Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet98/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Fuqaro shaxslar

Kombatantlar

Harbiy harakatlarda bevosita qatnashmaydilar va bunga haqlari yo‘q

Harbiy harakatlarda bevosita qarnashadilar va bunga haqlari bor

Faqat harbiy harakatlarda
qatnashganlari uchun jazalanishlari mumkin

Harbiy harakatlarda faqat
qatnashganlari uchun jazalanishlari mumkin emas


Kombatant tomonidan harbiy harakatlarda ishtirokini to'xtatgan holatida u vaziyatga muvofiq holda (yaradorlik, asirlik) mos holda honaiylik qiluvchi shaxsning maqomiga ega bo'ladi. XGH buzilishi holatida kombatant o‘zining maqomidan mahrum bo'lmaydi.
XGMga muvofiq kombatantning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • o‘zini fuqaro shaxsidan farq qilish;

  • harbiy amaliyotlarni o‘tkazayotgan paytda insonparvarlik talablari va harbiy zaruriyat o‘rtasida muvozanatni tuta bilish.

Qo;shimcha protokol IT kombatant maqomini nazarda tutmaydi, bu hujjat faqat harbiy harakatlarda qatnashadigan va qatnashmaydigan shaxslar o‘rtasida farq quyadi.
Fuqaro va harbiy obyektlar. Obyektlar bo'yicha cheklovlar hujum qat’iy ravishda faqat harbiy obyektlarga hamla qilish bilan cheklanishi shartligini nazarda tutadi. Bu prinsipning qo'llanishi “ftjqaro obyekti” va “harbiy obyekti” tushimchalari bilan bog'liqdir.
QP I 52-moddasi 1-bandiga asosan:
Fuqaro obyektlari deganda, 2-bandda tushuncha berilgan harbiy obyektlar qatoriga kirmaydigan barcha obyektlar tushuniladi ”.
Harbiy obyektning ta’rifi I QP 52-moddasi 2-bandiga muvofiq ba’zi belgilarga egaki, har bir konkret holatda mavjud bo‘lishi shartdir (Qarang. I QP 52-moddasi 2-bandi.).
Harbiy obyektlaming asosiy belgilari quyidagilardir:

  • obyekt “harbiy harakatlarga samarali ulush qo'shishi zarur”;

  • obyektning vayron etilishi tegishli shart-sharoitda sezilarli harbiy ustunlik berishi zarur.

Keltirilgan ta’rif jang qilayotgan tarafiarga sezilarli darajada erkinlik berib, obyektlarni identifikatsiyalashda XGH talablariga rioya qilish borasida katta mas’uliyat yuklatadi.
Obyekt fuqaro yoki harbiy ekanligida shubha uyg‘ongan taqdirda norma kiritilganki unga muvofiq,
"OdaIda, fuqaroviy maqsadlar uchun mo Ijallangan obyektdan, masalan, ibodat maskani, uy yoki boshqa xil turar-joy imorati yoxud maklabdan harbiy harakatlarni samarali qo'Ilab-quwatlashda foydalanilmayotgani borasida muayyan gumon mavjud bolgan taqdirda, bunday obyektdan fuqaroviy tnaqsadlarda foydalanilayotgani taxmin etiladi" (QP I 52-moddasi).
Harbiy harakatlarni olib borishning taqiqiangan usullari va vositalari
Urushni olib borishning taqiqiangan usullari va vositalariga cheklovlar o'matuvchi asosiy hujjatlar 1907-yi Idagi Gaaga nizomi, 1949-yildagi Jeneva konvensiyasiga 1977-yildagi Qo‘shimcha protokollar va qurollarning konkret turlariga nisbatan qabul qilingan bir qator shartnomalardir.
XGH haddan tashqari qiynaydigan yoki tan jarohati yetkazadigan vosita va usullardan foydalanishni taqiqlaydi. Bu qoida asosida ma’lum turdagi qurollardan foydalanish taqiqiangan. Boshqa turdagi qurollardan foydalanish usullariga nisbatan cheklovlar 0‘matilgan1.
Masalan, ba’zi turdagi qurollardan foydalanish usullariga nisbatan cheklovlar o‘z ichiga 1997-yil piyodalarga qarshi tninalarni taqiqlash haqidagi Ottava konvensiyasini, 2003-yii urushning portlovchi boqimandalari bo‘yicha Protokoli (BMTning 1980-yil odatiy qurollarning konkret turlari bo‘yicha konvensiyasiga qo‘shimcha sifatida) va 2008-yil kassetali jang qurolini taqiqlash haqidagi konvensiyani qamrab oladi.
Qurolning noma’qul turlarini taqiqlash va cheklash bilan birga XGH odatiy, “joiz” qurol turlarini ishlatishga cheklovlar o‘rnatgan.
Xalqaro gumanitar huquq yana qurolli mojarolarni olib borishning vosita va usullarini tartibga soladi. Qurolli mojaroda harbiy emblemalardan suiste’mol qilinishining oldini olish va yollanma askarlarga muomala qilish haqida normalar mavjud. Hech kimni onion qoldirmaslik haqida buyruq berish taqiqlanadi.
Qurolsizlantirilgan zonalar va himoya etilmaydigan joylarga nisbatan maxsus qoidalar qo'llaniladi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling