Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet100/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Fuqaro aholi himoyasi. Fuqaro aholini himoya qilishga qaratilgan normalar 1907-yildagi Quruqlikdagi jang qonunlari va an’analari haqidagi Gaaga konvensiyasida. 1949-yildagi Jenevaning “Urush davrida fuqaro aholi himoyasi”. 1977-yildagi Qo'shimcha protokollari, 1980-yildagi ba’zi qurol turlarini taqiqlash yoki cheklash Konvensiyasida berilgan.
I QPga asosan Fuqaro aholi va alohida fuqaro shaxslar harbiy amaliyotlar munosabati bilan yuzaga keladigan xavf-xatardan saqlanishda umumiy himoyadan foydalanadi (51-modda). Fuqaro aholi fuqaro shaxs hisoblangan barcha shaxslardan iboratdir. Bu ta’rif IV Jeneva konvcnsiyasining 4-moddasidagi cheklovni olib tashladi. ПІ JK 4-modda 1-3 va 6-bandida ko‘rsatilgan guruhlariga kirmagan xohlagan shaxs fuqaro hisoblanadi.
XGP asosida fuqaro aholi quyidagilar bilan ta’minlanadi:

  • umumiy himoya (IV JK 27, 51, 54, 57, 58-moddalar, I QP, П QP 13-modda);

  • maxsus himoya, masalan, bolalar, ayollar, mayiblar, keksalar, ushlab qolingan v.b. himoyasi (IV JK 16, 17, 24-moddalari, I QP 77- modda. QP, II QP 3,4-moddalari).

Harbiy istiloning huquqiy tartibi. Xalqaro gumanitar huquqga asosan, davlat o‘zining suveren huquqi doirasida bo'lmagan hudud ustidan, istilo qiiinayotgan tomon hukumati roziligisiz amaliy nazoratni o'rnatsa, istilo holati vujudga keladi.
Istiloning huquqiy tartibiga oid mavjud normalar asosan 1907-yildagi Gaaga konvensiyasining 42-moddasida keltirilgan konsepsiyaga asoslangan:
"Hudud ishg'ol etilgan hisoblanadi, darhaqiqat, agar и dushman qo'shinlari ixtiyoriga о 'tsa. Faqat dushman hokimiyati о 'rnalilgan va о 'z faoliyatini amalga oshirishga qodir bo'lgan hududlarga qarab ishg'ol etilgan deb baholash mumkin ”.
Istiloning huquqiy tartibiga oid normalarning manbalari 1907-yildagi Gaaga nizomi, 1949-yildagi To‘rtinchi Jeneva konvensiyasi va 1977-yilda qabul qilingan Jeneva konvensiyalari I Protokolining ayrim bandlaridir.
Istiloning tartibiga oid huquqiy normalar, bir tomondan, istilo qilgan davlat xavfsizligi ehtiyojlari va, ikkinchi tomondan, istilo qilingan davlat va mahaliiy aholi manfaatlari o‘rtasida muvozanatni saqlashga qaratilgan. Ular yana istilo qilingan hududlarda yashovchi tinch aholi himoyasini ta’minlashga ham qaratilgan.
Istilochi davlat istilo qilingan hududlarga nisbatan suveren huquqga ega bo'lmaydi va maksimal tarzda u yerda amalda bo’lgan qonunlar va boshqaruv organlar tizimini hurmat qilishi zarur. Istilo muvaqqat xarakterga egaligi va istilochi davlat istilo qilingan hududda status quo ante ni ta’minlashi nazarda tutiladi.
Istilochi davlat mavjud institutlar, qonunlar va boshqa normalar tizimiga maxsus o'zgarishlar kiritishi mumkin, ammo bu o'zgarishlar tartibni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash kabi umumiy maqsadlarga xizmat qilishi zarur.
Nazorat savollari:

  1. Xalqaro gumanitar huquq tushunchasi va xalqaro munosabatlardagi uning ahamiyatini tushuntirib bering.

  2. Xalqaro gumanitar huquq asosiy prinsiplarining shakllanishi va rivojlanishi haqida fikringizni bildiring.

  3. Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq asosiy manbalari va ularning mazmunini yoritib bering.

  4. Harbiy harakatlar olib borishining qoidalarini izohlang.

  5. Urush jabrdiydalari va fuqaro obyektlari qay tartibda himoya qilinadi?

Kazus.
XX asming 80-yillarida ro‘y bergan Eron va Iroq urushida asirga olingan askarlar sud qilinib. qatl etilgan. Bu harakatlar urushda qatnashish huquqiga ega bo'lmagan shaxslarga nisbatan ham amalga oshiriigan. Ayrim holatlarda buyruqni bajarmaslik sifatida asirlar sud qilinmasdan shavqatsizlarcha otib tashlangan. Dushmanning yaralangan askarlari ham jang maydonida 0‘ldirilgan.
Savol: Bu harakatlarga nisbatan xalqaro gumanitar huquqning qaysi normalari qoMlaniladi?
Vaziyatga huquqiy baho bering.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling