Milliy rejim prinsipi (National Treatment)
Milliy rejim prinsipi bu xorijiy investor va uning investitsiyasiga nisbatan
milliy subyekt va obyektlar uchun belgilangan huquqiy maqomning qo’llanilishi.
Bu prinsipning maqsadi investitsiyani qabul qiluvchi davlatni uning qonunlari va
qoidalarini qabul qilish va qo’llashda chet ellik va mahalliy investorlar o’rtasidagi
salbiy farq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik va shu bilan chet ellik investorlarning
pozitsiyasini teng darajada ko’tarish hisoblanadi. Bu prinsip ikki tomonlama
investitsiya shartnomalarida belgilab qo’yiladi. Bu prinsipdan kelib chiqadigan
asosiy nizo mamlakat aholisi va investorda mavjud bo’lgan holatni qay darajada
bir xillikda ushlab turishda namoyon bo’ladi. Ya’ni xorijiy investor va mahalliy
tadbirkorga yaratilgan imkoniyatlar o’rtasida farq bo’lmasligi lozim. Lekin
yaratilgan imkoniyatning, ko’rsatilayotgan xizmatning bir xil darajada bo’lishi
nimada namoyon bo’lishi aniq belgilab olinmasa, investor va investitsiyani qabul
qiluvchi davlat o’rasida nizo kelib chiqishi tabiiy. Shu o’rinda AQShning
tajribasini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. AQShga nisbatan o’xshashlik
masalasi nisbatan oddiy chunki xorijiy investor va mahalliy investor bir-biri bilan
to’g’ridan-to’g’ri raqobatlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |