Xalqaro kurash assotsiatsiyasi


Oyoqda tashqi tomondan supurma


Download 87 Kb.
bet4/7
Sana22.04.2023
Hajmi87 Kb.
#1379284
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURASH HAQIDA TO\'LIQ MA\'LUMOT (1)

Oyoqda tashqi tomondan supurma.
Oyoq bilan supur-makurash elementlaridan biri hisoblanib, unda kurashchi oyoq-larni tezkor silkitma harakat bilan raqib oyog‘iga, og‘irlik mar-kazining pastrog‘iga qo‘yadi, qo‘llari va gavdasini qarama-qarshi tomonga harakatlantiradi. Oyoq bilan supurma tashlashning bir qancha turlari bor: xohlagan oyoqda oldindan, orqadan, yondan ilish, bu o‘z oyog‘i va raqib oyog‘ining qanday turganiga bog‘liq. Farg‘onacha (belbog‘li) kurash qoidalariga ko‘ra chalish va qoqish (supurma) man etiladi. Kurashda supurma tovon bilan raqib oyog‘iga urgan holda yiqitishda zarur bo‘lgan elementlardan biridir. Bellashuv paytida supurma tashlashning bir qancha usullari ishlatiladi:
1. Raqib oyog‘ini yon tomondan supurish. Raqibning oldinda turgan oyog‘i panjasining yon tomoni qoqiladi, bunda gavda va qo‘l harakatlari yordamida gavdaning qarama-qarshi tomoniga
tashlanadi
2. Raqib oyog‘ini old tomondan supurish. Raqibning oldinda turgan oyog‘i to‘pig‘ining (boldirining) pastki tomoni qoqiladi, bunda gavda va qo‘llarni o‘ziga va o‘ng tomonga tezkor harakatlar yordamida tashlanadi.
3. Raqib oyog‘ini orqadan supurish. Raqibning tayanch oyog‘ yoki tayanch oyog‘ining tovoni va boldir tagini orqa tomondan supurib tashlash.
4. Raqib oyog‘ini ichki tomondan supurish. Raqib old oyog‘ining tovoni yoki to‘pig‘i ichki tomondan qoqiladi. Barcha supurma harakatlarni bajarayotganda raqib kiyimini mahkam ushlab, uni tashlash paytida xavfsizligini saqlab turish ham kerak, aks holda raqib jiddiy jarohat olishi hech gap emas. Supurma tashlashlar kurashchining vaziyatni ko‘ra bilishi, tezkorligi va kuchi
tufayli aniq bajariladi. Yondan supurib tashlashlarni raqib bir oyog‘ini oldinga qo‘yib unga tayanganda, oyoqlarni bir-biriga yaqin qo‘yganda, bir oyog‘I orqada turgan holda orqaga qarab egilganda va shunga o‘xshash hollarda bajarish samarali bo‘ladi. Old tomondan supurib tashlashlarni raqib bir oyog‘ini orqada qoldirganda, oyoqlarini keng ochganda (yozganda), oyoq uchida ko‘tarilganda va boshqa hollarda bajarish mumkin. Ichki tomondan supurishni raqib bir oyog‘ini oldinga, boshqasini orqaga qo‘yganda, ularning orasini katta ochganda bajarish foyda beradi. Pastdan supurish, asosan, raqibni muvozanatdan chiqarish uchun ishlatiladi. Raqibning yiqilish tezligini oshirish uchun unga tayangan holda qo‘l bilan undan itarilish lozim. Raqibning qaysi oyog‘i gilamga tayanib turgan bo‘lsa, o‘sha oyog‘ini ichki tomondan supurish (qoqish) lozim. Kurashchi olishuv (bellashuv) davomida turli hujumkor harakatlar, chalishlar, supurishlarni ishlata bilishi kerak. Undan tashqari, vaziyatga to‘g‘ri baho berishni, kutilmaganda tezkorlikni, ildamlikni namoyish qilishi, qulay vaziyatlardan foydalana olishni o‘rganib olishi zarur. Kurashda supurishni baja-rayotganda hujum qiluvchining o‘zi gilamga yiqilmasligi kerak. Bu kurashchining tajribasi va qo‘llayotgan usulining sifatiga bog‘liq. Ushbu usulni mashg‘ulotda qo‘llash uchun qo‘g‘irchoq (yasama kurashchi)dan foydalanish mumkin. U bilan siz turli mashqlarni bajara olasiz: chalish, supurish, oyoqda ilib olish (chil), orqadan, yondan,beldan, yelkadan tashlash,oshirma, yonbosh va h. k.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling