Global menejerga xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish ikkita asosiy omillar: - 1) tashqi iqtisodiy aloqalarning ob’ektiv zaruriyati;
- 2) turli mamlakatlardan sheriklar uchun bu aloqalarning o’zaro manfaatdorligi va iqtisodiy samarasi bilan aniqlanishini bilish muhim.
- Bunda barcha vaziyatlarda sheriklar o’rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik prinsipiga asoslanishi kerak. Chet elda jamoa boshqarishda menejer uchun korxona faoliyatiga mahalliy xodimlarning malakasi va uzoq muddatli strategiyani hisobga olgan holda firmaning eng ratsional tuzilmasini faoliyat yuritish tizimi, mehnat uslubi, shtat jadvalini tatbiq qilish navbatini aniqlab olish muhim.
Qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy xodimlarni xalqaro kompaniya menejment uslubiga o’qitish usullari - Har bir xalqaro kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda TMK filiallarida ishlash uchun mahalliy personalni o’qitish bo’yicha o’z dasturlari va usullariga ega. Xalqaro kompaniya ixtisoslashuviga ko’ra bu dasturlar va usullar quyidagilardan iborat. Ta’lim oluvchi mutaxassis o’z mamlakatida korxona faoliyati sharoitlarida menejment uslubini o’zlashtirish uchun xalqaro kompaniyaning tajribali menejeri bilan birga mehnat qiladi. Chet elda o’qitish. Xalqaro kompaniya xorijiy filialining mahalliy mutaxassislari bosh kompaniya joylashgan mamlakatga yoki boshqa xorijiy filiallar joylashgan qabul qiluvchi mamlakatlarga o’qitishga yuboriladi. Masalan, “IBM” (AQSh) korporatsiyasi qabul qiluvchi mamlakatlar mutaxassislarining har birini o’z yo’nalishi bo’yicha tayyorlashni ta’minlash uchunYevropada uchta markaz tashkil kilgan. Turkiyada “IBM” markazida marketing bo’yicha mutaxassislar, Belgiyada – kompaniya ishlab chiqarish bo’linmalari menejerlari, Buyuk Britaniyada - yuqori boshqaruv daraja menejerlari tayyorlanadi.
- Menejment markazlarida o’qitish. TMK MVA to’liq dasturi bo’yicha o’z menejerlarini tayyorlash uchun o’quv yurtlariga mablag’ ajratadi.
- O’z dasturlari bo’yicha o’qitish. TMK o’z kurslarida o’z dasturlari bo’yicha o’qitishni tashkil qiladi. “IBM” korporatsiyasida, masalan, marketing bo’yicha mutaxassis yoki elektron-hisoblash tizimlariga kafolatli xizmat ko’rsatish bo’yicha muxandislarni o’z dasturlari bo’yicha o’qitishga bir yil ketadi. Bundan tashqari “IBM”da korporatsiya dasturlari bo’yicha doimo malaka oshirib borish qabul qilingan. Malaka oshirishga ish vaqtining 5%i ajratiladi, korporatsiya xorijiy filiallarida sotish bo’yicha mahalliy mutaxassislar esa mahsulot assortimentini muntazam kengaytirish va zamonaviylashtirishga bog’liq holda yilda bir oy mobaynida malaka oshirishdan o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |