Xalqaro huquq


Harbiy harakatlar yuritish vositalari


Download 3.36 Mb.
bet99/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Harbiy harakatlar yuritish vositalari deganda qurol, harbiy texnika va mojaro qilalayotgan tomonlardan raqibga zarar va zarba berish maqsadida qohlanadigan vositalartushuniladi.
'Qaraug balafsiL Средства ведения войны. Красного Крестя. - 2005. - № 859
Harbiy harakatlar usullari — bu qurolli mojaro vositalarini qo’llashning uslublari va tartibidir.
Vosita va usullar quyidagicha bo‘linadi: joiz (qonuniy), nojoiz (noqonuniy).
Urush jabrdiydalari va ftiqaro obyektla ruing xalqaro-buquqiy
himoyasi

Yarador, bemor va kema halokatiga uchragan shaxslarni himoyalash XGH bu qurolli mojarolar jabrdiydalari himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan normalar majmuidir.
Qurolli mojarolar jabrdiydalari deganda, qatordan chiqarilgan yoki qurolli mojaroda bevosita qatnashmagan shaxslar tushuniladi. Bu yerda XGHda qurolli mojaro jabrdiydalari huquqiari musodara qilinmaydi.
Qatordan chiqarilgan yoki qurolli mojaroda bevosita qatnashmagan shaxslarning ularga nisbatan hurmat, himoyalash va insonparvarlik ko‘rsatilishiga haqliliklari prinsipi butun Jeneva huquqi mazmunini tashkil etadi (Qarang. JK 112-moddasi va 1QP 10-moddasi).. .
Noxaiqaro xarakterga ega bo'lgan qurolli mojaroda, daxlsizlik prinsipi Jeneva konvensiyalariga umumiy bo’lgan 3-moddada berilgan. Bu ma'no II QP 7-moddasida o‘z tasdig'ini topgan va u I QP 10-moddasida takrorlangan.
Shunday qilib, bu prinsip konvension xarakterga ega bo’lib, ichki va xalqaro mojarolarda qo'llaniladi.
Bu prinsip nizolashayotgan tomonlarga ikki xil majburiyatni yuklaydi: hurmat qilish va himoya qilish.
XGPda urush jabrdiydalari va fuqaro obyektlarining himoyalanishi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarning hech bir shartiarsiz va majburiyatlarsiz himoya va yordam oiishga haqliliklari qoidalariga asoslangandir.
“Yaradorlar va bemorlar” tushunchalarining ta’rifi I QP 8-modda “a” bandida berilgan bo’lib, ikkita mezon bilan asoslangan: tibbiy yordamga muhtojlik va harqanaqangi adovatli harakatlardan tiyilish.
I QP 10-moddasiga asosan:
Barcha yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar, qaysi tarafga mansubliklaridan qat 'i nazar, hurmat va himoyadan foydalanishadi. Barcha sharoitlarda ularga nisbatan insonparvarlarcha munosabatda bo’lib, ularga qisqa niuddallarda maksimal darajada ahvoltariga qarab tibbiy yordam va g'amxo'rlik ко ‘rsatiladi.
Shunday qilib, 1 QP cheklovlarni barham berib, “yaradorlar, betnorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar” tushunchasiga keng qamrovli talqin berdi. Endi bu tushuncha ham harbiylarni va ham Jeneva huquqidan farqli o‘laroq, fuqaro shaxslami o‘z ichiga qamrab oladi.
Yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar zaruriy darajada himoyadan foydalanishlari uchun tibbiy xodimlar munosib himoyaga ega bo‘lishlari zarur. Tibbiy xodimlar va muassasalarning daxlsizligi qurolli mojarolar jabrdiydalarining daxlsizligi prinsipi tabiiy natijasidir. Tibbiy xodimlar va muassasalarning daxlsizligi prinsipi! JK 19-35-moddalari va II QP 95-moddasida keltirilgan. “Tibbiy xodim” tushunchasi 1 QP 8-moddasida keltirilgan va unga muvofiq tibbiy xodim harbiy yoki fuqaro bo‘iishi mumkin.
Tibbiy xodimlaniing himoyasi tanho yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarga yordam ko'rsatish vazifasini bajarish uchun amalga oshiriladi. Bu yerda tibbiy xodimlar tibbiy xizmatlar ko‘rsatayotganda tibbiy axloq me’yorlariga amal qilishlari zarur.
Raqib tomon qo‘liga tushgan tibbiy xodimlaming himoyasi kafolati 1949-yildagi Hi QKda nazarda tutilgan.
Ruhoniy tushunchasi va uning yuridik maqomi I QP 8-moddasida keltirilgan. Ruhoniylarning himoyasi va hurmatlash tartibi tibbiy xodimlamikidan farq qilmaydi.
XGPda tibbiy va ruhoniy xodimlar ulaming butun missiyalari davomida davom etadigan alohida mavqelaridan kelib chiqqan holda maxsus himoyadan foydalanadilar.
Harbiy asirlarning himoyasi tartibi
Uchinchi Jeneva konvensiyasi harbiy asirlarning ko‘p tomonlama himoyasini ta’minlaydi. Bu konvensiya ularning maqomi va huquqlarini belgilab, batafsil tarzda ularga munosabat qilish normalari va asirlikdan ozod etish tartibini aniqlaydi.
Harbiy asirlami himoyasiga qaratilgan normalar alohida xususiyatga ega. Ilk marta ular 1929-yildagi Jeneva konvensiyasida ishlab chiqilgan edi. Bu normalar Ikkinchi jahon urushi tajribasidan kelib chiqqan holda 1949-yildagi Uchinchi Jeneva konvensiyasida keyinchalik 1977-yildagi I Qo'shimcha protokolda to'ldirilgan edi.
Harbiy asir maqomi faqat xalqaro qurolli mojaro holatida ishlatiladi. Odatda harbiy asir sifatida raqib tomonga asir tushgan bir tomonning harbiy xizmatchilari ta’riflanadi. Uchinchi Jeneva konvensiyasi yana boshqa shaxslami ham nazarda tutganki, ular harbiy asir maqomiga ega bo'lishiari mumkin yoki ularga nisbatan harbiy asir sifatida munosabat qilish mumkin.
Harbiy asirlarni faqat jangda qamashganlari uchun javobgarlikka tortish taqiqlanadi. Hibs qilish jazo shakli emas: buning maqsadi — faqat bundan keyin qurolli mojaroda qatnashishi oldini olishdir. Ulami ozod qilib harbiy harakatlar to'xtaganidan keyin darhol repatriatsiyafvataniga qaytarish) qilish zarur. Asirlikda ushlab turgan davlat ulami sud orqali harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tonishi mumkin, ammo XGPga muvofiq qonuniy xislatga ega boMgan kuch ishlatganliklari uchun haqli emas.
Harbiy asirlar har qanaqa holatda ham insonparvarlik munosabatiga loyiqdirlar. Harbiy asirlar har bir zo'rlik amalidan va ham qo'rqitish, tahqirlash va olomon qiziqishidan himoyalanish huquqidan foydalanishlari zarur. XGP yana yashash sharoiti, ovqatlanish, gigiyena va tibbiy yordam kabi qamoqda ushlash tomonlarining minimal stacdartlarlni belgilab bergan.
1949-yildagi to‘rtinchi Jeneva konvensiyasi yana xalqaro qurolli mojarolar davrida ushlab qolingan fuqaro shaxslarning keng qamrovdagi himoyasi choralarini nazarda tutadi. Xavfsizlikning zaruriy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda nizo tomoni fuqaro aholi yashashi uchun maxsus hudud ajratishi yoki bu aholini ushlab qolishi mumkin. Demak. ushlab qolish xavfsizlik talabi bo'lib, jazo sifatida qo'llanilmaydi. Ya’ni har bir ushlab qolingan shaxs, uni ushlab qolishga sabablar bartaraf etilgan zahoti ozod etilishi zarur.
Ushlab qolingan fuqaro shaxslarga nisbatan munosabat va ulami ushlash sharoitini tartib soluvchi XGPning normalari harbiy asirlarga nisbatan qo'llaniladigan XGP normalariga to‘liq mosdir.45
Ichki qurolli mojarolarga nisbatan barcha 1949-yildagi Jeneva konvensiyalariga umumiy bo lgan 3 modda va II Qo'shimcha protokolda quyidagi nazarda tutilgan:
“Harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan shaxslar, jumladan, qurolli kuchlar tarkibida bo'Iganu qurolini topshirgan, bundan tashqari bemorligi, yaradorligi, qo‘lga olinganligi yoxud boshqa har xil sabablarga ko‘ra harbiy harakatlarda qatnashmayotgan shaxslar irqi, tana rangi, dini yoki e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va shunga o‘xshash boshqa jihatlar sababli hech bir kamsitishlarga yo‘l qo'yilmagan holda bar qanday shart-sharoitda insoniy muomaladan foydalanishi zarur”

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling