Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”


II.MARKAZIY OSIYODA INTEGRATSION JARAYONLARNING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANISH MUAMMOLARI


Download 1.72 Mb.
bet7/18
Sana05.02.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1167086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003

II.MARKAZIY OSIYODA INTEGRATSION JARAYONLARNING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANISH MUAMMOLARI

2.1. Markaziy Osiyoda integratsion jarayonlarning rivojlanishiga xos tendensiyalar


Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixan yagona etnik guruhga mansub millatlardan tashkil topgan bo’lib, o’zining tabiiy xomashyo resurslarga boyligi va strategik nuqtai nazardan qulay joyda joylashganligi bilan ajralib turadi. Tarixdan ma’lumki, Markaziy Osiyo hududidagi mamlakatlar Sobiq Sovet Respublikalari tarkibida bo’lib, iqtisodiy jihatdan ma’lum sohaga yo’naltirilgan va bu davlatlar Sovet davrida bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan chuqur bog’langan. 1991-yilga kelib Sobiq Sovet Sotsialistik Respublikasining parchalanishi natijasida, Markaziy Osiyo hududida 5 ta alohida mustaqil suverentitet davlatlar O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va Tojikiston mamlakatlari tashkil topdi. Mustaqillikka erishgandan so’ng ushbu mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning turli xil yo’llarini tanladilar va o’zlarining islohotlarini boshlab yubordilar. Bu esa o’z navbatida ushbu mamlakatlar o’rtasida Sobiq tuzum davrida o’rnatilgan iqtisodiy aloqalarni uzilishiga olib keldi. Ammo, bir qancha geosiyosiy va iqtisodiy omillar Markaziy Osiyo davlatlarini o’zaro va turli tashkilotlar doiasida hamkorlik qilishini taqozo etar edi. Ushbu mamlakatlar o’rtasida turli xil geosiyosiy iqtisodiy muammolar bo’lishiga qaramasdan hozirgi globallashuv sharoitida manfatlarning birligi va iqtisodiy potensialni ozaro hamkorlikda rivojlantirish maqsadida turli xildagi hamkorlik mavjud. Quyida shularga to’xtalib o’tamiz.
1991 yilda oktabr oyida “Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish to’grisida kelishuv imzolandi. Unga ko’ra mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalarini yanada rivojlantirish maqsad qilib qo’yildi.
1992-yil 24-iyunda Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida “Do’stlk va o’zaro yordam kelishuvi imzolandi. Ushbu kelishuv Markaziy Osiyo mamlakatlarini o’zaro gumanitar yordam va qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etildi6.
Yuqoridagi kelishuvlardan farqli ravishda Markaziy Osiyoda Integratsion jarayonlarni rivojlantirishda Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti ning tashkil etilishi muhim qadamlardan biri bo’ldi. Ushbu tahkilotning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ushbu tashkilotning a’zolari Markaziy Osiyo davlatlari (Turkmanistondan tashqari)hisoblanadi. Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti — davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy tashkilot bo’lib, 1993 yil iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida 1994—2000 yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish toʻgʻrisida bitimga asoslanadi. Integratsiya jarayonlariga sharoitlar yaratish maqsadlarida 1994 yil 10 yanvarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida Yagona iqtisodiy makon tashkil etish toʻgʻrisida Shartnoma tuzildi. Shartnomaga 1994 yil 16 yanvarda Qirgʻiziston qoʻshildi. 1996 yil 23 avgustda Olmaota shahrida oʻtkazilgan Davlatlararo kengash majlisida Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi kuzatuvchi (1998 yilda 26 martdan aʼzo) sifatida tashkilotga qabul qilindi. 1998 yil. 17 iyulda Qirgʻizistonning Choʻlponota shahrida “Yagona iqtisodiy makonni tashkil etish toʻgʻrisida”gi shartnoma ishtirokchilari — Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy birlashmasi "Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati" nomini oldi. 1999 yildan davlatlararo kengashda Gruziya, Turkiya, Ukraina kuzatuvchi maqomida ishtirok eta boshladi. Mintaqa mamlakatlarining yagona iqtisodiy makonni shakllantirish, mintaqa xavfsizligi va barqarorligi masalalarida, mintaqa mamlakatlarining oʻzaro hamkorligini yanada chuqurlashtirish, integratsion jarayonlarni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning muhimligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan hamjamiyat faoliyati doirasini kengaytirish va uni "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti deb atash taklif etildi va bu taklif Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston Respublikalari davlat boshliqlarining 2001 yil 28 dekabrdagi Toshkent bayonotida oʻz ifodasini topdi. Davlat boshliqlarining Olmaota uchrashuvida (2002 y. 28 fevral) "Markaziy Osiyo hamkorligi" (MOH) tashkilotini tuzish haqida Shartnoma imzolandi. “Milliy muvofiqlashtiruvchilar instituti” tashkil etildi. 2004-yilda Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati tashkilotiga qo’shildi.
Bundan tashqari Markaziy Osiyo hududidagi mamlakatlar boshqa integratsion tashkilotlar doirasida ham iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishadi. Bu tashkilotlar turli mamlakatlar boshchiligida Markaziy Osiyo mamlakatlarini o’z tarkibiga qamrab oladilar.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling