Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet104/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Milliy tarlib (rejim). Milliy tartib bir qator savdo bitimlarida nazarda tutilib, chet davlatlaming jismoniy va yuridik shaxslarinio'z huquq va majburiyatlarini milliy davlatning jismoniy va yuridik shaxsiarining huquq va majburiyatlariga tenglashtirib qo'yishdir. Odatda bu rejim chet eilik shaxslaming sud ishi yuritishda, fuqarolik huquqiy layoqatga ega bo'lishda namoyon ho'ladi. (Yzbekiston respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq, 0‘zbekiston Respublikasida chet elikilarga nisbatan milliy rejim tatbiq etilgan.
O'zaro foyda rejimi. O‘zaro foyda tamoyili davlatlar cdrtasidagi munosabatlar o‘zaro foydali bo'lmasa, majburlovni ishga solish, bunday munosabatlar adolatli ravishda teng taqsimlanishi nazarda tutiladi.
Murakkab davlatlararo munosabatlaida. jumladan, iqtisodiy munosabatlarda, o‘zaro munosabatlarda foyda va majburiyatlarning adolatli taqsimlanishi har bir aniq bitim ucbun namuna bo'lib xizmat qila olmaydi, ammo bu tamoyil umumiy xalqaro-huquqiy munosabatlami muvozanatga solib turadi.
Preferensial tartib (rejim). Preferensial rejim - u yoki bu davlatlar o'rtasida yoki bir guruh davlatlar o'rtasida amalda bo'lgan, eng avvalo, bojxona to'lovlariga tegishli bo'lgan savdo imtiyozlaridir. Misol qilib BMTning savdo va rivojlanish Konferensiyasining tavsiyasiga ko'ra rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan. shuningdek rivojlanayotgan davlatlar o'rtasida qo'llanilayotgan preferensial tizimni keltirishimiz mumkin1.
Taqdim etilgan perefrensiyalarga, mumkin qadar qulaylik yaratish tamoyilini buzish deb qaralmaydi.
llgari rivojlangan davlatlar tomonidan, mustaqil va yarim mustaqil mamlakatlarga nisbatan shartnomalar tajribasida quyidagi huquqiy rejimlar — “teng imkoniyatlar”. “ochiq eshiklar” va shu kabilardan foydalanish keng tarqaigan edi. Bunday shartnomada nazarda tutilgan shartlar hozirgi davrda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga zid bo‘ lib, huquqiy deb qaralishi mumkin emas.
Albatta, bir mavzu doirasida xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan iqtisodiy hamkorlikning barcha sohalarini qamrab olish oson emas. Chunki xalqaro iqtisodiy huquqning subyektlari, manbalari va tamoyillari to‘g‘risidagi umumiy tushunchalardan tashqari, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning alohida sohalarini xalqaro-huquqiy tartibga solib turuvchi juda ko'p sonli xalqaro normativ hujjatlari mavjuddir.
Xalqaro iqtisodiy huquqning alohida sohalarini ko‘rib chiqishda, valyuta-moliya sohasida davlatlararo hamkorlikning rivojlanishini va shu sohadagi umumbashariy masalalarni hal etishda Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Tiklanish va taraqqiyot xalqaro banki (TTXB)ning roli to'g'risida juda ko'p sonli misoliar keltirishimiz mumkin.
Lukashuk 1.1., Saidov A.X Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. Darslik — T: Adolat, 2006. - В 250.
Yuqorida keltiriigan so'zlar BMT doirasida mintaqaviy darajada, avvalambor Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash tomonidan tuzilgan iqtisodiy komissiyalar doirasida transport va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi davlatlararo hamkorlikka ham tegishlidir.
Xalqaro huquq tannog'i bo'lgan xalqaro iqtisodiy huquqni ko'rib chiqar ekanmiz, biz shu narsaga amin bo'ldikki, bu huquq tarmog'i butun bir xalqaro huquqning yaxlit tizimida alohida bir tizimcha bo'lib, hozirgi davrda xalqaro huquqning eng gurkirab rivojlanayotgan tarmog'i hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasida O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda quyidagi iqtisodiy vositalardan foydalanilishi ko'rsatilgan:

  • xorijiy sheriklar bilan o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, moliyaviy- investitsion hamda ishlab chiqarish texnologik aloqalami o'matish, mustahkamlash va kengaytirish:

  • quiay investitsiya muhitini yaratish, O'zbekiston iqtisodiyotining ustuvor hamda istiqbolli tarmoqlariga to'g'ridan to'g'ri chet el investilsiyalarini va ilg'or texnologiyalami jalb etish. o'zaro hamkorlik asosida eng ko’p qulaylik yaratuvchi siyosatni qo'llash. asosiy sheriklarga tarif preferensiyalari va boshqa preferensiyalar berish;

  • xalqaro iqtisodiy anjumanlar, sammitlar, konferensiyalarda ishtirok etish,. biznes anjumanlar, xalqaro ko'rgazma va yannarkalar tashkil etish, O'zbekistonning iqtisodiy, investitsion va sayyohlik salohiyati taqdimotini o'tkazish;

  • eksport-import bo'yicha bitim va kontraktiar tuzish. qo'shma loyihalarni amalga oshirish, chet el sarmoyasi ishtirokida qo'shma korxonalar tashkil etish;

  • chet ellarda O'zbekistonning yetakchi milliy kompaniyalari va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlaming savdo vakolatxonaiarini ochish, iqtisodiy birlashmalar, xalqaro korporatsiya va konsorsiumlarda ishtirok etish;

  • O'zbekiston hududida erkin iqtisodiy zonalar va xalqaro ahamiyatga molik logistika markazlari tashkil etish;

  • chegaradosh mamlakatlarda infratuzilmaviy va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga ko'maklashish.

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
Hozirgi kunda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar zamonaviy xalqaro huquqning mustaqil subyekti sifatida, xalqaro iqtisodiy huquqni rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqdalar. XXI asr boshida dunyoda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning ham umumjahon miqyosda, ham mintaqaviy darajada muayyan tizimi shakllandi. Xalqaro iqtisodiy huquqni xalqaro iqtisodiy tashkilotlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Umuman olganda, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar barcha xalqaro tashkilotlarga xos bo:lgan maqomga egadir (yuridik tabiati, vakolatlari ko'lami, xalqaro-huquqiy subyektliligi ta’sis hujjati qoidalarida belgilanadi). Ammo xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ko'pincha nosiyosiy hisoblanganligi tufayli davlat ularga iloji boricha kengroq vakolatlar berishga intiladi. Aksariyat xalqaro iqtisodiy tashkilotlar o'zining asosiy vazifasini huquqiy ijodkorlik roli bilan bog'laydilar. Boshqalari esa asosan boshqaruv funksiyasini bajara borib, a’zo davlatlar hududida amal qiladigan boshqaruv hujjatlarini ishlab chiqadi.
O'zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasida belgilanganidek, O'zbekiston o'z milliy manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, yetakchi xalqaro moliya-iqtisodiy va savdo tashkilotlari bilan, avvalo, Jahon bank!, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va Jahon savdo tashkiloti bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishni davom ettiradi.
BMT tizimida xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan bin qator organlar shug'ullanadilar. Bularga quyidagilar kiradi:

  1. BMT Bosh Assambleyasi;

  2. BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashi (EKOSOS);

  3. YUNKTAD-BMTning savdo va taraqqiyot bo'yicha komissiyasi;

  4. YUN1DO—BMTning sanoat taraqqiyoti bo'yicha konferensiyasi;

  5. YONSITRAI.-BMT Bosh Assambleyasining xalqaro savdo huquqi bo'yicha komissiyasi;

  6. EKOSOSning beshta mintaqaviy — iqtisodiy komissiyasi (Yevropada EKE; Osiyo va Tinch okeani mintaqasida — ESKATO; Lotin Amerikasida - EKLA; Afrikada - EKA; harbiy Osiyoda - EKZA)1.


Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling