Xalqaro huquq
Farqlash o'tkazish prinsipi -
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
Farqlash o'tkazish prinsipi - fuqaro aholi va kombatantlar o'rtasida, harbiy va fuqaro obyektlari o'rtasida jiddiy faqlashga asoslangan. Mazkur prinsipning mazmuni quyidagi talablar yig'indisidan tashkil topadi: shaxslar bo'yicha cheklov va obyektlar bo‘yicha cheklov o'tkazish. (Qarang: QP 1 44-modda 3- band, QP I 48 va 52-moddalar, MUS Statuti 8-modda).
QP I 48-moddasida nazarda tutilgan farqlash o'tkazish prinsipi davlatlar amaliyotida xalqaro va ichki qurolli mojarolar chog'ida qo'llanadigan odatiy xalqaro huquq normalari sifatida o'rnatiladi*. Yadro quroli bo'yicha konsultativ xulosada Xalqaro sud, farqlash o'tkazish prinsipi XGHning "asosiy prinsiplaridan” hamda "xalqaro odatiy huquqning mustahkam prinsiplaridan " biri degan xulosaga keldi. Har holda kombatantlar va tinch aholining tavsifi va o'ziga xos xususiyatlari III JKning 4-moddasi, I QPning 43-moddasi, I QPning 52-moddasida mustahkamlab qo'yilgan hamda xalqaro qurolli mojarolar chog'ida qo'llanishi joiz. Ichki xususiyatdagi qurolli mojarolar jabrdiydalarini himoyalashga taalluqli II qo'shimcha protokol "kombatantlar”, “harbiy obyektlar”, “fuqaro aholi” mavjudligini e’tirof etmaydi. Shu tariqa II QP mazkur prinsipni ham, fuqaro obyektlariga hujum qilishni taqiqlashni ham o'z ichiga olmaydi. Obyektlar bo'yicha cheklov prinsipi shuni nazarda tutadiki: hujum harbiy obyektlar doirasida qat’iy cheklanmog'i lozim; himoyalanmayotgan joylarga hujum uyushtirish taqiqlanadi; agar fuqaro aholi uchun xavfli kuchlami bo'shatib yuborishni keltirib chiqaradigan bo'lsa, qurilma va inshootlarga hujum taqiqlanadi; fuqaro aholidan harbiy obyektlar himoyasi yo‘lida foydaianilmasligi lozim. Masalan, sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xaiqaro tribunal (Sudlov palatasi) Galich ishi bo‘yicha “fuqaro shaxsyoki fuqaro obyektlariga shikasl yelkazuvchi hujum, har qanday holatda lo'g'ridan to'g‘ri fuqaro shaxslarga hujum sifatida kvalifikatsiya qilinishi"30ni belgilab qo‘ydi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling