mazkur atama nafaqat ‘e'lon qilingan urush holatida”, balki “...har qanday boshqa qurolli mojaro holatida” ham qo'llanadi.
“Qurolli mojaro” iborasi “urush”ga isbatan ancha keng vaziyatlar ko'lamini (spektrini) qamrab oladi. Chegaralardagi ko'plab vaziyatlar, zo'ravonlik va keskinliklar (chegaradagi to'qnashuvlar, qurollangan bosqinchilar harakati) “urush” tushunchasi bilan qamrab olinmaydi.
1949-yilgi Birinchi Jeneva konvensiyasiga sharhga muvofiq “urush”ni yuridik tavsiflash bo‘yicha nihoyasiz bahslashish mumkin. Bir davlat boshqa bir davlatga nisbatan dushmanlik harakatini amalga oshirib, hamisha o'zini go‘yoki urush olib bormayotgan, balki politsiyaviy tadbirlarni amalga oshirayotgan yoxud qonuniy o‘zini-o‘zi himoyalash doirasida harakat qilayotganday ko’rsatishi mumkin. Davlatlar o'rtasida yuz beradigan va qurolli kuchlar aralashuviga olib keluvchi har qanday kelishmovchilik, basharti tomonlardan biri urush holati mavjudligini inkor etayotgan bodsa-da, qurolli mojaro hisoblanadi”1.
Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro harbiy tribunal Tadich ishi bo'yicha shunday qaror qildi: “har gal, qachonki davlat qurolli kuchlami ishga soladigan bo’lsa yoki qachonki hukumat kuchlari va tashkiliy qurolli guruhiar o;rtasida yoxud bir davlat doirasidagi shunday guruhlar o'rtasida davomli qurolli rnojaro yuz beradigan bo‘lsa, bunday vaziyatda qurolli mojaro mavjud hisoblanadi “2.
XQM 1949-yilgi Jeneva konvensiyalarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan 2-moddada yuridik tushuncha sifatida qo‘llaniladi.


Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling