Xalqaro huquq
XII BOB. XALQARO IQTISODIY HUQUQ
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mlcolm N. Shaw. International law. Sixth edition. International law today. Cam badge University Preis. New York. 2008. - P 43.
XII BOB. XALQARO IQTISODIY HUQUQ
Xalqaro iqtisodiy huquq tushunchasi va subyektlari. Xalqaro iqtisodiy huquq manbalari va tamoyillari. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. Xalqaro savdo huquqi. Xalqaro moliya huquq. Xalqaro investitsiya huquqi Xalqaro iqtisodiy huquq tushunchasi va subyektlari 0‘tgan asrning o'rtalaridan xalqaro huquq turli yo'nalishlarda rivojlana boshladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aloqalarning taraqqiy etishi natijasida xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi yangi norma va qoidalar paydo bo‘Idi, xalqaro huquqning tabiati o‘zgardi. Xalqaro savdo, atrof-muhitni saqlash, inson huquqlarini himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi yangi soha va instirutlar vujudga keldi.1 Davlatlar va xalqaro ommaviy huquqning boshqa subyektlari o'rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama xalqaro iqtisodiy munosabatlar xalqaro iqtisodiy huquqning predmeti hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlarga savdo, tijorat munosabatlari, shuningdek ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, valyuta-moliyaviy, transport, aloqa, energetika, intellektual mulk, turizm va shu kabi sohalarga doir munosabatlar kiradi. Xalqaro iqtisodiy huquq — davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi norma va tamoyillar yig'indisi. Xalqaro iqtisodiy huquq davlatlar o'rtasida iqtisodiy aloqalami tartibga soladi. U bir qator sohalarni o‘z ichiga oladi: Xalqaro savdo huquqi (Jahon savdo tashkiloti, GATT), Xalqaro iqtisodiy integratsiya huquqi (Yevropa Ittifoqi, NAFTA va Mercosur), Xalqaro moliya huquqi (Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi), Xalqaro soliq huquqi, Xalqaro intellektual mulk huquqi va boshqalar2. Hozirgi zamon huquqiy adabiyotlarida xalqaro iqtisodiy huquqning ikkita asosiy konsepsiyasi mavjud. Birinchi konsepsiyaga ko‘ra, xalqaro iqtisodiy huquq xalqaro ommaviy huquqning tarmog‘i hisoblanib, xalqaro huquq subyektlarining iqtisodiy munosabatlari uning predmetidir. Hozirgi ‘M&lcolm N. Shaw. International law. Sixth edition. International law today. Cam badge University Preis. New York. 2008. - P 43. ‘Suhedi S P. International economical law. Section A: Evolution end principles of international economical law. London. University ofLcodon Press. 2007. — P.2J-22. paytda g‘arb adabiyotlarida hukmron konsepsiya xalqaro iqtisodiy huquq normalarining manbai xalqaro huquq va davlatlarning ichki huquqlari deb hisoblaydi, xalqaro iqtisodiy huquq o‘z ta’sirini davlat hududidan tashqarida bo'ladigan tijorat munosabatlarida ishtirok etuvchi barcha huquq subyektlariga o’tkazadi. Ru ikkinchi konsepsiya g'arbda ilgari surilgan transnasional huquq nazariyasi bilan tutashib ketadi, chunki bu nazariya xalqaro huquq subyektlari qatoriga davlat bilan birgalikda transnasional korporasiyalarni hain kiritadi'. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling