investitsiya shartnomalarida mustahkamlanadi. Unga ko’ra bir davlatning davlat
organi boshqa davlat hududiga kiritilgan investitsiyalar uchun siyosiy
tavakkalchilikka qarshi kafolat beradi va bu kafillik bo’yicha to’lovni amalga
oshirishiga majbur bo’ladi, keyin ikkinchi davlat (uning davlat organi) birinchi
davlatning (uning davlat organining) tegishli kompensatsiya (subrogatsiya)ga
bo’lgan huquqlarini tan olishga majbur bo’ladi. Ushbu shartnomaviy norma
xususiy investor va davlat o’rtasidagi huquqiy munosabatlari xalqaro ommaviy-
huquqiy munosabatlar darajasiga o’tkazadi. Yuqoridagi prinsip investorning
huquqlarini himoya qiladigan eng maqbul prinsiplardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Xalqaro investitsiya huquqining
prinsiplarini o’rganish, uni tadbiq qilish davlatning investitsion faoliyati uchun
muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Agar yuqoridagi ma’lumotlardan
o’zingizga biror yangilik olgan bo’lsangiz bu nafaqat siz uchun balki biz uchun
ham foydali, chunki biz bir maqsad yo’lidamiz.