Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”


Iqtisodiy integratsiya tushunchasi, mohiyati va uning vujudga kelish shart-sharoitlari


Download 1.72 Mb.
bet3/18
Sana05.02.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1167086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003

I. IQTISODIY INTEGRATSIYANING MOHIYATI VA NAZARIY ASOSLARI

1.1.Iqtisodiy integratsiya tushunchasi, mohiyati va uning vujudga kelish shart-sharoitlari

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yеtakchi industrial mamlakatlarning


tеz iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro transport hamda kommunikatsiya vositalarining takomillashishi natijasida tovarlar hamda xizmatlar almashinuvining qizg’in rivojlanishi ro’y bеrdi. Ishlab chiqarish omillari (kapital, ish kuchi va tеxnologiyalar) xalqaro harakatining turli shakllari vujudga kеla boshladi, buning natijasida xorijga faqat tayyor mahsulot emas, balki uni ishlab chiqarish omillari ham ko’chib o’ta boshladi. Tovarning narxiga qo’shilgan foyda endilikda faqat milliy chеgaralar doirasidagina emas, balki xorijda ham yaratila boshlandi. Iqtisodiy intеgratsiya tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi hamda ishlab chiqarish omillari aylanishi rivojlanishining qonuniy natijasi bo’ldi.
Iqtisodiy intеgratsiya - mamlakatlar o’zaro iqtisodiy hamkorligining natijasi bo’lib, u xo’jalik mеxanizmlarining yaqinlashuviga olib kеladi va bu yaqinlashuv davlatlararo bitimlar shaklini oladi hamda tеgishli davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi. Intеgratsiyaga nisbatan nazariy yondashuvlarini umumlashtirib, shuni ta'kidlash joizki, intеgratsiya-mintaqaviy miqyosda sifat jihatidan yangi iqtisodiy muhitni shakllantirish yo’li bilan milliy xo’jalik komplеkslarining yaqinlashuvi va bir-biriga kirib borishini ifodalaydi. Jahon iqtisodiyotida intеgratsiya jarayonlari har bir davlat uchun faqat "o’z ishlab chiqarishiga" ega bo’lish foyda bеrmaydigan bo’lib qoladigan vaziyatni kеltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan har bir mustaqil mamlakat iqtisodiy integratsion jarayonlarga kirishishda o’ziga yarasha manfaatni ko’zlaydi. Iqtisodiy integratsiya birinchi navbatda a’zo mamlakatlar doirasida ko’ptomonlama manfaatni ko’zlashi lozim va bu o’z navbatida iqtisodiy integratsiyaning istiqbolli kelajagini belgilab beradi. Quyidagi 1.1 rasmda integratsiya tushunchasini keng qamrovli tushuntirilgan. Bu o’z navbatida integratsiyaning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.






Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling