Xalqaro innovatsion universiteti
MALAKAVIY PEDAGOC1K AMALIYOT DAFTARINI YURITISH BO'YICHA
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliyot DAFTAR maktabgacha ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- GURUH TARBIYACHILARI VA UNING VAZIFALARI
MALAKAVIY PEDAGOC1K AMALIYOT DAFTARINI YURITISH BO'YICHA
KO’RSATMALAR 1. Ushbu daftar malakaviy pedagogik amaliyoti bo'yicha asosiy hujjat hisoblanadi. 2. Amaliyot daftari har kuni amaliyotchi tomonidan to'ldiriiadi va har haftaning oxirida ta’lim muassasasi hamda universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlab boriladi. 3. Kundalikdagi yozuvlar amaliyot dasturi, uning davomiyligi va belgilangan topshiriqqa mos kelishi shart. 4. Talaba amaliyot davomida berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarilishini va amaliyot daftarida qayd qilib borishi lozim. 5. Amaliyot davomida talaba bajargan har bir ish va berilgan mustaqil ishnmg bajari1ishi kundalik yozuvlarda o'z aksini topishi shart. 6. Talaba amaliyot davrida bajargan ishlari va kundalik yozuviari asosida xulosa tarzidagi hisobotni tayyorlashi, amaliyot daftarida qayd etishi va taqdimot tayyorlashi lozim. 7. Hisobot malakaviy pedagogik amaliyot o'taladigan muassasa va universitet tomonidan tayinlangan ma’sul amaliyot rahbari tomonidan tekshirib, tasdiqlanadi. 8. Amaliyot daftandagi barcha kundalik yozuvlar va hisobot aniq-ravshan. bejirim, qo'lda yozilgan bo'lishi va chizmalar barcha qoidalarga amal qilgan holda chizihshi lozim. 9. Talabalar amaliyotda tayvorlagan hisoboti bo'yicha taqdimotdan ijobiv baho olgandan va amaliyot daftarini kafedraga topshirilgandan so'ng amaliyotni o'tagan hisoblanadi. GURUH TARBIYACHILARI VA UNING VAZIFALARI Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi faoliyati O’zbekiston Respubiikasining "Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasimng ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va ushbu nizom asosida tashkil etiladi. Tarbiyachi muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo’lib, o’ziga biriktirilgan guruh tarbiyalanuvchilarning amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi. Guruh tarbiyalanuvchilarning ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda tarbiyachilar, psixolog, ota-onalar, shuningdek ta’lim muassasasi rahbariyati orqali voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, xomiylik va vasiylik komissiyalari. tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etadi. Tarbiyachi maktabgacha ta'lim muassasasida va keng jamoatchilik orasida guruh tarbiyalanuvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik. darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Uning maqsadi har tomonlama yetuk. barkamoi - ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, guruh tarbiyalanuvchilarining qobiliyatlarini to'liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada ta'lim muassasalan pedogogik va tarbiyalanuvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir tarbiyalanuvchining o’ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo'lga qo’yadi. Boshlang’ich guruh tarbiyalanuvchilari o’ziga- biriktirilgan guruhga tarbiyachi hisoblanadilar. O’rta guruhlarda guruh tarbiyachilari tajribaii tarbiyachilari orasidan maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi. Bir tarbiyachiga faqatgina bitta guruh tarbiyachisi topshiriladi. guruh tarbiyachilari faoliyatini ma’naviy- ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o'rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling