Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari
Eng qulay shartlar rejimi (MFN)
Download 242.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari
Eng qulay shartlar rejimi (MFN)
Xalqaro iqtisodiy aloqalar va xalqaro siyosatda eng maqbul shartlar rejimi –bu xalqaro savdoda bir davlatning boshqa bir davlatga bergan moqomi yoki darjasi. Bu atama shuni anglatadiki, ushbu prinsipni qabul qiluvchi mamlakat nominal ravishda bunday muomalani taqdim etgan mamlakat tomonidan “eng maqbul xalq” sifatida teng savdo afzalliklariga ega bo’lishi kerak (savdo afzalliklari past tariflar yoki yuqori import kvotalarini o’z ichiga oladi). Eng qulay rejim maqomiga ega bo’lgan davlatga nisbatan boshqa shunday maqomga ega bo’lgan davlatga qaraganda kamroq imtiyoz berilishi mumkin emas. Ikki tomonlama investitsiya shartnomalarida ko’rsatilgan eng qulay shartlar rejimi moddalari faqat moddiy normalarni o’z ichiga oladimi yoki protsessual himoyani ham o’z ichiga oladimi degan munozaralar mavjud. Bu degani shartnomadagi normalar faqatgina eng qulay rejim nima ekanligini ta’riflaydimi yoki prinsip buzilsa, investor huquqlarini ham himoya qiladimi degan anglashilmovchilik mavjud. Mening fikrimcha shartnomadagi normalar protsessual huquqlarni ham tartibga solishi kerak, chunki shartnoma faqat moddiy normalardan iborat bo’lib qolsa, protsessual normalarni tartibga solib bo’lmay qoladi. Eng qulay shartlar
rejimi Jahon savdo tashkilotining savdo qonunchiligini asosini tashkil etadi. Bu prinsipning kelib chiqish tarixiga to’xtaladigan bo’lsak, bu prinsipning dastlabki shaklini XI asrdayoq uchratish mumkin ekanligi odamni xayratga soladi. Eng qulay shart rejimining bugungi kontsepsiyasi XVIII asrda paydo bo’la boshlagan. Bu rejim odatda ikki tomonlama shartnomalarda o’z aksini topgan. Masalan, Madrid shartnomasida (1667) Ispaniya Angliya eng qulay rejim savdo maqomini bergan. 1794-yildagi Jey shartnomasida AQSh ham Buyuk Britaniyaga shunday savdo maqomini bergan. Demak, bir davlat eng qulay rejim maqomini olishi uchun ikki tomonlama shartnoma tuzishi lozim.
Download 242.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling