Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”


Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati


Download 1.72 Mb.
bet9/18
Sana05.02.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1167086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003

Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati — davlatlararo iqtisodiy tashkilot. 2000 yil 10 oktabrda Belorussiya, Qozog’iston, Qirgiziston, Rossiya, Tojikiston prezidentlari Ostona shahrida imzolagan shartnoma asosida taʼsis etilgan. 2006 yil 25 yanvar kuni Oʻzbekiston mazkur tashkilotga rasman aʼzo boʻldi Hamjamiyatning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning eng yuqori darajasini taʼminlagan holda oʻzaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich tarif va notarif toʻsiqlarni bekor qilish yoʻli bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarining erkin harakati taʼminlanadigan erkin bozorni va uygʻunlashgan iqtisodiy siyosat amal qiladigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etishni nazarda tutadi. Hamjamiyat doirasida imzolangan bitim va shartnomalar savdo-iqtisodiy, moliya, bojxona, tariflar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik masalalarini tartibga soladi9.
Shanxay hamkorlik tashkiloti — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bo’lib 2001 yilda 15 iyun Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan. Ushbu tashkilot xalqaro regional tashkilot bo’lib, o’z oldiga terrorizm, separatism va ekstremizmga qarshi kurash va iqtisodiy nuqtai nazardan Yagona iqtisodiy bozorni tashkil etishni maqsad qilib qo’ygan.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti  — 1964-yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirda o’z tarkibiga 10 ta davlat: Afg’oniston, Pokiston, Eron, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Ozarbayjon mamlakatlari a’zo hisoblanadi. Ushbu tashkilotga O’zbekiston 1992-yilda a’zo bo’lgan. Tashkilotning asosiy maqsadi etib ozaro savdoni kengaytirish, barqaror iqtisodiy o’sish aholi turmush darajasini oshirish uchun sharoit yaratish, savdo to’siqlarini bekor qilishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat, xalqaro forumlarda umumiy yondoshuv orqali jahon savdosi hajmini oshirishdan iborat.10

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling