Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
Download 1.72 Mb.
|
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003
2.3- rasm. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi (mln .AQSH dollarida)15
Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, Markaziy Osiyo mamlakatlari doirasida O’zbekiston bilan savdo aylanmalari oxirgi uch yil mobaynida yuqori sur’atlarda o’sib bormoqda. Bu o’rinda tashqi savdoda hajmining kamayish tendensiyasi faqatgina Tojikiston bilan bo’lib, o’tgan yilda qariyb 30%ga kamayganligi e’tiborga molik. Bunga sabab sifatida O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi ba’zi geosiyosiy kelishmovchiliklarni keltirish mumkin. So’ngi yillarda O’zbekiston Qozog’iston Respublikasi bilan o’zaro keng iqtisodiy hamorlikni olib bormoqda. 2013 yilda Qozog’iston va O’zbekiston o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikka asoslangan o’zaro savdoni yanada kengaytirish va bojxona ta’riflarini qayta ko’rib chiqish kelishuvi Toshkentda o’tkazilgan ikki davlat o’rtasidagi komissiyaning 12-sessiyasida ko’rib chiqildi. Qozog’istondan O’zbekistonga import qilinadigan asosiy mahsulotlar tarkibini neft, yonilg’i mahsulotlari, oziq ovqat mahsulotlari qora metallar tashkil qiladi. O’zbekistonnnig asosiy eksport qiluvchi mahsulotlari esa gaz, avtomobil, meva va sabzavot mahsulotlari, sement va yengil sanoat mahsulotlari va boshqalardir. Qozog’iston va O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro investitsiyani rag’batlantirish haqidagi kelishuv 1997 yilda imzolangan va hozirgi kunda O’zbekistonda Qozoq investitsiyasi bilan 100 ta korxona va 45 ta qo’shma korxona faoliyat olib boryapti. Qozog’istonda esa bu ko’rsatkich 280 dan ortiq korxonani tashkil etib, ular O’zbekiston investitsiyasi ishtiroki bilan tashkil etilgan. 2001-2011 yillar mobaynida Qozog’istonga kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi 9.5 mln dollarni tashkil etgan va O’zbekistonga kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi 130 mln dollarni tashkil etgan. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, Qozog’iston va O’zbekiston o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2012 yilda, 2011 yilning ushbu davriga nisbatan 11.3 foizga o’sgan va 1.5 mlrd ga yetgan 2013-yilda esa bu ko’rsatkich qariyb 2 mlrd dollarni tashkil etdi.16 Bundan tashqari O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasidago iqtisodiy savdo aloqalari keskin o’sish tendesiyasiga ega. 2012 –yilda o’zaro savdo aylanmasi 68.7% ga o’sganligi va 454.3 million dollarga yetganligi e’tiborga molik. O’zbekiston va Turkmaniston yaqin kelajakda o’zaro tashqi savdo aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazishni maqsad qilib belgilagan. O’zbekiston Turkmanistonga asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, yengil avtomobil, yuk mashinalari, elektr va texnik jihozlar, kimyo mahsulotlari qurilish mahsulotlari, metal, mashina jihozlar, farmaseftika mahsulotlari, laboratoriya jihozlari va boshqa mahsulot yetkazib bermoqda. O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida 1996-yil yanvar oyida mamlakatlararo uzoq muddatli savdoni rivojlantirish kelishuvi imzolangan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 7 ta qo’shma korxona Turkmaniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan. O’zbekiston kapitali asosida tashkil etilgan Turkmanistondagi qo’shma korxonalar soni esa 6 tani tashkil etadi17. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek Markaziy Osiyo davlatlarining o’zaro savdo aloqalarining rivojlanishini ko’rib o’tgan bo’lsakda bu savdo aloqalari integratsion birlashma tuzish talabiga javob bermaydi. O’z navbatida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy ijtimoiy aloqalarni yanda chuqurlashtirilishiga to’sqinlik qiluvchi bir qancha omillar mavjud. Xalqaro ekspertlarning e’tirof etishiga qaraganda , mintaqa davlatlarida suv va energetika resurslaridan foydalanishda quyidagi asosiy muammolar saqlanib qolmoqda: daryoning yuqori va quyi oqimidagi davlatlarning manfaatlari turlicha bo’lib, ular yagona bitimga kela olmayaptilar; suv-energetika resurslaridan foydalanishda davlatlararo katta tafovutlar mavjud; suv resurslaridan foydalanishni tartibga solib turadigan davlatlararo tizimning mavjud emasligi; muammolar mintaqa muammosi bo’lib qolmoqda, ya’ni muammoni hal qilishda be’taraf tomonlar aralashishni xohlashmayapti. Tojikiston va Qirg’iziston avvalo daryo suvlaridan elektr energiya ishlab chiqarish maqsadida foydalanadi. Elektr energiya ishlab chiqarish bu davlatlar uchun faqat qish oyida imkoniyatsiz, bu davrda elektr energiya O’zbekistondan import qilib olinadi. Yoz oylarida esa elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida bu ikki davlat daryo suvlarini nazorat qilib turadilar. Demak, bu davlatlar uchun daryo suvi avvalo yoz oylarida kerak. Daryoning quyi oqimidagi davlatlar esa daryo suvlaridan qishloq xo’jaligida maqsadida foydalanadilar va aytishimiz mumkinki yoz oylarida suv bu davlatlarga ham juda muhim. Vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, mintaqadagi barcha davlatlar daryo suvlaridan yoz oylarida foydalanishni xohlaydilar va suvdan foydalanishda asosiy muammolar shu sababli yuzaga kelmoqda. Shu sababli suvdan xohlagan paytda foydalana olmaslik daryoning quyi oqimidagi davlatlar uchun asosiy muammoligicha qolmoqda. Bunga javoban boshqa energiya resurslari taqsimlanishida ham muammolar yuzaga kelmoqda. Gaz va neft resurlarini mintaqa bo’ylab harakatida ya’ni, bu resurslarni eksport qilishda va uni iste’molchi davlatlar (Qirg’iziston, Tojikiston)ga qish oylarida yetkazib berishda quvurlarning talab darajasida emasligi natijasida muammolar vujudga kelmoqda. Bundan tashqari, Tojikiston Respublikasining Rog’un GESini qurish rejasi ham Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo’lmoqda. Chunki Rog’un GES ning qurilishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa O’zbekiston uchun katta xavf soladi. Xalqaro tashkilotlarning bu boradagi cheklovlariga qaramasdan Tojikiston ushbu GESni loyihalashtirish davom etmoqda18. Bu muammolarni hal qilish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari yagona iqtisodiy integratsiyaga birlashsalar, mavjud resurslardan birgalikda va unumli foydalanilar edi. Muammoni hal qilishning eng to’g’ri yo’llaridan biri shubhasiz mintaqadagi iqtisodiy integratsiyadir. Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasi iqtisodiy integatsiyani rivojlantirishda iqtisodiy to’siqlar ham mavjud. Buni o’lkani bir xildagi tabiiy resurslarga boyligi va o’xshash ishlab chiqarish sohalariga ega ekanligidir. Mintaqa mamlakatlari iqtisodiyot tarkibining o’xshashligi savdo aloqalari qisqarishiga olib kelgan sabablardan biridir. Bundan tashqari mintaqa mamlaktlarining eksport tovarlarining asosiy tarkibini xomashyo resurslari tashkil etadi. Bu esa o’z navbatida tashqi savdo aloqalariga bevosita to’sqinlik qiladi. Mintaqa mamlakatlari tomonidan eksport qilinadigan mahsulotlarning aksariyati deyarli har bir mamlakatda ishlab chiqariladi. Bu esa o’z navbatida Markaziy Osiyo mitaqasida o’zaro tashqi savdoning rivojlanishiga bevosita to’sqinlik qiladi. Fikrimiz tasdig’i sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlarining eksport va import tarkibini ko’rib o’tamiz: 2.2 jadval Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling