Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”


Download 1.72 Mb.
bet2/18
Sana05.02.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1167086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi globallashuv sharoitida hech bir mamlakat qiyosiy ustunlik foydalanmasdan yoki o’zaro tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirmasdan turib iqtisodiy rivojlanishga erisha olmaydi. E’tiborli jihati shundaki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining strategik nuqtai nazardan qulay hududda joylashganligi, tabiiy resurslarga boyligi va ko'pgina gegemon davlatlarni ushbu hududdan manfaat izlayotganligi mintaqa davlatlarini iqtisodiy jihatdan hamkorlik qilishga undovchi omil hisoblanadi. Bundan tashqari mintaqa oldida yechimini kutayotgan ko’plab geosiyosiy hamda iqtisodiy muammolar turibdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy integratsion jarayonlarning chuqurlashuvi ushbu mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishi va shu bilan birga bir qator yechimini kutayotgan muammolarninng hal qilinishiga ko’maklashadi. Bu esa o’z navbatida mavzuning nazariy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi.
Ob’ekti. Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyaning muammolari va istiqbollari
Predmeti. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy integratsion jarayonlarni rivojlantirish, mintaqa mamlakatlarining zamonaviy iqtisodiy aloqalari va integratsion jarayonga to’sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish hamda o’zaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari
Maqsadi. Markaziy Osiyo mintaqasida integratsion jarayonlarni rivojlantirish shart-sharoitlarini tahlil qilish orqali iqtisodiy integratsiyaga tashkil qilish bilan bog’liq muammolarning yechimini topish va istiqbollarini aniqlash.
Vazifalari.

  • Iqtisodiy integratsiya tushunchasi, mohiyati va uning vujudga kelish shart-sharoitlarini o’rganib chiqish;
  • Markaziy Osiyoda iqtisodiy integratsion jarayonlarning rivojlanishiga xos tendensiyalarsiyalarni tahlil qilish;

  • Markaziy Osiyoda iqtisodiy integratsion jarayonlarni rivojlantirishning zamonaviy shart-sharoitlari tahlil qilish va muammollarni aniqlash;


  • Markaziy Osiyoda iqtisodiy integration jarayonlarning rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish va unda O’zbekistonning o’rnini belgilash.

Kurs ishi II bob va 5 bo’limdan iborat bo’lib, ushbu bo’limlarda iqtisodiy integratsiya tushunchasi, mohiyati va uning vujudga kelish shart-sharoitlari, Markaziy Osiyoda iqtisodiy integratsion jarayonlarning rivojlanishiga xos tendensiyalar, mintaqada iqtisodiy integratsion jarayonlarni rivojlantirishning zamonaviy shart-sharoitlari va muammollari hamda hududda integration jarayonlarning rivojlanish istiqbollari tahlil qilib chiqilgan. Kurs ishini yozishda turli maqolalar, qonun hujjatlari internet ma’lumotlari asosida tahlillar, grafiklar va jadvallar keltirilgan. Shuningdek, kurs ishida xulosalar, takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar keltirilgan.



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling