Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi dasturi
Download 1.72 Mb.
|
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelajakka yondoshuv Yaxshi qo’shnichilik, Yaxshi sherikchilik, Yaxshi istiqbol Muvaffaqiyat
- S Savdoni kengaytirish Raqobatni yaxshilash trategik obyektlar
- 2.1 - rasm
Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi dasturi (CAREC Central Asia Regional Economic Cooperation Programm). 2010-yilda Osiyo Tarqqiyot Banki va Xitoy Xalq respublikasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Hozirda ushbu hamkorlik dasturiga Afg’oniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston va Mongoliya mamlakatlari a’zo bo’lib, ushbu hamkorlik tashkiloti 2011-2020 yillar uchun mo’ljallangan a’zo mamlakatlar o’rtasida o’zining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqqan:
Kelajakka yondoshuv Yaxshi qo’shnichilik, Yaxshi sherikchilik, Yaxshi istiqbol Muvaffaqiyat Hamkorlk orqali rivojlanish,Iqtisodiy o’sishni tezlashtirish va boyliklarni teng taqsimlash S Savdoni kengaytirish Raqobatni yaxshilash trategik obyektlar
Transport Savdo siyosati Energiya Iqtisodiy korridorlar CAREC institutlari Yagona iqtisodiy hudud 2.1- rasm.Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi dasturi doirasida 2011-2020 yilgacha amalga oshirilishi kerak bo’lgan strategik islohotlar11 Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi dasturi (CAREC) doirasidagi iqtisodiy hamkorlik uzoq muddatli strategik ahamiyatga ega bo’lib, o’z ichiga mintaqa doirasidagi istiqbolli loyihalarni qamrab oladi. Avvalo, yaxshi qo’shnichilik, yaxshi sherikchilik aloqalari orqali muvaffaqiyatli istiqbolga erishish Hamkorlik orqali rivojlanish va bu bevosita iqtisodiy o’sishni tezlashtirishini nazarda tutib o’tadi. Hozirgi kunda tashkilotning oldida turgan eng asosiy maqsadlaridan biri bu Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi dasturi doirasida iqtisodiy aloqalarini kengaytirish masalasi turibdi. Bu bevosita hamkorlik doirasida transport tizimini yaxshilash, savdo siyosatini ishlab chiqish, energiya xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy korridorlarni tashkil etish Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi dasturi institutlarini tashkil etish va yagona iqtisodiy hududni yaratish orqali amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Ushbu vazifalarni bevosida 2011-2020 yillar ichida amalga oshirish maqsad qilib qo’yilgan12. Demak, yuqoridagi turli xildagi integratsion tashkilot doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari turli iqtisodiy hamkorliklar doirasida birgalikda faoliyat olib borishyapti. Ammo, e’tiborli jihati shundaki, ushbu iqtisodiy integratsion tashkilotlarning aksariyati, aynan Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari doirasida emas, balki “uchinchi” mamlakatning tashabbusi bilan tashkil etilganligi e’tiborga molik. Yuqoridagi tashkilotlar mintaqa xavfsizligi va barkarorligi masalalarida, mintaqa mamlakatlarining oʻzaro hamkorligini yanada chuqurlashtirish, integratsion jarayonlarni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ko’zda tutilgan. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari iqtisodiy va siyosiy hamkorlik doirasida ma’lum rivojlanish tendensiyasiga ega va bu rivojlanish tendensiyasi bevosita mintaqa mamlakatlari doirasida tuzilgan turli siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik va o’zaro hamkorlikni nazarda tutuvchi iqtisodiy tashkilotlarda namoyon bo’ladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling