Xalqaro huquq
XGH qoMlanish sohasining geografik chegaralari
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq manbalari
- Jeneva huquqi”
XGH qoMlanish sohasining geografik chegaralari urushayotgan tomoniarning qurolli kuchlari haqiqatda harbiy harakatlar olib borayotgan hudud bilan belgiianadi. Harbiy harakatlar olib borishning makon chegaralarini belgiiash uchun “harbiy harakatlar teatri" tushunchasi qo'llanadi. Mazkur tushunchaga davlatlarning hududlarida qurolli mojarolar mavjud bo‘lgan quruqlikdagi, havo va dengiz hududlari, shuningdek ochiq dengiz va uning ustidagi havo bo'shliqlari kiradi.
Jeneva konvensiyalarining mohiyatiga ko‘ra “qurolli mojaro vaziyati” iborasiga nizolashayotgan tomoniarning mazkur mojaro jabrdiydalari himoyasiga va ularga yordam ko‘rsatishga taalluqli bo‘lgan butun hududi mansub1. Ichki qurolli mojaro masalasiga kelganda esa umumiy 3-moddada ham, 11 Qo'shimcha protokolda ham ratione loci qo'llanishining aniq qoidasi mavjud emas. Ammo shu nuqtayi nazardan II Qo'shimcha protokol anchayin aniq ifodaga ega, modomiki u mazkur Protokol “1- moddada belgilab qo‘yilganidek, qurolli mojaro daxl qiladigan barcha shaxslarga” nisbatan qo'llanishini nazarda tutadi. Unga sharhda bunday qo;llanish daxl qilingan shaxsning mojaroda ishtirok etayotgan davlat hududidagi aniq turgan o'miga bog'liq emasligi masalasiga aniqlik kiritilgan. Ichki qurolli mojarolar chog’ida ratione iocini qo'Uanish masalasida, qachonki faqat 3-modda ahamiyat kasb etgan holatda, aynan shunday tarzda yondashuvga rioya qilmoq lozim, ya’ni modda mojaroda ishtirok etayotgan davlatning butun hududida qo‘llanmog‘i joiz. Bunday yondashuv Apellatsiyaviy kamera tomonidan uning Tadich ishida yurisdiksiya haqidagi masala bo'yicha qarorida qabul qilindi, o‘shanda “3-umumiy moddadan joy olgan normalar, shuningdek amaldagi harbiy harakatlar teatrining tor geografik chegaralari parchasidan tashqarida ham qo;llanishiga qaror qilindi”40 41. Garchi konvensiyalar uchun umumiy 3-modda va II Protokolning 4 (2)-moddasi kirdikorni "hamma yerda” va “har qanday joyda” tavsiflashni taqiqlasa-da, bunday taqiq, yaqqol ko'rinib turganidek, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning hududi bilan cheklanadi (3-umumiy modda vail Protokolning 1 (2)-moddalari). Mazkur hudud bevosita qurolli harakatlar olib borilayotgan front yoki zona bilan cheklanmaydi va harbiy harakatlar nlavjud bo'lgan davlatning butun hududini o‘z ichiga oladi1, Zamonaviy XGHda urush harakatlari olib borilayotgan geografik doirani toraytirishga moyillik kuzatilmoqda. Betaraf davlatlar hududida betaraf holatga keltirilgan va qurollardan xoli qilingan hududlarda, shuningdek maxsus xalqaro kelishuvlar orqali tartibga solinadigan kengliklarda urush harakatlari olib borish taqiqlanadi. Jumladan, IV JKning 23-moddasiga binoan urush davrida urushayotgan tomonlar ttarafidan tashkil etiladigan sanitariya zonalari va joylar urush harakatlari teatriga aylantirilishi mumkin emas. Xalqaro huquqning maxsus himoyasida bo'lgan hududlar (xalqaro kanallar, masalan, 1888-yilgi konvensiya bo'yicha Suvaysh kanali) va obyektlar (1954-yilgi Gaaga konvensiyasi bo'yicha madaniy boyliklar; xavfli kuchlarni saqlovchi inshootlar)ga nisbatan istisno nazarda tutilgan. Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq manbalari Zamonaviy XGH shartnomaviy normalar to'plamidan, odatiy huquq normalari va jus cogensdan tashkil topgan. Xalqaro huquqning boshqa tarmoqlari bilan qiyoslaganda urush qonunlari va odatlarini kodekslashtirishga intilish xalqaro huquqning kodekslashtirilgan tarmoqlaridan biriga aylandi. Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq xalqaro huquqning anchayin kodekslashtirilgan tarmoqlaridan biri sifatida ikkita tarmoq ostidan tashkil topgan: “Jeneva huquqi”, uning maqsadi — safdan chiqqan harbiy xizmatchilarga hamda harbiy harakatlarda faol ishtirok etmayotganlarga, ya’ni fuqaro aholiga himoya taqdim etishdan iborat. “Gaaga huquqi” urushayotgan tomonlarning urush harakatlari olib borishdagi huquq va majburiyatlarini belgilaydi hamda raqibga zarar yetkazishning vosita va usullarini tanlashni cheklaydi. Xalqaro oshkora (publichnoye) huquqda kuch ishlatish taqiqlanganidan keyin jus in belloning (urush huquqi) ikkala tarmog'i amaldagi xalqaro huquqqa kirdi va uni quyidagicha belgilash tnumkin: Xalqaro gumanitar huquq xalqaro va ichki mojarolarda qo'llash uchun maxsus mo'ljallangan hamda urushayotgan tomonlarning urush harakatlari olib borishda vosita va usullar tanlashini cheklovchi (Gaaga huquqi) shartnomaviy va odatiy normalar majmuini va harbiy harakatlar domiga tortilgan shaxslar va mulklarga himoya taqdim etuvchi normalami (Jeneva huquqi) o'zida ifodalaydi. Harbiy harakatlar olib borishning usul va vositalarini tanlashni cbeklashning umumiy prinsiplari bir qator anchayin o'ziga xos taqiqlar uchun manba vazifasini o'tadi. Gaaga huquqini ishlab chiqish sohasidagi tashabbusga Ikkinchi jahon urushining mudhish oqibatlari turtki bo'ldi. Qurolli mojarolar ro‘y bergan holda madaniy boyiiklarni himoyalash to’g'risidagi 1954-yil 14-maydagi Gaaga konvensiyasi, Tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan harbiy yoki boshqa har qanday vositalardan dushmanlik ruhida foydalanishni taqiqlash to‘g:risidagi 1976-yil 10-dekabrdagi konvensiya42 va qurol-yarogMar ustidan nazoratni amalga oshirishga oid boshqa konvensiyalar Gaaga huquqi qoidalarini to’ldiradi va rivojlantiradi. Bugungi kunda qurolni qo'llash bir qator konvensiyalar, protokol va deklaratsiyalar, odatiy huquq normalari bilan qat’iy belgilangan. O'zining ortiqcha ziyon yetkazish usul va vositalarining o'sishi hamda rivojini cheklashga yo'naltirilgan normalar bilan aloqasi tufayli Gaaga huquqi yangi dolzarblik kasb etmoqda. Biroq Gaaga huquqi va zamonaviy qurolsizlanish huquqi o'rtasidagi ko'plab o‘xshashliklarga qaramay ularning tabiati va maqsadida jiddiy tafovutlar mavjud. Masalan, 1925-yil 17-iyundagi gazlar to‘g‘risidani Jeneva protokolida kimyoviy va bakteriologik qurollarni qo'llash haqidagi qoida mavjud bo‘lgani holda, 1993-yil 13-yanvardagi kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo'llashni taqiqlash va uni yo:q qilish toLg‘risidagi konvensiyada uning mavjud bo‘lishiga mutlaq taqiq mavjud. F.Kalsxofen fikriga ko'ra, qurol-yarog‘larni cheklash sohasidagi so'nggi yutuqlarga erishishda BMTning roli mumtoz (klassik) Gaaga va Jeneva huquqlarini, masalan, odatdagi qurollarning aniq turlari to‘g‘ risidagi 1980-yilgi konvensiya2, kassetali o‘q-dorilar haqidagi konvensiyalaming (Dublin, 2008) qabul qilinishi orqali sezilarli darajada rivojlantirdi. 1949-yil 12-avgustdagi urush jabrdiydalarini himoyalash to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyalari xalqaro gumanitar huquqning, ayniqsa, muhim kelishuvi hisoblanadi. Ishtirokchilari deyarli barcha davlatlar bo'lgan mazkur kelishuvlar dushman qo‘li ostida bo'lgan yaradorlar, bemorlar, harbiy asirlar va fuqaro shaxslar himoyasiga mo'ljallangan. Ular, shuningdek tibbiy funksiyalami amalga oshirayotgan, yordam ko'rsatish bo'yicha operatsiyalami amalga oshirishga mo'ljallangan kasalxonalar va sanitariya-transport vositalari xodimlarini ham nazarda tutadi. Garchi 1949-yilgi to'rtala Jeneva konvensiyalari puxta va batafsil ishlab chiqilgan qoidalami o‘zida ifodalasa-da, ular kombatantlarning o'zini tutish qoidalari va urush paytida fuqaro aholining himoyasi singari muhim jihatlami e'tiborga olmaydi. Mazkur bo'shliqni to'ldirish maqsadida 1977-yilda 1949-yilgi Jeneva konvensiyalarinj, ulaming hech bir qoidasini o'zgartirmagan holda to'ldiruvchi ikkita Protokoi qabul qilindi. 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalariga xalqaro qurolli mojarolar qurbonlari himoyasiga taalluqli Qo'shimcha Protokol (I Protokol) Jeneva konvensiyalari tomonidan berilgan xalqaro qurolli mojaro tavsifini kengaytirdi hamda mazkur tavsifga urush va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirish tavsifini kiritdi hamda harbiy hujumning qonuniy maqsadlari doirasini o'rnatdi. 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalariga noxalqaro xarakterdagi qurolli mojarolar jabrdiydalari himoyasiga taalluqli Qo'shimcha Protokol(Protokol II). To'rtala Jeneva konvensiyalari uchun umumiy bo'lgan, o‘zi qo'llanadigan ichki nizolar mezonini o'matmaydigan 3-moddadan farqli ravishda 11 Protokol, ichki tartibsizliklar va ahyon-ahyonda sodir bo'ladigan zo'ravonlik holatlari singari jadalligi past vaziyatlami istisno qilgan holda o'zining qo'llanish sohasini batafsil tavsifladi. II Protokolni qo'llash shartlari to'rtala Jeneva konvensiyalari uchun umumiy bo'lgan 3-moddada nazarda tulilgan shartga nisbatan ancha keskin. • • : . Qo'shimcha II Protokol: harbiy harakatlarda ishtirok etmayotgan yoki ishtirok etishni to'xtatgan shaxslar uchun asosiy kafolatlami belgilaydi (4-modda); erkinligi cheklangan shaxslaming huquqlarini sharhlaydi va qurolli mojarolar bilan aloqador huquqbuzarliklari bois sud ta’qibiga yo'liqqanlar uchun sud kafolatini o!rnatadi (5-6-moddalar); quyidagilarni hujumga yo'liqtirishni taqiqlaydi: fuqaro aholi va fuqaro shaxslar (13-modda); fuqaro aholining omon qolishi uchun zarur obyektlar ()4-modda); xavfli kuchlami o'zida saqlovchi qurilma va inshootlar (15-modda); madaniy boyliklar va ibodat amallarini o'tash joylari (16-modda); fuqaro shaxslami majburan ko'chirishni taqiqlaydi (17-modda); yaradoilar, bemorlar va kema halokatiga yo‘)iqqanlarga himoya taqdim etadi (7-modda); tibbiy va diniy xodiinlarga hamda tibbiy tuzilmalar va sanitariya- transport vositalariga himoya taqdim etadi (11-modda); qizil xoch va qizil yarim oy timsollaridan foydalanishni faqat bunga huquqi bo'lgan shahlar va obyektlar bilan cheklaydi. Gaaga huquqi va Jeneva buquqi urush jabrdiydalari bimoyasiga yo'naltirilgan, ammo buning uchun mazkur tarmoqlarni nazarda tutuvchi qoida bir-biridan ma'lum darajada farqlanadi. Agar Jeneva konvensiyalari mojaro oqibatida jabrlanib boMgan shaxslar — yaradorlar, kema halokatiga yoMiqqanlar. dushman hokimiyati tasarrufida qolgan shaxslar himoyasiga moyil bo‘lsa, Gaaga huquqi esa harbiy harakatlar olib borishning Usul va vositalarini cheklash уоЧі bilan asosan kombatantlar va nokombatantlar himoyasiga mo'ljallangan. 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalariga 1977-yil 8-iyunda ikkita Qo‘shimcha Protokollar qabul qilinganidan so‘ng Gaaga huquqi va Jeneva huquqi o'rtasidagi tafovut keskin kamaydi. ■ "> ■ Mazkur ikkala qoidalar to'plami o'rtasida yaqqoi ifodalangan bo‘linish chizig‘i mavjud emas, faqatgina ikki xil turlicha nomlanish ostida jamlangan ayrim normalar (majmui) kontiniumi mavjud. Bu yerda bir- birini to'ldiruvchi va qulaylik uchun turlicha nom berilgan ikkita qoidalar to'plaini haqida so‘z boradi; ammo ulaming bar biriga o'zining aniq belgilangan qo'llanish doirasini baxsh etmoq noto‘g;ri bo‘lur edi'. Xalqaro sud o‘zining yadro quroli tahdidi yoki uni qo'llashning qonuniyligiga oid Konsultativ xulosasida (1996). XGHning eng muhim normalari birligini e’tirof etib, shunday xulosaga keldi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling