Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pictet Jean S., Commentary of the First Geneva Convention for ihc Amelioration of the Condition of the Wounded and Sick in Armed farces in the Field , Geneva, 1CR.C, 1952, p.32
- xalqaro qurolli mojarolar vaziyatida
- homiylikdagi shaxslarga
1 Pictet Jean S., Commentary of the First Geneva Convention for ihc Amelioration of the Condition of the Wounded and Sick in Armed farces in the Field , Geneva, 1CR.C, 1952, p.32 ^‘Dushko Tadichga qarshi ayblc-vchf' ishi ba'yicha ApeUnisiyn palatasi qarori. Case № 1T-94-1-AR72, (2 October 1995) Para 70 Xalqaro qurolli mojarolar chog'ida to'ilala Jeneva konvensiyalari va I Qo'shimcha Protokol qo'llanadi. 1949-yilgi Jeneva konvensiyalarining barchasi uchun umumiy bo'fgan 2-modda xalqaro qurolli mojarolar vaziyatida konvensiyalami qo'ilash doirasini belgilaydi. Xalqaro qurolli mojaro tushunchasi davlatlar o‘rtasidagi qurolli kurash bilan cheklanishi mazkur moddaning mohiyatidan kelib chiqadi. Davlatlar o'rtasida yuz beradigan va qurolli kuchlami harakatga solishni keltirib chiqaradigan har qanday bahs, garchi, tomonlardan biri urush holati mavjudligini inkor etayotgan bo'lsa-da, 2-modda mohiyatiga ko'ra qurolli mojaro hisoblanadi. Mojaroning davomiyligi ham, vayronalik darajasi ham hech qanday ahamiyatga ega emas. Inson shaxsiga hurmat qurbonlar soni bilan o'lchanmaydi32. I QP "xalqaro qurolli mojaro”ning tavsifini bir davlat hududidan chiqntagan holda o'z tabiatiga ko'ra xalqaro qurolli mojaro xarakteriga qadar kengaytirdi. I Qo'shimcha Protokolning 1-moddasi mazmuniga muvofiq “milliy ozodlik urushlari” ham xalqaro qurolli mojaro sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Turli-tuman shaklga ega bo'lishi mumkin bo'lgan ichki qurolli mojaroning umumqabul qilingan tavsifi mavjud emas, shunday ekan, bunday shakldagi vaziyatlami ulami tavsiflovchi obyektiv omillar yordamida tavsiflashga urinish taqozo etiladi. Ichki qurolli mojaro xalqaro qurolli mojarodan qarama-qarshi tomonlarning huquqiy maqomi bilan farqlanadi. Noxalqaro qurolli mojaro ishtirokchilari - bu .suveren davlat emas, balki o'z hududida bir yoki bir necha qurolli guruhiar bilan mojaroga kirishayotgan bir davlat hukumati yoxud ikkita qurolli guruh bir-biri bilan davlatning qurolli kuchlari aralashuvisiz urushayotgan vaziyat. Mazkur holatda “qurolli mojaro” iborasi jiddi-y mezonni ko'proq yoki kamroq uyushgan qurolli kuchlar o'rtasida oshkora harbiy harakatning mavjudligi mezonini joriy etadi. Ayrim yoxud onda-sonda yuz beradigan zo'ravonlik harakati bilan xarakterlanuvchi ichki tartibsizliklar va keskinlik, garchi hukumat politsiya va harbiy qismlar yordamida huquqiy tartibni tiklashga majbur bo'Isa-da, huquq nuqtayi nazaridan qurolli mojaro hisoblanmaydi1. Xalqaro qurolli mojaroning (XQM) ichki xarakterdagi qurolli mojarodan navbatdagi farqli jihati xalqaro qurolli niojaroga nisbatan XGHning barcha normalarini qo'llash mumkinligi bilan belgilanadi. Ichki xarakterdagi qurolli mojarolarga nisbatan esa ularning faqat ayrimlarigina qo'llanadi. Mojarolaming I! Qo'shimcha Protokol va 3-uniumiy modda ta’siriga duchor bo'ladigan yoki faqat 3-modda ta’siriga duchor bo’ladigan. masalan, muxolifat guruhlarining tashkiliy darajasi II Protokolni qo'llash uchun yetarli bo’lmagan turlicba xillari mavjud. II QP 1-moddasiga muvofiq mazkur Protokol “1 Protokolning 1- moddasi ta’siriga duchor bo‘lmaydigan va qaysidir Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar hududida, uning qurolli kuchlari va mas’ul qo'mondoniigi ostida bo'lib. hududining biror-bir qismida shunday nazoratni amalga oshiradigan va ularga uzluksiz. va kelishiilgan harbiy harakatlarni amalga oshirish hamda mazkur Protokolni qo'llash imkonini beradigan hukumatga qarshi qurolli kuchlaryoki boshqa qurolli guruhlar o'rtasida yuz beradigan barcha qurolli mojarolarga nisbatan qo'llanadi”. Demak, II Qo'shimcha Protokolni qo'llash uchun quyidagi shartlar zarur: bir-biriga qarama-qarshi turuvchi tomonlaming mavjudligi; mas’ul qo'mondonlik; hududning bir qismi ustidan nazorat; harbiy harakatlarning uzluksiz va kelishilgan xarakteri: II Protokolni qo'llash layoqati2. Ichki qurolli mojaro vaziyatida 1949-yilgi to'rtala Jeneva konvensiyalari uchun umumiy bo'lgan 3-moddani qo’llash tartibi quyidagicha: qurolli mojaroing mavjudligi va uning ichki xususiyati. U ichki xarakterdagi qurolli mojaro sifatidagi aniq bir vaziyatni kvalifikatsiya qilish uchun qachonki qonuniy hokimiyatga qarshi dushmanlik harakati jamoaviy xarakterga ega bo'lsa hamda kam bo‘lsa-da (minimum) tashkillashtiriIgani bilan ajralib tursa, qo'llanishi mumkin. 3-modda ichki qurolli mojarolar vaqtida qo'llanadigan gumanitar huquqning poydevori hisoblanadi. 3-modda noxalqaro qurolli mojarolar chog'ida barcha vaziyatlarga nisbatan tatbiq etiladigan eng kam (minimal) qat’iy belgilashni (reglamentatsiyani) o'zida ifodalaydi. П Protokoi 3-moddaning qo'llanish shartini o'zgartirmagan holda, uni to‘Idiradi, rivojlantiradi va kuchaytiradi. 3-umumiy moddada qoidalaming qo'llanishi nizolashayotgan tomonlaming huquqiy maqomiga daxl qilmasligi aniq belgilab qo‘yilgan. Lining qo:llanishi urush holati mavjudligining e’tirofi hisoblanmaydi hamda tomonlar o'rtasidagi munosabatlaming huquqiy xarakterini o'zgartirmaydi. 3-modda ham. 11 Protokol ham faqat gumanitar maqsadlarni ko'zlaydi va har qanday sharoitda barcha shaxslarga asosiy minimal kafolatlarni ta’minlashga mo'ljallangan. 3-moddaning qo‘llanish sharti 11 Protokolni qo‘llash shartiga nisbatan kamroq aniqlik kasb etadi. 3-modda II Protokol qo'llanadigan barcha vaziyatlarda qo‘llanadi, biroq II Protokol II Protokolning 1-moddasida mustahkamlab qo'yilgan alomatlarga muvofiq vaziyatlaiga nisbatan qo'llanadi. Keyingi paytda xalqaro va ichki qurolli mojarolarni farqlashdan, jangovar harakatlar jarayonida. mazkur mojarolar qanday baholanishidan qat'i nazar, XGHning jami to‘plamini qo'llash nuqtayi nazaridan yoki butunlay voz kechishga chaqiriqlar juda tez-tez yangramoqda1. Yoki qurolli mojaroning boshqa kvalifikatsiyasini kiritish lozim. Masalan, qo'llanadigan zoravonlik darajasiga bog’liq tarzda ularni quyidagilarga: 1) qurolli mojaro darajasiga yetmagan ichki tartibsizliklar va g‘alayonlar: 2) pastjadallik shaklidagi noxalqaro xarakterdagi qurolli mojaro: 3)yuqori jadallikdagi ichki xarakterdagi qurolli mojaro; 4) xalqaro qurolli mojaroga ajratgan holda33 34. Ammo asosiy tartiblar o'rtasidagi tafovut anchayin katta, tafovut saqlanib qolmoqda. bir-birini takrorlash ro‘y berayotgani yo‘q. Ikki xil ko‘rinishdagi qurolli mojarolar ohlasidagi tafovut ijobiy huquqning bir qisinini tashkil qiladi, modomiki, 1949-yiigi Jeneva konvensiyalarini (so'ngra esa ularga 1977-yilgi Qo’shimcha protokolni) qabul qilgan davlatlar. o'zlarining ichki ishlariga. binobarin, o'zlarining suverenitetlariga daxl qiluvchi xalqaro qurolli mojarolar holatiga oid vaziyatlami tenglashtirishni istamadilar. Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti qurolli mojarolarni xaiqaro va ichki mojaroiarga ajratishning murakkab tizimini saqlab qoldi SYBXT “Dushko Tadichga qarshi qoralovchi” ishida o‘zining ichki qurolli mojarolar jabrdiydalariga nisbatan teng gumanitar himoyani tatbiq etish xohishini namoyon etdi, ammo o‘zining butun kelgusi amaliyoti davomida u ichki va xalqaro qurolli mojarolar o:rtasida huquqiy tafovut mavjudligini yana va yana tasdiqladi. Bunday tafbvutni tasdiqlatish uchun u har bir aniq vaziyatni u yoki bu mojarolar turiga mansub deb hisoblashning baholasb mezonlarini ishlab chiqdi.1 Xalqaro odatiy huquqning rivoji ikkala normalar majmuining parallel ravishda yaqinlashuvidan dalolat bermoqdaki, keng ko'lamli yuridik adabiyotlar va xalqaro-huquqiy hujjatlai tahlili shunga guvohlik beradi. Sud qarorlarini qabuf qilishda dalillardan foydalanilmoqda. MKKK (XQXK) o!zining xalqaro odatiy gumanitar huquq borasidagi tadqiqotlari naiijasida XGH universal xarakter kasb etishi va uning ko‘plab normalari ham xalqaro, ham ichki ziddiyatlar chog‘ida qo‘llanish ekanligi haqidagi xulosalarga keldi, shuningdek odatiy huquqning rivoji ikkala turdagi mojarolarda qo'llanadigan normalarning uzil-kesil qo‘shilishiga olib kelmaganligini ham qayd qildi. ikkala turdagi mojarolar o'rtasidagi aniq tafovut hali hanuz mavjudligicha qolmoqda. XGH — davlatlarning kelishilgan irodasi mahsuli. U davlatlar tomonidan yaratiladi va qo'llanadi. XGHning qo'llanishi biror narsaga bogMiq bo'lmasligi lozim, ammo ko'pincha ma’lum talablarga. xususan, mojaroni kvalifikatsiyalash talabiga bog'liq qilib qo‘yiladi. XGHning funksiyasi davlatlarni huquqiy majburiyatlar bilan bog‘lab qo‘yishdan iborat. XGH shunday bir tizimni ifoda etadiki, uning asosida qurolli mojarolar jabrdiydalari hiraoyasini ta’minlash va ularga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishga da’vat etuvchi qoidalar yotadi. Bular safdan chiqarilgan yoxud qurolli mojaroda ishtirok etmayotgan to'rtala Jeneva konvensiyalari hamda 1977-yilgi ularga Qo‘shimcha protokollar homiyligi ostida bo‘lgan shaxslardir. Xaqaro gumantitar huquqqa binoan homiylikdagi shaxslarga2 gumanitar huquqning mutlaq himoyasi ostida bo'lgan shaxslar kiradi. Yanada kengroq ma’noda, homiylikdagi shaxslar — kimki harbiy harakatlar chog'ida shartnomaviy yoki odatiy gumanitar huquq himoyasi ostida gilardir. Chunonchi. ularga: yaradorlar, bemorlar, kema halokatiga yo'liqqanlar. harbiy asirlar, fuqaro aboli va harbiy harakatlarda ishtirok etmayotgan yoki ishtirokini to'xtatgan boshqa shaxslar, tibbiy xodimlar va ruhoniylar, gumanitar tashkilotlar hamda fiiqaro mudofaasi tashkilotlari xodimtari, shuningdek Homiylikdagi shaxslaming XGHdagi vositachilari mansub bo'lib, ular mutlaq hurmat va himoyadan foydalanishlari shart. Himoya nafaqat qurolli mojarolar jabrdiydalarini himoyalashning muayyan tartiblariga (Institutlariga) tayanishni ko'zda tutishi, balki unish jabrdiydalari huquqlarining ajralmasligi prinsipiga asoslangan. (Gaaga nizomi, 45-52, 56-moddalar). Himoya taqdim etish majburiyati homiylikdagi shaxslaming uni qabul qilish huquqiga nisbatan ustunlikka ega. To'rtala Jeneva konvensiyalarining har biri qurolli to'qnashuvlar jabrdiydalarining u yoki bu toifasining himoyasi masalalarini tartibga soladi. 1 Konvensiyada yaradorlar va bemorlar haqida so‘z boradi. II Konvensiya yaradorlar, bemorlar hamda kema halokatiga yoMiqqan shaxslar himoyasiga qaratilgan. Ш Konvensiya harbiy asirlami qamrab oladi va IV Konvensiya qarama-qarshi tomon hokimiyaci ostida bo'lgan fuqaro shaxslami qamrab oladi. XGHda homiylikdagi shaxslami himoyalashning umumiy tizimi qurolli mojarolar oqibatlaridan ularga maxsus, umumiy va minimal himoya taqdim etish asosiga qurilgan. Alohida toifadagi shaxslar maksimal, ya’ni asosiy toifalarga taqdim etiladiganiga nisbatan kuchaytirilgan himoya huquqiga ega. Tibbiy va diniy xodimlar1. voyaga yetmaganlar35 36 va ayollar37, qochoqlar va (bevatanlar) apatridlar38 39 shular jumlasidandir. Minimal himoya - bu to'la himoya huquqiga ega bo’hnagan sharoitdagi shaxslaming ayrim kafolatlar olishi mumkinligi huquqi. Bu josuslar (I QP 46-modda) va yollanma askarlarga (1 QP 47-modda) taalluqli bo‘lib, ular harbiy asir maqomiga ega bo‘lmaganlari holda baribir Jeneva konvensiyalari bilan mustahkamlangan asosiy kafolatlar huquqiga egadirlar*. Shunday bo‘lsa-da, homiylikdagi shaxslar toifasiga mansub bo'lmagan jabrdiydalar himoyadan mahrum etnas. Modoniiki, 3-umumiy modda "harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan shaxslarga” himoya taqdim etadi (Qarang: 3-umumiy modda, 11 QP, 4-modda). Inson huquqlari bo‘yicha Xaiqaro huquqqa muvofiq ular, garchi XGH homiyligidagi shaxslarga taqdim etiladigan himoya singari to‘la himoya shaklida bo‘lmasa ham, himoyadan foydalanadi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling