Xalqaro huquq


XGH normalarining vaqt bo‘yicha amal qilish doirasi


Download 3.36 Mb.
bet94/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

XGH normalarining vaqt bo‘yicha amal qilish doirasi. 1 JK 5-moddasi, III JK 5-moddasi, IV JK 3-moddasi, I QP 3-moddasi, II QP 2-moddasiga muvofiq. Xalqaro gumanitar huquq uning tinchlik paytida qoMlanuvchi moddalarini istisno qilgan holda qurolli mojaro bilan bog’liq har qanday vaziyat boshlanishi bilan amal qila boshlaydi. XGHning qo'llanishi xususida so’z borar ekan, normalar guruhi muvofiq keluvchi uchta vaziyatni ajratib ko'rsatish mumkin:
Birinchi guruh normalarning qo’llanishi nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida harbiy harakatlarning boshlanishiga inuvofiq keladi va qo'llanishining to’xtashi l'aol qurolli harakatlarning tugallanishiga muvofiq keladi. Shunday qiiib, tomonlarning mojaroni qanday kvalifikatsiya qilishlaridan qat’i nazar, harbiy harakatlar boshlanishi faktining o’zi taraflar ziinmasiga XGH qoidalariga amal qilish majburiyatini yuklaydi.
Davlatlarning irodasidan qat’i nazar, vaqt bo‘yicha cheklovga ega bo‘lmagan qoidalar, normalarning ikkinchi guruhini tashkil etadi. Davlatlarning XGH normalari haqidagi bilimlarni “tinchlik paytida ham, urush paytida ham” (1 JK 47-modda, II JK 48-moda, III JK 127-modda, IV J К 144-modda) ommalashtirish sohasidagi majburiyati bunday turdagi normalarga miso! bo‘ lib xizmat qilishi mumkin.
0‘zining yuridik vazifasiga ko‘ra tegishlicha vazifa bajarilgunga qadar o’zining faoliyatini tatbiq etishda davom etishi lozim bodgan moddalar, normalarning uchinchi toifasini taslrkil etadi. Masalan, maqsadi oilaviy va jamoatchilik aloqalarini saqlab qolish yoki tiklashdan iborat bo’lgan moddalar. Ushbu murakkab masalalaming yechimi qurolli mojaroning o'zidan ko’ra uzoqroq davom etishi mumkin. Shunday qiiib, HI JK 122, 123-moddalari, IV JK 140-moddasi va I QP 33-moddasi qoidalarining amal qilishi, harbiy harakatlarning nihoyasiga yetishi bilan to'xtamaydi.
Agar XGH amal qilishining boshlanishi faol harbiy harakatlarning amaida boshlangan davii bilan belgiiansa, XGH normalarini qo’llashning tugallanishini aniqlash masalasida esa qiyinchiliklar yuzaga keladi. Zamonaviy qurolli to’qnashuvlar o'zining beqarorligi, jadallik darajasining pastligi, tashqi aralashuvlar, mojaroning aralash xarakteri bilan tavsiflanadi.
Bulaming hammasi XGHni qo'llashning tugallanishi vaqtini aniqlashning yaqqol ifodasi mavjud emasligi bois XGH qoidalarini qo’llashni tugallash masalasini hal qilishni murakkablashtiradi. Demak, I QPning 3-moddasi xalqaro harbiy harakatlar uchun“harbiy harakatlarning umumiy nihoyasiga yetishi/tugallanishi”ni va QP II ichki harbiy harakatlar uchun “qurolli mojaroning tugallanishi"ni nazarda tutadi. Bundan tashqari, XGHni qo'llashning tugallanish pallasi harbiy harakatlaming amalda to'xtatiIishi pallasi bilan bog‘liq emas. U qurolli mojaroning gumanitar oqibatlari bilan bog'liq vaziyatlarda himoya taqdim etishda davom etadi (Qarang: 1JK. 5-modda, 111 JK 5-modda, IV JK 6-modda).

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling