Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro investitsiya huquqi
- Nazorat savoila ri
- Kazus 1.
Jahan hanki'yi&a murakkab xalqaro tuzilmalardan hisoblanadi. lining tizimiga Jahon banki Prezidentiga bo’ysunuvchi quyidagi to'rtta mustaqil muassasa kiradi:
/ 1) Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB). Aksariyat ko'pchilik davlatlar, shu jumladan O'zbekiston va MDH mamlakatlari ham uning ishtirokchilari hisoblanadi. Bankning maqsadi — ishlab chiqarish sohalariga sarmoya kiritish, shuningdek xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish; 2) Xalqaro moliya korporasiyasi (XX1K) — BMTning ixtisoslashgan muassasasi bo:lib. maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlaming iqtisodiy taraqqiyotiga xususiy ishlab chiqarish korxonalarini rag‘batlantirish yo‘li bilan ko'maklashishdan iborat. Ko'pchilik davlatlar, shu jumladan O'zbekiston va MDH mamlakatlari ham uning ishtirokchilaridir; 3) Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) — XTTB otalig‘idagi tashkilot, qashshoq mamlakatlarga foizsiz qarzlar berish bilan shug'ullanadi; 4) Investitsiya kafolattari bo 'yicha ко ‘p tomonlama agentlik (IKKA). Shuningdek, London va Parij klublari bank ittifoqlari ham mavjud bo‘lib, ular davlatlarga xususiy boshqaruvdagi banklardan tijorat shartlari asosida qarz olib berish bilan shug‘uilanadi. Xalqaro investitsiya huquqi Xalqaro investitsiya huquqi davlatlaming sarmoya kiritish borasidagi munosabatlarini tartibga soluvchi tamoyillar va normalar majmuidir. Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va faoliyatning boshqa turlariga omonat qo'yiladigan mulkiy hamda intellektual boyliklarning barcha turlari, XXI asrning dastlabki-yillari xorijiy investitsiyalar ko'lami va ular bilan bog'liq holda bu sohadagi milliy hamda xalqaro huquq ijodkorligi izchil ravishda yuksalgan davr bo'ldi. Mamlakatimizda chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgan yangi qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Ko‘plab ikki tomonlama shartnomalar tuzildi. Bu hujjatlarning barchasi, umuman olganda, bir tomondan investitsiyalarning huquqiy rejimini liberallashtirishga, ikkinchi tomondan ulami himoyalash darajasini oshirishga qaratiigandir. Ulardan ayrimlari xorijiy investorlarga milliy rejim va hatto erkin kirish imkoniyatini taqdim etadi. 0‘zbekiston ishtirok etayotgan bitimlarda tnilliy rejim taqdim etish ko‘zda tutilgan. Asosiy e’tibor xorijiy investitsiyalami notijoriy qaltisliklardan, ya:ni urush, davlat to'ntarishi, inqilob va hokazolar bilan bog'liq siyosiy qaltisliklardan kafolatlashga qaratilgan. 1988-yili Jahon banki tashabbusi bilan 1985-yildagi Seul konvensiyasi negizida Investitsiya kafolatlari bo'yicha ko'p tomonlama agentlik ta’sis etildi. lining maqsadi — kafolatlar berish, shu jumladan chet el investisiyasiga notijorat qaltisliklarni sug'urtalash va qayta sug'urtalash yo'li bilan ishlab chiqarishga chet el sarmoyalarini kiritishni rag'batlantirishdan iborat. Bunday qaltisliklar sirasiga valyutani olib chiqishni taqiqlash, nasionalizasiyalash hamda boshqa shu kabi choralar, shartnomaning buzilishi va, albatta, urush, inqilob, ichki siyosiy g'alayonlarkiritilgan. Agentlik tashkiliy jihatdan Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki bilan bog'liq bo'lib, unga faqat XTTB a’zolarigina a’zo bo'lishi mumkin. Ammo agentlik yuridik va moliyaviy jihatdan mustaqil htsoblanadi. 120dan ziyod davlat, shu jumladan 0‘zbekiston va MDHning boshqa mamlakatlari uning a'zolari hisoblanadi. Investoming agentlik bilan munosabati xususiy-huquqiy shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Unga ko'ra investor sug'urta kafolati summasidan foiz sifatida belgilanadigan miqdorda yillik sug'urta badali to'lab borishga majbur. O'z navbatida, agentlik zarar hajmidan kelib chiqib belgilanadigan muayyan miqdordagi sug'urta to'lovini to'lab borish majburiyatini yuklaydi. Bunda tegishli davlatga nisbatan bildirilgan da’volar subrogatsiya tartibida agentiikka o'tadi. Nazorat savoila ri Xalqaro iqtisodiy huquq bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi? Xalqaro iqtisodiy huquq tushunchasi ta’rif bering. Xalqaro iqtisodiy huquq subyektlarining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Xalqaro iqtisodiy huquq manbaalariga nimalar kiradi? Xalqaro iqtisodiy tashkilotlaming turlari va faoliyati to‘g‘risida fikrlaringizni bildiring. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlarning immuniteti masalasini yoriting. Kazus 1. A va В davlatlari o‘rtasida 2010-2015-yillarga mo'ljaliangan Savdo munosabatlari bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi shartnoma imzolangan. Mazkur shartnoma shartlariga ko‘ra: “Shartnomaning normalarini sharhlash va qo'llash bilan bog'liq tomonlar o'rtasida kelib chiqadigan nizolar mintaqadagi Xalqaro savdo tashkiloti Bosh kotibi tomonidan ko‘rib chiqiladi” deb ko'rsatilgan. 2013-yilning boshida shartnomada qayd etilgan Bosh kotib vafot etadi, shu-yilning oxirida esa A va В davlatlari o'rtasida chet e) investitsiyalarini soliqqa tortish masalasi yuzasidan xalqaro nizo kelib chiqadi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling