Xalqaro huquq
Xalqaro iqtisodiy huquq subyektlari
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro iqtisodiy huquq manbalari va taraoyillari
Xalqaro iqtisodiy huquq subyektlari. Xalqaro iqtisodiy huquqni xalqaro ommaviy huquq tarmog‘i sifatida tushunganimiz uchun mantiqan xalqaro huquq subyektlari xalqaro iqtisodiy huquq subyektlari hisoblanadi. Davlatlar fuqaroviy-huquqiy, tijorat faoliyatlarida, tashqi iqtisodiy aloqalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnashadilar. Savdo qilayotgan davlatlar xalqaro huquq subyektlari ЬоЧа turib, boshqa bir davlat milliy huquqining subyekti ham hisoblanadi. Masalan. ular chet el kontragentlari bilan bitim tuzib, chet el yurisdiksiyasiga ham bo‘ysunadilar. Ammo bu davlatlarning immunitetiga daxldor bo'lmaydi. Davlatlarning o4z immurutetlarini rad etishi uchun (juinladan, sud yurisdiksiyasi, da'voni dastlabki ta’ininlashdan yurisdiksiya va sudning majburiy qarorlarini ijro etishdan yurisdiksiya) davlatlarning o‘z istak-xohishlari boUishi talab etiladi46 47.
Xalqaro iqtisodiy huquqning subyektlariga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, o‘z mustaqiliigi uchun kurashayotgan xalqlar, transtnilliy korporatsiyalar kiradi. Xalqaro iqtisodiy huquq manbalari va taraoyillari Xalqaro ommaviy huquqning manbalari xalqaro iqtisodiy huquq manbalari hisoblanadi. Rivojlanib kelayotgan xalqaro huquq tarmoqlarining biri bo'lgan xalqaro iqtisodiy huquq uchun manba bo‘lib, xalqaro lashkilot va konferensiyalaming qarorlari. ya’ni ulaming majburiy xarakterdagi normalari hisoblanadi. Bu normalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular imperativ normalardir. Ru normalar nafaqat “tavsiya etadi”, balki tavsiya etuvchi normalar bo'lmaganda huquqqa zid deb hisoblangan harakat (harakatsizlik)ning huquqiy ekanligini bildiradi. Masalan, 1964-yili BMTning savdo va rivojianish konferensiyasi bizga ma’lum bo‘lgan Jeneva tamoyillarini qabul qildi va bu tamoyillarda rivojalanayotgan mamlakatlar uchun qulay bo’lgan bojxona imtiyozlari haqida tavsiyalar mavjudligini ko'rsatdi (bojxona tarifidan cheginna). Agar bu tavsiya etuvchi normalar bo'lmaganida, bunday imtiyozlar huquqqa zid deb hisoblanar edi. Xalqaro shartnomalar. Hozirgi dunyoda ko‘p tomonlama iqtisodiy hainkorlik rouhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro iqtisodiy huquq normalarini ishlab chiqish nuqtayi nazaridan ko‘p tomonlama shartnomalami imzolash o'ta muhim ahamiyatga egadir. Aynan ko‘p tomonlama shartnomalar xalqaro iqtisodiy huquqning asosini tashkil etadi. Universal xalqaro iqtisodiy shartnomalarga misol qilib 1947-yilgi savdo va tariflar bo'yicha bosh Bitimni, shuningdek keng tarqalgan xomashyo mahsulotlari bo'yicha ko'p tomonlama Bitimni olishimiz mumkin. Kc‘p tomonlama aloqalarning ahamiyatiga qaramay, iqtisodiy sohadagi asosiy hamkorlik ikki tomonlama shartnomalar asosida amalga oshirilmoqda. Ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi xalqaro shartnomalar orasida umumiy shartnomalami, siyosiy xarakterga ega shartnomalami, jumladan, do'stlik va o'zaro yordam to'g'risidagi shartnomalami ajratib ko'rsatishimiz mumkin. Bu shartnomalarda tomonlaming siyosiy majburiyatlari bilan birga, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tijorat bitimlarini tuzish majburiyatlari ham mustahkamlanadi. Eng ahainiyatli xalqaro iqtisodiy huquq normalarini shakllantirishda bir qancha maxsus xalqaro normalar muhim rol o'ynaydi. Ularga savdo shartnomalari kiradi. Ular savdo, dengizda suzish va shu kabilar to'g'risidagi shartnomalar deb nomlanishi niumkin. Ularda, davlatlar va ularning yuridik shaxslari uchun o‘zaro munosabatlarda muhim hisoblangan savdo-iqtisodiy rejirnining ma’lum turlari mustalikamlangandir. Bular: o‘zaro qulaylik rejimi, milliy rejim, preferensial rejim, kamsitmaslik va o'zaro foydali rejimlardir. Iqtisodiy hamkorlikning savdo va boshqa turlari xalqaro valyuta hisobi va kreditlar to'g'risidagi bitimiar asosida moliyaviy ta’minlash va valyuta to'lovlari bilan chambarchas bog'liqdir. Tovar ayriboshlash va to'lovlar to'g'risida deb nomlanadigan savdo va valyuta-moliyaviy kelishuvlari yagona shartnoma asosida birlashtirilishi odat tusiga kirib qoldi. Ammo ma’lum hollarda milliy erkin konvertatsiyada bo'lgan, cheklanmagan konvertasiyada bo‘lgan yoki cheklangan konvertasiyada bo'lgan yoxud konvertasiyaga ega bo'lmagan valyutalarda hisob-kitob qilish shart qilib qo'yiladigan maxsus to‘lov bitimlari ham tuzilishi mtitnkin. Kliring bitimlari iqtisodiy, savdo operatsiyalaridagi kirim va chiqimlarni o'zaro hisob-kitob qilishni nazarda tutadi. Kliring bitimlaridan konvertasiyaga ega bo’lmagan valyutalari bor davlatlar foydalanadilar. Kredit bitimlari toza ko'rinishda mavjud bo'iishi, ya’ni bir davlatni ikkinchi bir davlatga qarzni pul, tovar yoki aralash shaklda keyin qaytarish sharti bilan taqdim etishni nazarda tutadi. Eksport va import operatsiyalarini son jihatidan cheklash zarurati tug'ilganda tovar ayirboshlash deb nomlanadigan bitimlaidan foydaianiladi. Bunday bitimlarda tomonlar ma’lum kontingentdagi (kvotadagi) eksport va import tovarlarini jismoniy yoki narx ko'rsatkichlarida yetkazib berishga kelishib oladilar. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling